1-mavzu: Fanning nazariy mashǵulotlari mazmuni.Mevachilikni xalq xo`jaligidagi ahamiyati, xozirgi axvoli va rivojlanish istiqbollari
Reja:
1. Mevachilikning tarqalishi, sanoatdagi o`rni va ahamiyati.
2.Zamonaviy intensiv mevachilikni respublikamizda tarqalgan zonalari, mintaqalari va rivojlanishi.
3. Bog`dorchilikning asosiy ilmiy rivojlanish istiqbollari.
1. Mevachilikning tarqalishi, sanoatdagi o`rni va ahamiyati
O`O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik soxasini isloh qilish bo`yicha tashkiliy chora-tadbirlar to`g`risida” farmoni va qarori, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi, Qishloq va suv xo`jalik vazirligining buyruq va qarorlari bu sohalar shirkatlarini fermer xo`jaliklariga aylantirish, agrosanoat firmalarini tashkil qilish va meva-sabzavotchilik tarmog`ini boshqarish tizimini takomillashtirishda muhim o`rin tutdi.
Mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti davrida aholini oziq-ovqat mahsulotlariga, sanoatni esa xom ashyoga bo`lgan talabini qondirish hozirgi kunda qishloq xo`jaligi oldida turgan eng muhim dolzarb vazifalardan biri bo`lib qolmoqda va respublikamiz hukumati bu sohaga katta e`tibor qaratmoqda.
Markaziy Osiyo, jumladan O`zbekiston hududi ko`pgina qishloq xo`jalik, shu jumladan meva ekinlarini kelib chiqish markazlaridan biri hisoblanadi. Qadimdan bu hududda o`rik, qaroli, olma, nok, gilos, pista, bodom, yong`oq, uzum singari meva ekinlarining qimmatli mahalliy navlari saqlanib qolgan.
Meva etishtirish strukturasi ishlab chiqilgan bo`lib, uni joylarda amalga oshirishga alohida ahamiyat beriladi. Chunki, bu tadbirlarni amalga oshirish meva mahsulotiga bo`lgan xalq iste`moli ehtiyoji, qayta ishlash korxonalari talabi va eksportga mahsulot chiqarishga bo`lgan talablar bilan mahsulot ishlab chiqaruvchilarning takliflari o`rtasidagi mutonosiblikni ta`minlaydi.
Mevachilik qishloq xo`jaligining murakkab va ko`p qirrali sohasi hisoblanadi. Meva va rezavor meva ekinlari turli tuproq, iqlim va agrotexnika sharoitida o`stirilib, ularning mevasi turli maqsadlarda yangiligicha, quritilgan va qayta ishlangan hollarda foydalaniladi.
Mevachilik qishloq xo`jalik ishlab chiqarishining tarmog`i sifatida asosiy vazifasi aholini ho`l mevalar, sanoatni xom ashyo bilan ta`minlashdan iborat. Mevachilik fan sifatida meva va rezavor-meva ekinlarining tuzilishi, o`sish, ko`payish va hosil berish qonuniyatlarini, tashqi muhit omillariga munosabati va biologiyasini o`rganish asosida yuqori, sifatli hamda muttasil hosil olish texnologiyasining nazariy asoslari va amaliy usullarini ishlab chiqishdan iborat.
Mevachilik va bog`dorchilik tushunchalari bir-biriga o`xshatiladi. Aslida bog`dorchilik keng ma`nodagi tushuncha bo`lib, mevachilik, uzumchilik, tsitruschilik, rezavor mevachilik, manzarali bog`dorchilik va gulchilik kabilarni o`z ichiga oladi.
Mevachilikning xalq xo`jaligidagi ahamiyati benihoya katta. Meva va rezavor-mevalardan konserva, murabbo, pastila, povidlo, sharbatlar hamda vinolar tayyorlanadi. Ularning ko`pchiligi quritilib, ajoyib quriq meva mahsulotlari (turshak, qoqi, qaysa, ko’raga va boshqalar) tayyorlanadi. Bu xildagi quritilgan mevalarni uzoq saqlash, mazasi va to`yimlilik sifatiga unchalik zarar etkazilmagan holda uzoq joylarga olib borish mumkin.
Mevalar iste`mol qilinishidan tashqari, ba`zi turlari (zaytun daraxt, yong`oq, bodom va boshqalar) urug’`idan oziq-ovqatda ishlatiladigan va texnik moy, po`stlog`i, barglari hamda mevasi po`chog`idan tanin (yong`oq, anor, tut daraxtidan), shuningdek qimmatbaho o`simlik bo`yoqlari (anor, pistadan) olinadi. O`rik danagidan tush, yong`oq po`chog`idan esa faollashtirilgan tibbiyot ko`miri tayyorlashda foydalaniladi.
Ba`zi meva daraxtlari turi (yong`oq, o`rik, nok, xurmo va boshqalar) dan qimmatbaho buyumlar ishlab chiqarishda foydalaniladigan yog`och tayyorlanadi.
Meva daraxtlari kanallar bo`yiga, yo`llar, temir yo`l magistrallari yoqasiga eqiladi, tuproqni eroziyadan saqlashda, shuningdek, tog` yonbag`irlarini daraxtzor qilishda hamda jarliklar hosil bo`lishi oldini olishda ham foydalanish mumkin.
Baland o`sadigan meva daraxtlari (o`rik, yong`oq, nok va boshqalar) shamol to`sqich vazifasini ham o`taydi. Shuning uchun ular o`rmon daraxtlari bilan bog`larni himoya qilish ixota daraxtzori sifatida ham eqiladi. Bu xildagi meva daraxtlari aholi yashaydigan punktlarni qum va qor ko`chiklaridan saqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |