Chet mamlakatlarda mevachilik. Markaziy Osiyo, Kavkaz orti davlatlari, Uzoq sharq, shuningdek Xitoy, Hindiston, Birma, Eron, O`rta er dengizi sohillari meva daraxtlarining vatani hisoblanadi. Ular Vavilioniyada va Suriyada eramizdan 3000 ming yil ilgari, Xitoyda 2000 yil ilgari, Hindistonda 1300 yil ilgari, Qrimda 700 yil ilgari, Gretsiyada 300-400 yil ilgari eqilgan. Ma`lum bo`lishicha, meva ekinlarining ko`pchilik navlari 4000 yildan ortiq; gilos, olcha, limon 2 ming yildan ortiq; apel`sin va rezavor mevalar 2 ming yilga yaqin vaqtdan buyon eqilib kelinmoqda.Dunyo bo`yicha meva ekinlari maydoni 2008 yilda 39,5 mln. gektarni tashkil etib, shundan eng katta maydonni - 7 mln gektarni zaytun, 17 mln gektarni mevali bog`lar, 1,5 mln gektardan ko`prog`ini tsitrus ekinlar tashkil qilgan. Bog` maydoni jihatdan birinchi o`rinda Hindiston bo`lib – 10,7 mln gektar, Xitoyda 6,4 mln, Koreyada 1,6 mln, Ispaniyada 1,5 mln, Italiyada 1,1 mln, Rossiyada 0,84 mln, AQSh da 0,65 mln, Turkiyada 0,17 mln gektarni tashkil qiladi.Dunyo bo`yicha har yili 262 mln tonnadan ortiq meva, yong`oq, rezavor-meva etishtiriladi, shundan 72 mln tonnasi evropada, 43 mln tonnasi Amerikada, 41 mln tonnasi Osiyoda, 12 mln tonnasi Afrikada, 4 mln tonnasi Avstraliyada etishtirilmoqda. Dunyo bo`yicha eng ko`p etishtiriladigan meva olma bo`lib, har yili 40 mln tonnadan ko`proq etishtiriladi. Hozirgi vaqtda tsitrus meva ekinlarining salmog`i yildan-yilga ortib bormoqda va har yili 100 mln tonnadan ortiqroq tsitrus mevalar etishtirilib yil davomida iste`mol qilinmoqda. Tropik mevalarning eng ko`pi Hindistonda etishtirilmoqda. Har yili dunyo bo`yicha 63 mln tonnadan ortiq uzum etishtiriladi. Uning 85 % evropa va Osiyo davlatlari ulushiga to`g`ri keladi. O`rtacha jami etishtirilgan uzum mevasining 83 % i vino va sharbat tayyorlashga, 12 % i yangiligicha is`temol qilishga va 5 % i esa quruq meva (mayiz) tayyorlashga sarflanadi.
Tijorat maqsadida etishtiriladigan mevalar. Buyuk Britaniyada mevalar tijorat uchun juda ko`p hajmda etishtiriladi, asosan supermarketlar hamda chakana savdoda, qayta ishlashda, meva sharbati va sirkasi kislotasini tayyorlash uchun maxsus xo`jaliklarda etishtiradi. Buyuk Britaniyada tijorat asosida 2009 yilda 415000 tonna meva 571 million evro qiymatida ishlab chiqarilgan. Buyuk Britaniyada Meva o`simliklarini ko`plab turlari o`stiriladi – bulardan eng keng tarqalgan meva turlaridan olma, nok, qulupnay, malina, qora smorodina, maymunjon va kamroq darajada, olxo`ri va gilosni o`z ichiga oladi. Boshqa turdagi rezavor mevalar krijovnik va qizil, oq smorodinalar kam miqdorda tijorat maqsadida etishtiriladi bu mevalar kontserva va tijorat maqsadida etishtiriladi. Hozirgi paytda fermerlar bu mevalarni organiq oziqaviy muhitda etishtirmoqda afsuski ularni hamma savdo do`konlarga etkazib berolmaydi. Siz shu turdagi mevalarni mamlakatning har bir burchagida topishingiz mumkin. Buyuk Biritaniya bu mevalarni etishtirish uchun ajratilgan erlar 28 ming gektari futbol maydonining 28 tasiga teng. Tijorat uchun etishtiriladigan erlarning asosiy qismini Kent, Worcestershire, Herefordshire, Gloucestershire va Somerset oxirgi 3 ta mamlakat o`zining Sider olmasi hamda Perry noki bilan mashhur. Buyuk Britaniyada olmaning turli xildagi navlari etishtiriladi. Bularga Saxro olmasi, egremont olmasi, Gala olmasi, Spartan olmasi, Vorekaster Pearmani, Jonagold va Braeburn olmalari kiradi. Bramli olmasi katta miqdorda etishtirilib sanoat hamda kontservalashda ishlatiladi. Eslanta qulupnay turi keng miqdorda tijorat maqsadida etishtiriladi. Sanoat uchun Lambada navi, Darselekt turlari asosan supermarketlarda sotiladi. Qora smorodinalar qayta ishlash sanoatida Ribena ichimligini tayyorlash maqsadida etishtiriladi2.
Nazorat savollari.
O`zbekistonda meva va rezavor-meva o`simliklarining nechta turi o`sadi?
O`zbekistonda mevachilik sanoat asosida qachon rivojlana boshlagan?
Meva daraxtlarining kelib chiqish vatani haqida nimalarni bilasiz ?
Do'stlaringiz bilan baham: |