TINISH BELGILARINI QO`LLASH QOIDALARI
Ma’lum bir maqsad, fikr og`zaki nutqda ma’lum bir ohang bilan, yozuvda esa gapning grammatik qurilishi va tinish belgilari orqali ifodalanadi.Tinish belgilari fikrni, maqsadni yozuvda ko`rsatishda qo`shimcha, ammo zaruriy vositadir. So`zlovchining maqsadini tinish belgilari orqali bilib olamiz:
bahor keldi. bahor keldi! bahor keldi?
Bu uch gapdagi habar, xis-xayajon, so`roq mazmuni gaplardan so`ng qo`yilgan tinish belgilari orqali bilinadi. Tinish belgilari mazmun, ohang va gapning grammatik qurilishiga ko`ra qo`llanadi.
Mazmun. Ifodalanmoqchi bo`lgan mazmun tugallangan bo`lsa, nuqta, undov yoki so`roq belgisi, uch nuqta qo`yiladi:
- O`zimiz institut ochayapmiz, bilib qo`y...
- Institut?
- Institut!
O`zgalarning gapi bo`lsa, qo`shtirnoqqa olinadi: “Ertaga sinovlar boshlanadi”-dedi o`qituvchimiz. Gaplar orasidagi mazmun munosabatlari qo`shma gaplarda ikki nuqta, tire, vergul yoki nuqtali vergul orqali ifodalanadi. Tugallanmagan yoki izoh talab tushunchalar ko`p nuqta yoki qavslar orqali ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |