Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va ko‘chmas mulkka qilingan investitsiyalar uchun hisoblanadigan eskirish xarajatlarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida hisoblangan eskirish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri hisoblangan eskirish summasining qaytarilishi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.