56718 Jarima va penyalar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning amaldagi qonunchilikka va qoidalarga asosan o‘ziga solingan penya va jarimalar uchun qilgan xarajatlarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan jarima va penyalarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan jarima va penyalarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |