56510 Xayr-ehson va xayriya
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning xayr-ehson qilgan xarajatlari va xayriya jamg‘armalari hamda boshqa notijorat foyda keltirmaydigan tashkilotlarga omonat qo‘yilgan omonatlari, shuningdek tabiiy ofatdan ko‘rilgan talofotlarga qilingan xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida xayr-ehson va xayriya uchun qilingan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |