90145 To‘lovga yaroqsiz banknot va tangalar Hisobvaraqiing ta’rifi: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki me’yoriy hujjatlariga muvofiq bank kassirlari tomonidan to‘lovga yaroqsiz deb topilgan banknot va tangalarning hisobi olib boriladi. To‘lovga yaroqsiz banknot va tangalar “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahoda hisoblanadi. Ushbu hisobvaraq uchun 96303 — “Banknotlar, tangalar va boshqa boyliklar harakati bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvarakning debetida bank kassirlari tomonidan to‘lovga yaroqsiz deb topilgan banknot va tangalar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasiga jo‘natilgan to‘lovga yaroqsiz banknot va tangalar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
90147 Yo‘ldagi to‘lovga yaroqsiz banknot va tangalar Hisobvaraqning tarifi: Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasiga yo‘q qilish uchun jo‘natilgan, yo‘ldagi to‘lovga yaroqsiz banknot va tangalar aks ettiriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96303 — “Banknotlar, tangalar va boshqa boyliklar harakati bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasiga yo‘q qilish uchun jo‘natilgan, yo‘ldagi to‘lovga yaroqsiz banknot va tangalar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasi tomonidan qabul qilinganligi to‘g‘risidagi tasdiqlovchi hujjatlarga asosan to‘lovga yaroqsiz banknot va tangalarning hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
90300 Hujjatli qimmatli qog‘ozlar blankalari va hujjatsiz qimmatli qog‘ozlar 90303 Davlatning qimmatli qog‘ozlari blankalari Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan tarqatish (birinchi egalariga sotish) uchun olingan obligatsiyalar va davlatning boshqa qimmatli qog‘ozlarining blankalari hisobi hamda emitentlarning topshirig‘i bo‘yicha bank tomonidan to‘langan va yo‘q qilinishi lozim bo‘lgan yoki emitentlarga berib yuboriladigan obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar blankalarining hisobi olib boriladi. Tarqatish (sotish) uchun olingan qimmatli qog‘ozlar blankalari nominal qiymati bo‘yicha hisobga olinadi. To‘langan qimmatli qog‘ozlar blankalari “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahoda hisoblanadi. Ushbu hisobvaraq uchun 96305 — “Davlatning qimmatli qog‘ozlari blankalari bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida bank tomonidan sotish (tarqatish) uchun olingan, shuningdek emitentlar topshirig‘i bo‘yicha to‘langan obligatsiyalar va davlatning boshqa qimmatli qog‘ozlar blankalarining qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida sotilgan (tarqatilgan) yoki emitentlarga qaytarilgan, shuningdek hisobdorlik tarzda berilgan obligatsiyalar va davlatning boshqa qimmatli qog‘ozlari blankalarining qiymati aks ettiriladi. Bundan tashqari ushbu hisobvaraq yo‘q qilingan yoki to‘langan qmmatli qog‘ozlarning emitentlarga berib yuborilgan blankalarning summasiga kreditlanadi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlarning va emitentlarning turlari bo‘yicha shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.