90337 Bankning sotib olingan qimmatli qog‘ozlari Hisobvaraqning ta’rifi: qoplash (to‘lash) muddati kelguncha yana qayta sotish maqsadida bank tomonidan sotib olingan xususiy qimmatli qog‘ozlarining hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96314 — “Bankning qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida bank tomonidan qayta sotib olingan o‘z qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank tomonidan qayta sotilgan o‘z qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlarning turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
90400 Bankning plastik kartalari, terminallari, bankomatlari va infokioskalari 90402 Bank tomonidan muomalaga chiqarilgan jismoniy shaxslarning plastik kartalari Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan muomalaga chiqarilgan jismoniy shaxslarning plastik kartalari hisobi olib boriladi. Bank tomonidan muomalaga chiqarilgan jismoniy shaxslarning plastik kartalari “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahoda hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq uchun 96311 — “Bank tomonidan muomalaga chiqarilgan plastik kartalar bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida bank tomonidan muomalaga chiqarilgan jismoniy shaxslar plastik kartalarining “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahodagi qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank tomonidan muomaladan olib qo‘yilgan yoki belgilangan tartibda yo‘q qilib tashlangan jismoniy shaxslar plastik kartalarining “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahodagi qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
90404 Bank tomonidan muomalaga chiqarilgan yuridik shaxslarning korporativ plastik kartalari Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan muomalaga chiqarilgan yuridik shaxslarning korporativ plastik kartalari hisobi olib boriladi. Bank tomonidan muomalaga chiqarilgan yuridik shaxslarning korporativ plastik kartalari “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahoda hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq uchun 96311 — “Bank tomonidan muomalaga chiqarilgan plastik kartalar bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida bank tomonidan muomalaga chiqarilgan yuridik shaxslar korporativ plastik kartalarining “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahodagi qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank tomonidan muomaladan olib qo‘yilgan yoki belgilangan tartibda yo‘q qilib tashlangan yuridik shaxslar korporativ plastik kartalarining “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahodagi qiymati aks ettiriladi. Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.