1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar


Tasdiqlangan import bilan bog‘liq akkreditivlar



Download 1,01 Mb.
bet278/295
Sana30.03.2022
Hajmi1,01 Mb.
#517084
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   295
Bog'liq
Bux bank 773-17 13.08.2004

90955 Tasdiqlangan import bilan bog‘liq akkreditivlar
Hisobvaraqning ta’rifi: importyorning banki tomonidan mahsulot yetkazib beruvchi foydasiga ochilgan va emitent-bankning iltimosiga binoan importyor banki tomonidan tasdiqlangan akkreditivlarning hisobi olib boriladi. Bu bilan tasdiqlovchi bank ushbu akkreditiv bilan bog‘liq bo‘lgan barcha majburiyatlarni o‘ziga oladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96309 — “Import bilan bog‘liq akkreditiv bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida akkreditiv summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘lab berilgan akkreditiv summasi, shuningdek foydalanilmay qolgan qismi bo‘yicha qaytarilgan summasi, akkreditivning kamayish summasi yoki bekor qilingan akkreditivlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir akkreditiv bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
90958 Tasdiqlangan eksport bilan bog‘liq akkreditivlar
Hisobvaraqning ta’rifi: xorijiy vakil-banklardan kelib tushuvchi va eksportchi-bank tomonidan tasdiqlanuvchi, xorijiy importchilar tomonidan mahalliy ekportchilar foydasiga ochilgan akkreditivlar hisobi olib boriladi. Akkreditiv importchining xorijiy banki tomonidan ochiladi va mahalliy ekportchi eksportchi-bankdan o‘z tovarlarini jo‘natishdan oldin akkreditivni tasdiqlab berishni so‘raydi. Ekportchi-bank akkreditivni tasdiqlashi bilan ushbu akkreditiv bilan bog‘liq bo‘lgan barcha majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96316 — “Eksport bilan bog‘liq akkreditiv bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida akkreditiv summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘lab berilgan akkreditiv summasi, shuningdek foydalanilmay qolgan qismi bo‘yicha muddati tugagandan keyin qaytarilgan summasi, akkreditivning kamayish summasi yoki bekor qilingan akkreditivlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir akkreditiv bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
90960 Xabar qilingan import bilan bog‘liq akkreditivlar
Hisobvaraqning ta’rifi: ushbu bankning bir vakil-banki tomonidan boshqa vakil-bankka ochilgan akkreditivi hisobi olib boriladi. Bunda ushbu bank bu akkreditivning bajarilishi bo‘yicha hech qanday majburiyatni o‘z zimmasiga olmaydi. Ushbu hisobvaraq uchun 96316 — “Eksport bilan bog‘liq akkreditiv bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida akkreditiv summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan akkreditiv summasi, shuningdek foydalanilmay qolgan qismi bo‘yicha qaytarilgan summasi, akkreditivning kamayish summasi yoki bekor qilingan akkreditivlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir akkreditiv bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish