1-модул. Maktabgacha ta’limda bolalarni tabiat bilan tanishtirishning nazariy asoslari va tabiat haqida tushuncha



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/16
Sana10.03.2022
Hajmi0,82 Mb.
#488027
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
1-Maruza (2)

Ekologik omil 
esa tirik organizmlarga to‗gridan-to‗g‗ri ta‘sir etuvchi muhitning 
ayrim bir tarkibiy qismi-dir. 
Biroq odamlarga moddiy ne‘matlar ishlab chiqarishi uchun muayyan tabiiy 
sharoitlar talab qilinadi. Tabiatning jamiyat bilan yaqindan aloqa bog‗laydigan, uning 
taraqqiyotiga ma‘lum darajada ta‘sir ko‗rsatadigan qismi 
atrof-muhit 
deb ataladi. 
Yerning ustki qatlami va yer osti boyliklari, iqlim va boshqa shu kabilar atrof-muhitni 
tashkil etadi. Atrof-muhit insonning moddiy ne‘matlar ishlab chiqarish faoliyati 
uchun doimiy, abadiy va zaruriy shart-sharoitdir.Ayniqsa, insonning tabiat 
quchog‗ida bo‗lishi uni ruhan tetiklashtirib, mehnat qobiliyati va ijodiy faoliyatini 
oshiradi.
Lekin "... insonning tabiatga ta‘sir etishi va uning resurslaridan noto‗g‗ri 
foydalanishi tufayli tabiiy muhit (havo, suv, tuproq va boshqalar) ifloslanib, 
xo‗jalikka va, ayniqsa, inson salomatligiga salbiy ta‘sir eta boshladi". 
Tadqiqotchi A.R.Meliboevning fikricha, tabiat va jamiyat orasidagi 
munosabatlar sohasida ekologik muammolar paydo bo‗ladigan yo‗nalishlarni 
aniqlash favqulotda muhim pedagogik va psixologik muammo hisoblanadi.
Bunday munosabatlar tabiat zahiralaridan oqilona foydalanish maqsad va 
usullarini baholash zarurati paydo bo‗lganda yuzaga keladi: 

insoniyatning tabiatga nisbatan munosabatlarining xususiyati (maqsadsiz, 
shaxsiy qiziqish, atrof-muhitga nisbatan loqaydlik, ma‘lum bir maqsadga 
yo‗naltirilgan, iste‘molchilik, ehtiyotkorona, faol-ijodiy)ni; 

tabiat zahiralaridan foydalanish maqsad va usullarini baholash zarurati 
paydo bo‗lgandagina yuzaga keladi. 
Bunday baholashga zarurat tabiiy omilning inson va jamiyat uchun ham muhim 
insoniy qadriyat ekanligidan hosil bo‗ladi. Jamiyat a‘zolarining farovonligi va huzur-
halovati atrof-muhit holatiga bevosita bog‗liq. 


 . 
Maktabgacha ta‘lim tashkilotlari tarbiyachilaridan bolalarni tabiat bilan 
tanishtirish uchun tabiat haqidagi turli fan sohalaridagi katta bilim zahiralariga ega 
bo‗lishlari, 
ularning 
rivojlanish 
qonuniyatlarini 
tushunishlari, 
aql 
sohasi(noosfera)ning imkoniyatlarini to‗g‗ri baholay olishlari, tabiatda yuz beradigan 
predmet-hodisalar orasidagi aloqadorliklarni izoxlay olishlari talab etiladi. Ayniqsa, 
o‗zi yashab turgan joy tabiati: fasl almashinuvlarini kuzata olishi, kalendar tuza 
olishi, o‗simlik va gullarni ko‗paytirish ko‗nikmasiga egallashga o‗rganishi muhim. 
Bolalarda tabiatga faol va ehtiyotkorona munosabatni tarbiyalash maktabgacha 
ta‘lim muassasasida mavjud bo‗lgan hayvon va o‗simliklarni oziklantirishga yordam 
beradi. Tarbiyachidan jonli tabiat burchagini tashkil etish, o‗simlik va hayvonlar 
uchun ularning tabiatda yashashlariga yaqin shart-sharoitlar yaratishga oid bilim va 
malakalari talab etiladi. Bundan tashqari u maktabgacha ta‘lim muassasasi yer 
maydonchasi va tabiat burchagida o‗simliklarni sug‗orish va hayvonlarni boqishning 
agrotexnik usullari bilimini egallay olishi lozim. 
Tarbiyachining namunasi bolalarda mehnat ko‗nikmalarini tarbiyalashda hal 
etuvchi ta‘sir ko‗rsatadi. Bolalarda tabiat haqidagi bilimlarni shakllantirish jarayonida 
tarbiyachining o‗zi tabiat go‗zalliklarini ko‗ra olishi va tabiatda go‗zallik yaratish 
ishtiyoqiga ega bo‗lishi katta ahamiyatga ega. Zarur bilim va ko‗nikmalarni egallab 
qolmasdan, tabiat bilan tanishtirish shakl, metod va vositalaridan foydalana olishni 
ham o‗zlashtirishi talab etiladi.

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish