Ehtiyojlar turlari. Ehtiyojlar nihoyatda turli tuman bo‘lib, ularni turkum-lashga turli jihatdan yondashish mumkin. Ko‘pgina iqtisodchilar u yoki bu xususiyatlariga ko‘ra ehtiyojlarni turli guruhlarga ajratib tushuntirishga harakat qilishgan. Ular, ehtiyojlarni absolyut va nisbiy, minimal va maksimal darajadagi qondirilishi zarur va qondirilishi kechiktirsa bo‘ladigan, bevosita va bilvosita qondiriladigan joriy va kelajakda qondiriladigan ehtiyojlarga ajratadi. Ayrim adabiyotlarda birlamchi – eng zarur ehtiyojlar, ikkilamchi – qondirilishi kechiktirsa bo‘ladigan ikkinchi darajadagi ehtiyojlar mavjudligi qayd qilinadi. Birlamchi ehtiyojlarga insonning eng zarur bo‘lgan oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa kabilarga bo‘lgan ehtiyojlarini, ikkilamchi ehtiyojlarga ular ma’naviy, intellektual faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan bilim olish, san’at, turli ko‘ngil ochar tadbirlarga qatnashishga bo‘lgan ehtiyojlarini kiritish mumkin. Lekin bunday ajratish shartli. Ular har-bir inson uchun individual bo‘lib, bir inson uchun kiyim-kechak, turar joy birlamchi bo‘lsa, boshqasi uchun hayotiy yashash vositalari ahamiyatli. Birov uchun kiyim-kechakdan ko‘ra bilim olish zarurroq, boshqasi uchun aksincha, yoki bir kishi uchun ma’naviy ehtiyojga xoxish bo‘lsa, boshqasi uchun kundalik ehtiyoj birlamchi bo‘lish, yoki ma’lum vaqt o‘tgach ular oddiy ehtiyojlarga aylanishi ham mumkin.
Inson ehtiyojlariga turli jihatdan yondoshib, uni har xil guruhlarga ajratish mumkin:
Ehtiyojlar sub’ektlariga ko‘ra: individual, jamoa va umumjamiyat ehtiyojlariga bo‘linadi.
Individual ehtiyoj har bir insonning ehtiyojini ifodalaydi. U fiziologik ehtiyojlar, o‘zining har tomonlama kamol topishiga bo‘lgan ehtiyojlar va boshqa shu kabilarni o‘z ichiga oladi.
Guruhiy ehtiyoj – bu oilaviy yoki kishilarning biron maqsadda birlashgan guruhlari (mehnat jamoasi, turli uyushmalar) ehtiyojlari bo‘lib, birgalikda yashash, faoliyat yuritish jarayonida vujudga keladigan umumiy ehtiyojlardir.
v) Umumjamiyat ehtiyoji – bu mamlakat miqyosida, insonlarning bir butun bo‘lib tarkib topgan ehtiyojlaridir. U o‘z ichiga birinchidan, barcha turdagi individual va guruhiy ehtiyojlarini olsa, ikkinchidan jamiyatni yaxlit organizm sifatida yashab turishi uchun zaruriy ehtiyojdir. Bularga tabiiy resurslarni asrash, mudofaa, jamiyatni boshqarish kabilarni kiritish mumkin. Jamiyatning ehtiyoji turli ijtimoiy toifa va guruhlarga mansub kishilar ehtiyojining yaxlitligi sifatida namoyon bo‘ladi. Tabaqalanish darajasiga qarab ehtiyojlar ham farqlanadi.
Ehtiyojlar obyektga ko‘ra moddiy, ijtimoiy-ma’naviy ehtiyojlarga bo‘linadi.
Moddiy ehtiyojlar azaliy, ular inson paydo bo‘lishi bilan vujudga kelgan. Ular tabiiy ehtiyojdir. Moddiy ehtiyojlar eng zarur va hayotiy ehtiyojlardir. Oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joylarga bo‘lgan ehtiyojlarning qondirilishi yashashning birlamchi shartidir. Moddiy ehtiyojlar albatta moddiy ko‘rinishga ega, masalan oziq- ovqat mahsulotlariga ehtiyoj aniq un, guruch, yog‘, go‘sht, shakar va boshqalar aynan
shunday ko‘rinishga ega. Ijtimoiy-ma’naviy azaliy bo‘lmay jamiyat taraqqiyotining ma’lum bosqichida, sivilizatsion rivojlanish natijasida yuzaga keladi. Jamiyat rivojlanishi bilan ijtimoiy-ma’naviy ehtiyojlar tabiiy zaruratga aylanib boradi. Ijtimoiy-ma’naviy ehtiyojlar asosan turli xizmatlardan foydalanishga bo‘lgan ehtiyojlar tarzida yuzaga chiqadi. Kishilar ijtimoiy-manaviy xizmatlardan foydalanib, axloqiy, ma’naviy, estetik, jismoniy jihatdan tarbiyalanadi, bilim oladi, kasb egallaydi, har tomonlama kamol topadi.
Ehtiyojlar tizimida mehnat qilish, dam olish, ish qobiliyatini tiklashga bo‘lgan ehtiyojlar ajratiladi.
Mehnat ehtiyoji insoning o‘zida mujassamlashgan. Mehnatsiz inson yashay olmaydi, chunki mehnatsiz nozu-ne’matlarni yaratib bo‘lmaydi va inson shaxsi kamol topa olmaydi. Mehnat ehtiyoji insonda jismoniy mehnat qilish va aqliy qobiliyati borligidan kelib chiqadi. Inson mehnatda o‘z o‘rnini topib va qobilyatini ishga solib, obro‘-e’tibor qozonishga harakat qiladi. Inson mehnat qilar ekan, albatta ish qobilyatini tiklash uchun dam olishi va turli ko‘ngil ochar tadbirlarda qatnashishi zarur.
Ehtiyojlar qondirilishi jihatidan yakka tartibda va birgalikda qondiriladigan ehtiyojlarga bo‘linadi. Har bir inson o‘zining ehtiyojlarining bir qismini yakka tartibda, ikkinchi qismini esa boshqalar bilan birgalikda qondiradi. YAkka tartibda qondiriladigan ehtiyojga yagona o‘lchov bilan yondoshib bo‘lmaydi. Moddiy ehtiyojlarning ko‘pchiligi odatda yakka tartibda qondiriladigan ehtiyojlarni tashkil etsa, ijtimoiy-ma’naviy ehtiyojlar ko‘proq birgalikda qondiriladigan ehtiyojlardan iborat. Masalan, kiyim kiyishga bo‘lgan ehtiyoj yakka tartibda, bilim olishga bo‘lgan ehtiyoj birgalikda qondiriladi.
Ko‘zlangan maqsadiga qarab ehtiyojlarni shaxsiy iste’mol va ishlab chiqarish ehtiyojlari farqlanadi. Iste’mol tovarlari va iqtisodiy resurslarga bo‘lgan ehtiyoj shular jumlasidandir. Birinchisi insonning bevosita ehtiyojlari bo‘lib, uning hayot kechirishi, har tomonlama kamol topishiga qaratiladi. Ishlab chiqarish ehtiyojlari esa kishilar uchun bilvosita ehtiyojlar hisoblanib, uning yordamida inson yashashi, kamol topishi uchun zarur bo‘lgan turli ne’matlar ishlab chiqarish uchun zarur ishlab chiqarish vositalari unumli iste’mol qilinadi.
Qayd qilingan ehtiyojlarning barchasi bir-biri bilan bog‘liq bo‘lib, biri ikkinchisini taqozo qiladi hamda yagona umumjamiyat ehtiyojlari tarzida shakllanadi. Jamiyatning, ya’ni uni tashkil qiluvchi kishilar va davlat
Ehtiyojlar doimo o’zgarish va o’sib boorish xususiyatiga ega.
Iqtisodiy resurslar esa doimo kamayib borish xususiyatini ega. !!!
ehtiyojlarining cheksizligi, ularning to‘xtovsiz yangilanib va ortib borishi ehtiyojlarning o‘sib borishi iqtisodiy qonunda o‘z ifodasini topadi. Mazkur qonun nafaqat ehtiyojlarning miqdoran o‘sib borishini, balki ularning tarkiban yangilanib turishini, eskilarining o‘rniga yangilarining kelishini bildiradi. Ehtiyojlarning o‘sib borishi qonuni ishlab chiqarish bilan ehtiyojlar o‘rtasidagi uzviy, to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlikni aks
ettiradi. Ishlab chiqarish ehtiyojlarni qondirishga qaratiladi va uning rivojlanishi yangi ehtiyojlarni yuzaga keltiradi. Ishlab chiqarish baynalminal tus olishi bilan ishlab chiqarish va ehtiyoj o‘rtasidagi bog‘liqlik xalqaro miqyosda aks etadi. Ma’lum bir mamlakatda paydo bo‘lgan ehtiyoj boshqalariga tarqalib, xalqaro mazmunga ega
bo‘ladi. Xalqaro aloqalar rivojlanib borgani sari ehtiyojlarning milliy xususiyatlari bilan bir qatorda uning millatlararo, baynalminal belgilari rivoj topib boradi.
Ehtiyojlar o‘zaro bir-birini taqozo qilishi sababli bir ehtiyoj o‘z orqasidan boshqa bir ehtiyojni keltirib chiqaradi. Masalan, kompyuter texnikasiga ehtiyojning paydo bo‘lishi, o‘z navbatida uni ishlatish, o‘rganish, xizmat ko‘rsatish va dastur tuzishga ehtiyojlarni keltirib chiqaradi.
Ehtiyojlarning o‘sib borishi bir tekis, uzluksiz bo‘lmaydi. Uning o‘sishiga qarshi ta’sir qiluvchi omillar ham mavjud bo‘ladi. Ishlab chiqarish holati, jamiyatdagi hukmron munosabatlar, favqulodda yuz beradigan hodisalar (urushlar, iqtisodiy tizim almashishi) va tabiiy ofatlar (zilzila, suv toshqini, yong‘in kabilar) ehtiyojlarning o‘sib borishiga qarshi ta’sir ko‘rsatuvchi omillardir. Shunday qilib, ehtiyojlarning o‘sib borishi qonuni mavjud ehtiyojlarning miqdoran o‘sib borishida, mutlaqo yangi ehtiyojlarning paydo bo‘lishida, muayyan ehtiyojlar doirasida turli ehtiyojlar nisbatining o‘zgarishida va bir ehtiyojning boshqasi bilan almashinishida namoyon bo‘ladi. Ehtiyojlarning o‘sib borishi, uni qondirish vositalari darajasi bilan chegaralanadi. Chunki ehtiyojlar cheksiz o‘sib borgan taqdirda ham uni ta’minlash uchun zarur bo‘ladigan iqtisodiy resurslar cheklangandir.
Kishilik jamiyati taraqqiyoti tarixiga nazar tashlansa ehtiyojlarning miqdoran o‘sib, tarkiban takomillashib borishi aniq nomoyon bo‘ladi. yuksalib borishini ko‘ramiz. Ehtiyojlarning uzluksiz o‘zgarib turishi har qanday jamiyatga xosdir. Qondirilgan ehtiyoj yangi ehtiyojlarni keltirib chiqarishi xalqda «Insonning ko‘zi tuproqqa to‘lganda to‘yadi» degan naql kelib chiqishiga sabab bo‘lgan. Hozirgi zamon fanida ehtiyojlar cheksiz, ular o‘sishining to‘xtashi, jamiyat hayotini to‘xtashini bildiradi deb e’tirof etishadi. Ehtiyoj o‘sib bormaganda ishlab chiqarishning taraqqiy etishiga ham zarurat bo‘lmas edi.
Ehtiyojlarning yuksalishi ikki yo‘nalishda amalga oshadi.
Kishilarning ehtiyoji miqdoran o‘sib boradi. Bu bir tomondan aholi sonining ko‘payib borishi bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan, iste’molning ortishi bilan bog‘liq.
Ehtiyojlar tarkibi o‘zgarib, yangilanib va ko‘payib boradi. Ayrim ehtiyojlar yo‘qolib, o‘rniga yangisi keladi. Ishlab chiqarishning o‘zi ehtiyojlarning o‘sishiga va tarkibining o‘zgarishiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Shuning uchun ehtiyojlar borgan sari tarkiban yangilanib, ko‘payib sifat jihatdan o‘zgarib boradi. Ishlab chiqarish ta’sirida mutloqo yangi ehtiyojlar vujudga keladi va ayni vaqtda eskilari yo‘qolib boradi.
Chunki, ishlab chiqarish orqaligina turli ne’matlar yaratiladi va muayyan ehtiyojlarni qondirishga imkonyat ham vujudga keladi. Mavjud ehtiyojning qondirilishi o‘z navbatida yangi ehtiyojlarni vujudga keltiradi. Masalan, avtomobil sotib olib ehtiyojning qondirilishi o‘z navbatida qator yangi ehtiyojlarni keltirib chiqaradi: mashina turadigan joyga, yonilg‘i, ehtiyot qism, sug‘urta qildirish, soliqlar to‘lash va hokazolarga ehtiyojlar shular jumlasidandir.
Fan-texnika taraqqiyotining tezlashuvi, aholi turmush tarzi o‘zgarishi ham ehtiyojlarni tubdan o‘zgartiradi. Yangi ixtirolarni ommaviy ishlab chiqarish o‘z
navbatida ularga xos ehtiyojlarni vujudga keltiradi. Masalan, kir yuvish mashinasi, videomagnitafon va boshqalarga ehtiyoj.
Ishlab chiqarishning rivojlanishi kishilar hayotining ijtimoiy-maishiy madaniy sharoitlariga ham ehtiyojlarni shakllantiradi. Bunga oddiygina misol, dastlabki ibtidoiy odamlarning ovqatlanishi bilan hozirgi zamon ovqat tayyorlash texnologiyasi tubdan farq qiladi.
Ishlab chiqarish ehtiyojlarni shakllantirar ekan, o‘z navbatida ehtiyojlar ham ishlab chiqarishga ta’sir etadi. Birinchidan, ehtiyojlar yaratuvchanlik faoliyatining aniq yo‘nalishiga asos bo‘ladi, ikkinchidan inson ehtiyojlarining miqdor va sifat jihatdan tez o‘zgarishi ishlab chiqarishning unga moslashishini taqoza etadi.
Ehtiyojlarni qondirilish darajasi (EQD) har bir davrda haqiqiy iste’mol (HI)ni ehtiyojlarning umumiy darajasi (EUD)ga nisbati orqali aniqlanadi Bu qonun ishlab chiqarish bilan ehtiyojlar o‘rtasida o‘zaro uzviy bog‘liqlik va ehtiyojlarning yuksalishi murakkab tarzda kechishini ko‘rsatadi. Ehtiyojlarning cheksizligi nisbatan ko‘proq ijtimoiy- ma’naviy ehtiyojlarga taalluqli. Shu sababli A.Smit «ovqatga intilish har bir odamda kishi oshqozonini kichik sig‘imi bilan cheklanadi, lekin qulayliklarga hamda uy-joy, kiyim-kechak, uy sharoiti va anjomlarni bezashga intilish aftidan cheksiz yoki muayyan chegaralarga ega bo‘lmasa kerak» deb ta’kidlagan.
Ehtiyojlarni qondirilish darajasi (EQD) har bir davrda haqiqiy iste’mol (HI)ni ehtiyojlarning umumiy darajasi (EUD)ga nisbati orqali aniqlanadi, ya’ni
Do'stlaringiz bilan baham: |