1–Mavzu: Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va bilish
usullari
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti
Iqtisodiyot nazariyasi fani masalaga bir tomonlama yondoshuvga yo‘l qo‘ymasdan har ikkala yo‘nalishdagi iqtisodiy fanlar predmet doirasini qamrab olishi va ularni yaxlitlikda o‘rganish lozim.
Masalan, Aristotel bu fanni uy xo‘jaligini boshqarish qonunlari to‘g‘risidagi fan deb qaragan bo‘lsa, merkantilistlar, fiziokratlar va ingliz klassik iqtisodiy maktabining vakillari uni boylik to‘g‘risidagi fan deb hisoblaydi. Fanning predmeti boylikning manbalari, uni ko‘paytirish yo‘llari hamda jamiyat ne’matlarini ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonini o‘rganishdan iborat deb qaraydi.
Keyingi paytda mazkur fanni xalq xo‘jaligi,
ijtimoiy xo‘jalik to‘g‘risidagi fan deb ham hisoblamoqdalar. Ayrimlar iqtisodiyot asoslari fanini moddiy hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va ayirboshlashni boshqarish qonunlari to‘g‘risidagi fan deb ko‘rsatadilar. A. Marshall esa iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti insoniyat, jamiyatning me’yoridagi hayotiy faoliyatini tadqiq qilishdan iborat deb yozadi.
Iqtisodiyot nazariyasi fani siyosiy iqtisod nomi bilan yuritilgan davrda qator darsliklarda uning predmeti moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish jarayonida kishilar o‘rtasida sodir bo‘ladigan munosabatlarni o‘rganishdan iborat deb ko‘rsatilgan edi.
AQSH va G‘arb mamlakatlaridagi «Ekonomiks» darsliklarida fanning predmeti kishilarning moddiy ehtiyojlarini to‘laroq qondirish maqsadida cheklangan resurslardan samarali foydalanish muammolarini tahlil qilish, kishilarning iqtisodiy xulq-atvorini o‘rganishdan iborat deb ta’kidlanadi.
Hamdo‘stlik davlatlari va xususan Rossiya Federatsiyasida chiqarilayotgan turli darsliklarda mazkur fanning predmeti bo‘yicha bir-biriga yaqin bo‘lgan ta’riflar berilmoqda.
Ularning birida fanning predmeti «Ratsional xo‘jalik yuritish tizimining tarkibiy evolyusiyasini, haqiqiy boylikni va jamiyatning ayrim a’zolari va guruhlarining farovonligi, iqtisodiy o‘sishning omillari va qonuniyatlarini o‘rganadi», deb ko‘rsatilsa boshqasida cheklangan resurslar sharoitida ehtiyojlarni qondirish maqsadida moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol qilish jarayonlarida kishilar va guruhlarning xulq-atvorini o‘rganadi», deyiladi.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti to‘g‘risida bildirilgan bu barcha fikrlardan ko‘rinib turibdiki, siyosiy iqtisodga doir darsliklarda ishlab chiqarish jarayonida kishilar o‘rtasida sodir bo‘ladigan munosabatlarni o‘rganishga alohida
ustuvorlik berilsa, «Ekonomiks» yo‘nalishidagi kitoblarda asosan kishilarning resurslarga, moddiy ashyoviy buyumlarga bo‘lgan munosabatini, iqtisodiy xatti- harakatini o‘rganishga, cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanish masalalariga alohida e’tibor berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |