1 Mavzu. Ekologiya huquqi predmeti, metodi, tizimi va manbalari
Quyidagi savollarga javob bering
1.Ekologik huquq predmeti va bu fanning boshqa huquqiy fanlar tizimidagi o`rnini yoriting.
Ekologiya huquqining predmeti- atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va aholining ekologik havfsizligini ta’minlash jarayonida paydo bo`ladigan ijtimoiy munosabatlar huquqiy tomondan tartibga solishdan iboratdir.
Ekologik huquq predmeti tabiat yoki atrof muhit bo’yicha ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi. Tabiat bo’yicha “ijtimoiy munosabatlar” kategoriyasi ostida insonning tabiiy resurslar bilan bog’liq bo’lgan xilma-xil ehtiyojlari yotadi.
Bu ehtiyojlar doimo inson, tabiat va jamiyat o’rtasidagi tabiat elementlaridan “tabiiy resurslardan” foydalanish va iste’mol bo’yicha davom etadi.
Qaysi aniq ijtimoiy munosabatlar , atrof muhit huquqi tomonidan tartibga solinadi?
Ekologik huquq bo’yicha ilmiy va o’quv adabiyotlarida uning predmeti sifatida ijtimoiy munosabatlar ikki guruhga bo’linadi:
1.Tabiiy resurslardan foydalanish bo’yicha;
2.Atrof-muhitni muhofaza qilish bo’yicha
2. Ekologik munosabatlar obyekti.
Ekologik munosabatlarning obekti deb ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan tabiiy boyliklar bo’yicha vujudga keladigan va huquqiy tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarga aytiladi.
Demak, ekologik munosabatlar obektlari:
Atrof-muhit(atrof-tabiiy muhit, tabiiy muhit, tabiat);
Tabiiy komplekslar;
Alohida tabiiy obektlar yoki resurslar.
3. Ekologik huquq tizimi.
Ekologik huquq tizimi deb asosiy elementlari tarkibi, sohaning qismlari, sohalarosti va institutlari, hamda normalari tushuniladi.
Ekologik huquq uch sifatda namoyon bo’ladi:
Huquqni sohasi sifatida;
O’quv predmeti sifatida;
Ilmiy yo’nalish sifatida.
Ekologik huquqning ichkiy tarkibini aniqlanganda, uning ob’ekti atrof- muhit bo’lib, asosi aniq, nisbatan olganda alohida ajratilgan ijtimoiy munosabatlar guruhi hisoblanadi .
Bu yerda mulkchilikka bo’lgan munosabatlarni tartibga soluvchi normalar guruhini aytib o’tish mumkin, ularga:
Tabiiy resurslarga mulkchilik;
Tabiatdan foydalanish huquqi;
Inson bilan tabiat o’rtasidagi munosabatlarni davlat boshqaruvini tashkil qilish;
Ekologik normalashtirish;
Ekologik ekspertiza, litsenziyalash, yuridik mas’uliyat va boshqalar.
Bunday normalar guruhi ekologik huquqning asosiy institutlarini tashkil qiladi. Huquqning kompleks sohasi bo’lgan ekologik huquqga xarakteristika berilganda shuni nazarda tutish ahamiyatliki, uning tizimida huquqning ishlab chiqarish sohalaridan, ayniqsa- yer, tog’-kon, suv, o’rmon, faunistik, atmosfera xavosini muhofazasi bo’yicha huquq sohalari borligidir.
Ekologik huquqning ushbu sohalarini rvojlanishi umuman ayrim tabiiy ob’ektlarga taalluqli bulgan tabiatdan foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish bo’yicha ijtimoyiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning differensiyalashganligi bilan xarakterlanadi.
Ushbu sohalar ekologik huquq sohalariga nisbatan anchagina mustaqil
hisoblanadi. Ekologik huquq tizimida ular sohaosti yo’nalishi sifatida qaralishi mumkin. Ular o’zlarining xususiy ichki tarkibiga egadirlar.
Topshiriqni ma’ruzalar matni asosida tayyorladim. Tursinbayev Farhod Valijon o’g’li
Do'stlaringiz bilan baham: |