Qurilish materiallaridan mamlakatimizda g‘isht, sement, keramzit xom ashyosi, kesiladigan tosh, gips, ohaktoshning 500 dan ortiq konlari mavjud. Bezakli va qoplama toshlar – granit, gabro, marmar keng tarqalgan. Shuningdek, 142 ta tuproq karyerlari, 66 qum karyerlari, 112 ta shag‘al, 8 ta harsangtosh, 19 ta ohaktosh, 8 ta chig‘anoq karyerlari hisobga olingan. Kam uchraydigan, noyob rangdor toshlar, minerallar va tog‘ jinslari yetarlicha darajada. Rangdor toshlarning 50 dan ortiq turi (rubin, topaz, ametist, tog‘ billuri va h.k.) uchraydi va ularning aksariyati dunyoga mashhur. Yiliga respublika bo‘yicha 5,5 mlrd. AQSh dollari qiymati atrofida foydali qazilma boyliklaridan foydalanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |