1. Mineral resurslar bilan ta‘minlanganlik O‘zbekistonning mineral resurslari va ulardan foydalanish


CHIQINDILARDAN FOYDALANISHNI TUBDAN YAXSHILASH



Download 38,51 Kb.
bet12/16
Sana17.01.2022
Hajmi38,51 Kb.
#382875
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
2 5278556223153640132

CHIQINDILARDAN FOYDALANISHNI TUBDAN YAXSHILASH

Reja:

1. Chiqindilardan foydalanishning ekologik asoslari

2. Chiqindilardan foydalanishning iqtisodiy asoslari
Tayanch iboralar: Ikkilamchi resurs, tog‘-kon sanoati, ma‘dan, maishiy chiqindilar, sof xomashyo, kimyo sanoati, yarim tayor mahsulot, sellyuloza sanoati, bozor iqtisodiyoti.
Har bir davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida jiddiy muammolardan biri chiqindi muammosi hisoblanadi. O‘zbekistonda ham bu muammo borgan sari murakkablashmokda.

Qazilma boyliklarni qazib olish, rudadan sof xomashyoni ajratish jarayonlarida juda ham ko‘plab qoplama jinslar, rudadan bo‘shagan jinslar vujudga keladi. Ular qayta ishlanayotgan massaning 90-95 % ini tashkil qiladi. Konlardan olinayotgan rudalarda foydali ma‘dan mikdori 1-5 % (rangli metallarda)ni tashkil qilishi mumkin, qolgan bo‘sh(puch) jinslar chiqindi sifatida terrikon (uyum)larda yig‘iladi.

O‘zbekistonda keyingi yillarda jami bo‘lib 1,25 mlrd. m3 qoplama jinslar, chiqindi omborlarida 1,3 mlrd. t rudalarni boyitishda vujudga kelgan chiqindilar to‘plangan. Ular 30 ming ga maydonni egallagan. Vujudga kelgan bo‘sh tog‘ jinslariga har yili o‘rtacha 25 mln. m3 qoplama jinslar, 42 mln. t rudalarni boyitishdan vujudga kelgan chiqindilar, 300 ming t metallurgiya korxonalarining shlaklari qo‘shilib boradi. Chiqindilarning bu tezlikda ko‘payib borishi yaylovlar maydonining qisqarishiga, atrof-muhitning ifloslanishiga jiddiy ta‘sir etadi.

Kimyo va neft kimyosi sanoatida chiqindilarni asosan mis va rux eritmalari oqavasi, ammiakli oqava suv, marganets shlami (kukunsimon modda), fosfogips, lignin, neft quyqasi va boshqalar tashkil etadi. Shuningdek, mashinasozlik, issiqlik energetikasi, yengil va oziq-ovqat sanoatlari ishlab chiqarish jarayonida ko‘p hajmda ikkilamchi chiqindilar vujudga keladi. Ularning bir qismi zaharli bo‘lib, yer usti va osti suvlarini, havoni ifloslashi mumkin.

Endilikda maishiy chiqindilarning mikdor jihatidan borgan sari ko‘payib borayotganligi insoniyatni jiddiy tashvishga solmoqda. XX asrning 80-yillarida N‘yu-York aholisi jon boshiga kuniga 2 kg, Singapur-0,87, Gonkong, Gamburg-0,85, Rim-0,69 kg dan maishiy chiqindi to‘g‘ri kelgan. N‘yu-Yorkda ko‘plab maishiy chiqindilarni vujudga kelishi bu shaharga uzoq masofadan oziq-ovqat mahsulotlarning buzilib qolmasligi va idishlarni sinishini ehtiyot qilish maqsadida qog‘oz, karton va boshqa materiallar bilan urab kelinishi bilan bog‘liq.

Keyingi vaqtlarda yarim tayyor, muzlatilgan va konserva qilingan mahsulotlarning ko‘plab ishlab chiqarilishi munosabati bilan ularni maxsus yashik, quticha, maxsus idish, qog‘oz va sellofan xaltachalarda o‘ralib sotuvga chiqarilmokda. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda o‘ram materiallar maishiy chiqindlarning 30 % ini, og‘irlik jihatdan va hajmi bo‘yicha 50 % ini tashkil qiladi, qolgani oziq-ovqat va axlatlariga to‘g‘ri keladi. O‘rash tarkibini avvalo qog‘oz, oyna, metall, tsellofan, plastmassa tashkil qiladi. Qizig‘i shundaki, ulardan ikkinchi marta foydalanib bo‘lmaydi, ya‘ni qayta quyish (eritish) zarur.

O‘zbekistonda maishiy chiqindilar har yili 30 mln. m3 hajmda vujudga keladi, ular 230 dan ortiq maydonchalarda yig‘ilib bormoqda. Axlat yig‘iladigan maydonchalar shaharlardan tashqarida ko‘proq pastkamlik, jarlik, kar‘erlardan iborat. Rasmiy ma‘lumotlarga ko‘ra har bir mln. t maishiy chiqindiga nisbatan 360 ming t oziq-ovqat chiqindilari, 160 ming t qog‘oz va karton, 55 ming t latta-putta, 45 ming t gacha plastmassa va boshqalar to‘g‘ri keladi. Ularning tarkibida yana shuningdek, metall (ayniqsa, rangli metallar), oyna, yog‘och, rezina kabi materiallar ham ko‘p miqdorda mavjud bo‘ladi.

Qisqasi chiqindilar ikkilamchi resurs, faqat ulardan oqilona foydalanish yo‘llarini bilish, bekorga isrof qilmaslik, atrof-muhitga bo‘lgan ta‘sirini borgan sari kamaytirib borish ustida izlanishlarni takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.




Download 38,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish