1. Mineral resurslar bilan ta‘minlanganlik O‘zbekistonning mineral resurslari va ulardan foydalanish



Download 22,4 Kb.
bet6/7
Sana30.04.2022
Hajmi22,4 Kb.
#598560
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1. Mineral resurslar bilan ta‘minlanganlik O‘zbekistonning miner Umida

Qurilish materiallaridan mamlakatimizda g‘isht, sement, keramzit xom ashyosi, kesiladigan tosh, gips, ohaktoshning 500 dan ortiq konlari mavjud. Bezakli va qoplama toshlar – granit, gabro, marmar keng tarqalgan. Shuningdek, 142 ta tuproq karyerlari, 66 qum karyerlari, 112 ta shag‘al, 8 ta harsangtosh, 19 ta ohaktosh, 8 ta chig‘anoq karyerlari hisobga olingan. Kam uchraydigan, noyob rangdor toshlar, minerallar va tog‘ jinslari yetarlicha darajada. Rangdor toshlarning 50 dan ortiq turi (rubin, topaz, ametist, tog‘ billuri va h.k.) uchraydi va ularning aksariyati dunyoga mashhur. Yiliga respublika bo‘yicha 5,5 mlrd. AQSh dollari qiymati atrofida foydali qazilma boyliklaridan foydalanilmoqda.
3. Mineral resurslardan foydalanish bilan bog‘liq muammolar va ulardan foydalanishni optimallashtirish
Mineral resurslar mamlakatimizning asosiy boyligi, shu tufayli ulardan oqilona foydalanish va ulardan foydalanishni optimallashtirish hamda muhofaza qilishga katta e‘tibor beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning o‘zining “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va rivojlanish kafolatlari” (1997 y) nomli asarida O‘zbekiston Sobiq Ittifoqining mineral xom ashyo bazasi bo‘lgani va undan o‘ta shavqatsizlarcha “tagi yo‘q bochka” kabi foydalanganliklarini alohida ta‘kidlaganlar. Natijada ular ekologik tizimlarni buzishga, “oy landshaft”iga o‘xshash chiqindi moddalar tepaliklarini paydo qilishga, radiaktiv xavfli tegralarni vujudga keltirishga sabab bo‘lganini aytib o‘tganlar. Endilikda bunday qayta tiklanmaydigan zaxiralardan qat’iy mezon asosida foydalanish, ularni qazib olish va qayta ishlash chog‘ida isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Ochiq usulda qazib olinadigan ma‘dan konlari atrof muhitni ko‘proq ifloslaydi. Qazilma boylikning yuzini ochishda ko‘pincha portlashlar qilinib, yuzadagi tog‘ jinslari ma‘lum qalinlikda yumshatiladi. Portlash natijasida jinslar turli tomonga sochilishi va ular qo‘porib tashlanishi tufayli havoga ko‘p miqdorda chang ko‘tariladi. Mutaxassislarning ma‘lumotiga ko‘ra, ma‘dan ochiq olinadigan konlarda bir yo‘la o‘rtacha zichlikdagi gruntlar portlatilganda osmonga 100-200 t gacha chang ko‘tarilishi qayd etilgan. Gruntlarni transportga ortish va tekislash ishlarida ham 10 t gacha chang havoga chiqish mumkin. Yuk tashuvchi bir avtomashina bir sutkada 10 kg changni havoga chiqaradi. Chang, shuningdek ag‘darma yuk avtomashinalari, ag‘darma yarim vagonlar va konveyrlarda tog‘ jinslarini tashishda, ularni maydalovchi qurilmalarda maydalanishi, buldozerlar harakatida ham katta hajmda chang chiqariladi.
Tekshirishlar natijalariga ko‘ra, ko‘mir ochiq vagonlarda tashilganda qarshi shamol harakati tufayli uning mayda zarralari uchib ketadi. Masalan, Novokuznetskdan Magnitogorsk shahrigacha ochiq yarim vagonlarda ko‘mir tashilganda har bir vagondagi ko‘mir miqdori 1,2 t gacha kamayadi.
Deyarli barcha qattiq ma‘danli konlarda ko‘p hollarda asosiy boylikdan tashqari bir necha boshqa, unga yo‘ldosh bo‘lgan elementlar ham uchraydi. Gap ana shu qo‘shimcha elementlani ham ajratib olishda, chunki ularni ajratib olish iqtisodiy jihatdan muhim ahamiyat kasb etadi. Konlardan yoki ma‘danlardan majmuali foydalanish deganda, deyarli barcha foydali elementlarni ishlab chiqarish texnologiyasida ularni birma-bir ajratib olish tushuniladi. Balxashdagi mis eritish korxonasida 14 elementdan 12 tasini Tog‘li Osetiyadagi Sadon qo‘rg‘oshin-rux korxonasda 23 elementdan 15 tasini ajratib olinmoqda. O‘zbekistonda bunga to‘liq erishish borasida ilk qadamlarni tashlanganiga ancha bo‘ldi, endi buni to‘liq amalga oshirishga erishish lozim. Bu nafaqat iqtisodiy, balki juda cheksiz ekologik ahamiyatga ham molik.

Download 22,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish