1. Mineral resurslar bilan ta‘minlanganlik O‘zbekistonning mineral resurslari va ulardan foydalanish


Uran eng ko‘p Kanada (30 % - dunyo hissasi), Niger, Rossiya, Qozog‘iston, Avstraliya, O‘zbekiston, Namibiya, Shvetsiyada qazib chiqariladi. Kaliy tuzi



Download 22,4 Kb.
bet3/7
Sana30.04.2022
Hajmi22,4 Kb.
#598560
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1. Mineral resurslar bilan ta‘minlanganlik O‘zbekistonning miner Umida

Uran eng ko‘p Kanada (30 % - dunyo hissasi), Niger, Rossiya, Qozog‘iston, Avstraliya, O‘zbekiston, Namibiya, Shvetsiyada qazib chiqariladi.
Kaliy tuzi – asosan mineral o‘g‘it sifatida ishlatiladi. Bu tuzning Rossiya, Belarus, Ukraina, Kanada, AQSh, Germaniya, Fransiya, Ispaniya, Isroil, Iordaniya (O‘lik dengiz), Braziliya, Xitoy, O‘zbekistonda katta zaxirasi mavjud.
Fosforit shu nomdagi mineraldan o‘g‘it olish maqsadida ishlatiladi. Uning yirik zaxiralari Rossiya, Qozog‘iston, Xitoy, AQSh, O‘zbekiston, Marakash, JAR, Iordaniya, Peru, Avstraliya, Jazoir, Misrda joylashgan.
Mutaxassislarning hisob-kitobiga qaraganda, hozirgidek sur’atlarda ishlatilganda dunyodagi qazib olinayotgan neft zaxiralari 45-50 yilga, tabiiy gaz zaxiralari 70-75 yilga, toshko‘mir zaxiralari 165-170 yilga, yadro energiyasi zaxiralari esa ko‘proq yillarga yetishi mumkin ekan.
2. O‘zbekistonning mineral resurslari va ulardan foydalanish
Bugungi kunda O‘zbekistonda 1800 dan ortiq kon hamda 1000 ga yaqin istiqbolli qazilma boyliklari mavjud bo‘lib, 118 turdagi mineral xom ashyolarning 65 turidan foydalanilmoqda. 1500 dan ortiq konda qidiruv ishlari amalga oshirildi, shu jumladan 188 ta neft, gaz kondensati; 48 ta nodir metall, 43 ta rangli, noyob va radiaktiv metall; 5 ta qora metall; 3 ta ko‘mir; 37 ta tog‘ – kon ma‘dani, 27 ta tog‘ – kon kimyo va 30 ta rangdor tosh xom ashyosi; 525 ta turli xildagi qurilish materiallari hamda 357 ta chuchuk va mineral yer osti suvlari manbalari mavjudligi aniqlangan.
Dunyoning yetakchi mamlakatlari orasida O‘zbekiston ma‘danlar zaxirasi borasida: oltin zaxirasi bo‘yicha to‘rtinchi, uran bo‘yicha yettinchi, misning aniqlangan zaxirasi bo‘yicha o‘ninchi, tabiiy gaz bo‘yicha o‘n to‘rtinchi o‘rinni, qazib chiqarishda esa: uran bo‘yicha oltinchi, oltin va tabiiy gaz bo‘yicha sakkizinchi; eksport qilish borasida: uran bo‘yicha uchinchi o‘rinni egallaydi (O.Ata - Mirzaev, N.Tuxliev, 2009; F.Quvonova, 2011).
Yoqilg‘i – energetika resurslari. Neft va tabiiy gaz boyliklarining ma‘lum qismi Farg‘ona vodiysida joylashgan: Shimoliy So‘x, Janubiy Olamushuk, Polvontosh, Changara, Chimyon, Sho‘rsuv konlaridir. Mingbuloq koni yangi ochildi. Farg‘ona nefti asosan yengil, oltingugurti kam, parafinsimon, yengil aralashmalarga boyligi bilan tavsiflanadi.
Neftning Janubiy havzasi Surxondaryo viloyatida joylashgan konlar: Xavdog‘, Uchqizil, Kakaydi hisoblanadi. Neftning katta zaxirasi Ustyurt platosida, neft-gazli havzalar Muborak, Shurtan, O‘rtabuloq, Qandimda mavjud. Ko‘kdumaloq manbai eng katta konlardan biridir. O‘zbekistonda tabiiy gazning aniqlangan zaxirasi 2 trillion m3 baholanmoqda, 160 dan ortiq neft manbalari aniqlanadi. Respublika hududining 60 % qismi kelajakda neft va gaz qazib olinadigan manbalar ekanligi ta‘kidlanmoqda.
O‘zbekistonda asosan 5 ta neft-gazli region ajratiladi: Ustyurt, Buxoro-Xiva, Janubi-G‘arbiy Hisor, Surxondaryo, Farg‘ona. Tabiiy gazning aniqlangan zaxirasi mamlakat ehtiyojini 35 yil, neftniki esa – 30 yil ta‘minlay olishi mumkinligi prognoz qilinmoqda.

Download 22,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish