2012
29555,4
9841,95
17555,9
2013
29993,5
9957,8
17846,1
2014
30800,6
10195
18357,2
*Manba: www.stat.uz
Jadvaldagi noma’lum ko‘rsatkichlarni aniqlang. (ming kishi hisobiga)
O‘zbekiston Respublikasi aholisining asosiy yosh guruhlari tarkibining o‘zgarishlari. (ming kishi)
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib
turibdiki, O‘zbekiston Respublikasi aholisi yildan-yilga
ko‘payib bormoqda. CHunonchi,respublikada umumiy aholi soni 1998 yilda 23 mln. 807 ming kishini
tashkil qilgan. Uning 9 mln. 59 ming nafari (37,9%i) shahar aholisi» 14 mln. 809 ming nafari qishloq
aholisining (62,1%i) xissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
1.
Aholini tarkibini o‘rganish
Aholidan murakkab majmuani alohida guruhlar va guruhchalarga bo‘lmasdan o‘rganib
bo‘lmaydi. Bu amal avvalo aholi tarkibi xaqidagi turli xil ko‘rsatkichlar bo‘yicha muayyan tasavvur
beradi.
Aholi statistikasida aholini guruhlash quyidagilar bo‘yicha olib boriladi: jinsi, yoshi, oilaviy
ahvoli, millati.
1. Aholini jinsi bo‘yicha guruhlash va taqsimlash uning tarkibida
erkaklar va ayollar sonini
aniqlashga imkon yaratadi. Xududlar bo‘yicha olingan jinsiy tarkibi to‘grisidagi ma’lumotlar
mamlakatning aholi regionlarida erkaklar bilan ayollar soning o‘zaro teng yoki teng emasligi xaqidagi
tasavvurni beradi. O‘z navbatida bunday munosabat region iqtisodining ishlab chiqarish yo‘nalishiga ham
bog‘liq bo‘ladi. Masalan, ko‘mir, neft, metallurgiya tarmoqlari bor joyda erkaklar,
engil yoki
tuqimachilik sanoati rivojlangan joylarda ayollar nisbatan ko‘p bo‘ladi.
Jins bo‘yicha guruhlash boshqa guruhlash belgilari (yoshi, ijtimoiy kelib chiqishi,
malumota va boshqalar) bilan birga amalga oshiriladi.
2. Axolini yoshi bo‘yicha guruhlash ham aholi statistikasining asosiy va muhim vizifalaridan biri
hisoblanadi. Ko‘plab amaliy masalalarni echishda turli xildagi yosh kontingentlarini aniqlash zarur:
bog‘cha
yoshdagi, maktab yoshidagi, mehnatga layoqatli
yoshdagi aholi sonini, mehnatga layoqatli
yoshdan kichik yoki kattalar soni va boshqalar.
3. Har bir davlatda turli xil millatdagi shaxslar yashaydi. SHuning uchun ro‘yxatga
olish
xujjatlari shakllarini ishlab chiqishda millat bo‘yicha taqsimlanish haqidagi ko‘rsatkichlar
ifodalanishini talab etuvchi savollar beriladi.
Aholini millat tarkibini o‘rganishda alohida millatlar gaplashadigan til hisoblanadi.
4. Aholi statistikasida aholini oilaviy ahvoli bo‘yicha guruhlarga taqsimlash muhim
ahamiytga ega. Bu masala bo‘yicha ro‘yxatga olish xujjatlari har xil
tarzda ishlab chiqilishi
mumkin. CHunonchi ular bo‘yicha ba’zan nikoxdan o‘tgan va nikoxdan o‘tmagan shaxslar soni
aniqlanadi. Oilaviy holat to‘g‘risida to‘liq va to‘g‘ri tasavvur beradigan guruhlash quyidagilarni o‘z
ichiga oladi: hech qachon nikoxdan o‘tmaganlar, beva qolganlar, nikoxdan o‘tmaganlar,
ajrashganlar va boshqalar. Bu tarzdagi guruhlash erkaklar va ayollar
uchun alohida-alohida
o‘tkaziladi. Bunda ular 16 yoshdan boshlab turli guruhlarga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: