Bog‘lovmateriallari. Ketgut spirtli yod eritmalarida saqlanadi. Yodni neytrallash uchun 24 soatga 10 % li giposulfit eritmasiga solinadi, so‘ng 24 soat steril distillangan suvda saqlanadi. Shundan so‘ng steril pinset bilan ketgut olinib, steril Petri kosachasiga solinadi.
Steril qaychi bilan 2—5 sm uzunlikda qirqib, 2 ta probirkadagi shakarli sho‘rvaga va Saburo muhitiga ekiladi. Termostatga 37°C haroratda 12—14 kunga qoldiriladi. Ipak spirtda saqlanadi. Ekishdan oldin ipak bog‘lamini olib, 24 soatga steril distillangan suvda qoldiriladi. Vaqt o‘tgach, steril pinset yordamida bo‘laklarga bo‘lib, shakarli sho‘rva va Saburo muhitiga ekiladi. Termostatga 37°C haroratda 14 kunga qoldiriladi. Har kuni tekshiriladi. Agar mikrob kulturasi o‘sgan bo‘lsa, steril emasligini ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |