1. Mehnat resurslari haqida tushuncha va uni o‘rganish ob’ekti sifatida


-diagramma O’zbekistonda 2006-2018 yillarda doimiy aholi va mehnat resurslarining o’sish sur’atlari nisbati (ming kishi)



Download 0,77 Mb.
bet7/16
Sana13.07.2022
Hajmi0,77 Mb.
#784920
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
Меҳнат ресурслари статистик ўрганиш

1-diagramma
O’zbekistonda 2006-2018 yillarda doimiy aholi va mehnat resurslarining o’sish sur’atlari nisbati (ming kishi)
(1 yanvar holatiga)

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ma’lumotlari asosida tuzilgan.
Mehnat resurslari sonining mutlaq ko‘rsatkichlari va ularning o‘sishlari (barcha yoshdagi, mehnatga layoqatli yoshdagi va boshqa) aholi sonining mutlaq ko‘rsatkichlari bilan taqqoslanadi.
Mehnat resurslaridan foydalanish bo‘yicha mumkin bo‘lgan eng katta samaraga faqat ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirishda tarmoq va mamlakat taraqqiyoti uyg‘unligini ta’minlash yo‘li bilan erishish mumkin.
Mehnat resurslari bilan ta’minlanganligiga qarab turkumlash usuliga muvofiq quyidagi hududlar tafovut etiladi: ortiqcha mehnat resurslari mavjud hududlar – tabiiy va mexanik o‘sish darajasining kattaligi hamda bo‘sh ish joylari etishmasligi bilan tavsiflanadi; mehnat resurslari taqchil hududlar – malakali mehnat resurslari kamligi bilan tavsiflanadi. Bunday hududlar murakkab tabiiy-iqlim sharoitlari, yaxshi rivojlanmagan ijtimoiy-ishlab chiqarish sohasi va infratuzilmasi, shuningdek, ishchi kadrlarning qo‘nimsizligi bilan farq qiladi; ish va mehnat resurslari bilan ta’minlangan hududlar – ish joylari bilan mehnat resurslari o‘rtasida muvozanat o‘rnatilgan hududlar.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitlarida mehnat bozori samarali faoliyat olib borishi uchun quyidagi masalalarga alohida e’tibor berish talab etiladi:
- mehnat bozorida mehnat resurslari sifati va raqobatbardoshligini oshirish. Bu, mehnat resurslarini kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini yanada takomillashtirishni hayotiy zaruriyatga aylantiradi;
- aholini ish bilan ta’minlashning eng samarali vositalari bo‘lgan kichik biznes, xususiy tadbirkorlik, kasanachilikni, xizmat ko‘rsatish va servis sohasini jadal sur’atlarda rivojlantirish;
- aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan toifalari uchun ish o‘rinlarini kvotalash;
- yangi ish o‘rinlari yaratayotgan ish beruvchilarni rag‘batlantirish, ularga soliq, kredit imtiyozlari va boshqa imtiyozlar berish;
- davlat va mahalliy byudjetlar mablag‘lari hisobidan vaqtinchalik va jamoat ishlarini tashkil etish.
Respublikada "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" asosida umumta’lim dasturlarini kengaytirish va o‘qish muddatlarini uzaytirish bilan kasbiy tayyorgarlikni yaxshilash, kasb-hunar kollejlarida bozor munosabatlarida zarur bo‘ladigan bilim va tajribani mutaxassisliklarga o‘rgatishni yo‘lga qo‘yish, kunduzgi ta’lim o‘quv o‘rinlarini ko‘paytirish, ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qiyotgan talabalarga stipendiyalarni oshirish, ayollarga bola parvarishi uchun to‘lanayotgan nafaqalar va beriladigan ta’til muddatini uzaytirish, mehnat stajini hisoblashda ularga imtiyozlar berish; pensionerlar, nogironlar hamda ularni parvarishlaydigan shaxslarning pensiyalarini oshirish – qishloq mehnat bozoriga ishchi kuchlari oqib kelishini kamaytirish chora-tadbirlari hisoblanadi.
Qishloq mehnat bozorida mehnat resurslari taklifi ko‘payishiga ta’sir etayotgan yana bir omil – mehnat resurslari taklifini ham kasbiy, ham malaka jihatdan yuqori emasligidir. Bu esa, qishloq hududi iqtisodiyoti noqishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi tarmoqlaridagi jonli mehnatga talabning o‘sish sur’atiga to‘la javob bermaydi.
Shu bois qishloq mehnat bozorida mehnat resurslari taklifini orttirish uchun uning sifat ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish va raqobatbardoshligini oshirish lozim.
Buni amalga oshirish uchun bandlik davlat xizmati tizimidagi va boshqa o‘quv yurtlaridagi xodimlar malakasini oshirishni samarali tashkil etish, korxonalardagi va nodavlat ta’lim muassasalaridagi maxsus kurslarda kasb hunarga o‘rgatishni takomillashtirish va ularga soliq to‘lovida imtiyozlar berish, mahalliy kadrlar raqobatbardoshligini oshirishning maqsadli maxsus dasturini ishlab chiqish zarur.
Mehnat resurslari taklifini rag‘batlantirish xodimlarni ishga yollash va joylashtirishga yordamlashish usullarini qo‘llash orqali ham amalga oshiriladi. Bu usullar tashkiliy tusda bo‘lib, bo‘sh ish joylari va ishga joylashish, qayta o‘qitishga muhtoj fuqarolar soni haqidagi ma’lumotlar bankini tashkil etishni, aholini ishga joylashish imkoniyatlari haqidagi axborotlar bilan ta’minlashni, ishsizlarni ro‘yxatga va hisobga olishni, kasbga yo‘naltirishga oid chora -tadbirlarni ishlab chiqish va o‘tkazish kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi.
Barcha qishloq hududlari mehnat bozorlaridagi munosabatlarni tartibga solishda ishga yollash bo‘yicha erkin va o‘zaro manfaatli raqobat uslubidan foydalanish muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash lozimki, hozirgi sharoitda insondan talab qilishdan avval unga ko‘p narsa berish lozimligi ilgari surilgan, ko‘p marotaba sinalgan, omadli ilg‘or korporastiyalar tomonidan rag‘batlantiriladigan tamoyil iqtisodiyot miqyosida hukmronlik qilmoqda. Shu sababli mamlakatimizdagi mehnat bozori kuchli ildiz tizimiga ega. Ushbu bozor ulkan tashkiliy tuzilmalarga, milliy an’analarga tayanmoqda. Bu tuzilmalar nafaqat iqtisodiyotni, balki ko‘pdan-ko‘p davlat institutlari, ijtimoiy va xususiy institutlarni, shu jumladan, milliy ta’lim tizimini, madaniyat, sog‘liqni saqlash muassasalarini, turli notijorat ijtimoiy tashkilotlarni, oila institutini qamrab olmoqda.

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish