Birinchi bosqichda (2019-2021 yillar) makroiqtisodiy barqarorlik bozor munosabatlarining institutsional bazasini yaratish, real sektorning tarmoqlari ishlab chiqarish salohiyatini oshirish, inson kapitalini yaxshilash va aholining zaif qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha qabul qilingan hujjatlar amalga oshirilishi orqali iqtisodiyotning yangi shart-sharoitlarga va bozor mexanizmlariga moslashishi yuz beradi. Ushbu bosqichda korrupsiyani cheklash va xufiyona iqtisodiyot darajasini pasaytirish, tovar va moliya bozorlarini rivojlantirish hamda adolatli raqobat shart-sharoitlarini shakllantirish, ekologik va resurslarni tejaydigan standartlarni joriy etish qismi bo‘yicha davlat institutlari salohiyatini mustahkamlash vazifalarini hal etish muhim o‘rin tutadi. Ikkinchi bosqichda(2022-2025 yillar) qayta ishlovchi tarmoqlarni jadal rivojlantirish, foydalanayotgan resurslar samaradorligini oshirish, iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishga yo‘naltirilgan yangi bozor va ishlab chiqarish tuzilmalarini shakllantirish hisobiga iqtisodiyot tarmoqlarida sifatli tuzilmaviy o‘zgarishlarga erishiladi. Ushbu bosqichda samarali bandlikni kengaytirishda va boshqa ijtimoiy muammolarni hal etishda uning ulushini ko‘paytirish yo‘li bilan iqtisodiy o‘sish sur’ati jiddiy ravishda oshadi. Institutlar salohiyati mustahkamlanishiga qarab ta’lim va sog‘liqni saqlash xizmatlari sifati oshadi, kichik biznesni industrlashtirish va yangi sanoat siyosatiga o‘tish uchun shart-sharoitlar yaratiladi, yirik davlat xo‘jalik birlashmalarida menejment sifatining oshishi ularning qo‘shilgan qiymatni yaratishning global zanjiriga kirishini ta’minlaydi. Uchinchi bosqichda(2026-2030 yillar) eksportga yo‘naltirilgan iqtisodiyot tabiatdan oqilona foydalanish, ishlab chiqarish sohasiga an’naviy bo‘lmagan resurslarni va energiya manbalarini jalb etish hamda inson kapitalini sifatliroq rivojlantirish hisobga olingan holda iqtisodiyot tarmoqlarini texnik va texnologik rivojlantirish negizida jadal sur’atlarda rivojlantiriladi. Konsepsiyaning har bir bosqichida strategik ustuvorliklarning oldinga qo‘yilgan vazifalar bilan bog‘liqligini ta’minlashga yo‘naltirilgan tizimli ijtimoiy-iqtisodiy siyosat amalga oshiriladi. Bu ularning kelishilganligini ta’minlaydi. O‘z navbatida har bir bosqichda hal etiladigan vazifalar iqtisodiyotning turli tarmoqlari va sohalarini va mamlakat hududlarini rivojlantirishga tegishli boshqaruv qarorlari qabul qilishning sifatliroq darajasida aniq chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi bilan mustahkamlanadi.