1. Mehnat bozorining ishlash mexanizmi Mehnat bozorining turlari va modellari



Download 85,83 Kb.
bet16/19
Sana03.09.2021
Hajmi85,83 Kb.
#163148
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
20-ish turlari haqida tushuncha mehnat

Yaponiya modeli. Bu mamlakatda mehnat munosabatlari tizimi umrbod yollanishga asoslanadi, umrbod yollanish xodimlarning korxonada ishlaydigan eng yuqori (55—65 yoshga) yetgunlariga qadar ish bilan bandlik kafolatlanishini ko’zda tutadi. Umrbod yollanish tizimi ish haqi, mukofotlar hamda ijtimoiy to’lovlar tarzidagi moddiy taqdirlash miqdorlarining oshirib borishni kafolatlaydi. Umrbod ishga yollash yo’li bilan korxonalarda xodimlarni musta hkamlash, ichki firma darajasida malaka oshirish, tezkor ravishda kasb-malaka tarkibini ish o’rinlarining tuzilmasi bilan, texnika va texnologiyalarni rivojlantirish, ishlab chiqariladigan mahsulotni modifikasiyalash bilan muvofiqlashtirib borish imkonini beradi.

Yaponiya firmalari yollanma xodimlardan uzoq vaqt mobaynida foydalanishni ko’zlaydilar. Bu esa xodimlarda mehnatga ijodiy munosabatda bo’lish va nihoyat darajada sifatli ishlashga intilishni tarbiyalashga qaratilgan siyosatga asos bo’lib xizmat qildi. Bu ma’lum darajada tadbirkorlarning ishlab chiqarishni va qo’llanilayotgan ishchi kuchini xodimlarni qisqartish hisobiga emas, balki ish vaqtini qisqartirish yoki xodimlarni shu’ba korxonalariga yoki o’zaro kelishuv bo’yicha boshqa firma korxonalariga o’tkazish hisobiga hal qilishga intilishlarini ham belgiladi.

Doimiy xodimlar va vaqtincha xodimlarni bir-biridan aniq farqlash mavjud, vaqtincha xodimlar iqtisodiy tanazzul davrlarida birinchi bo’lib ishdan bo’shatiladi va ko’pincha iqtisodiy faol aholining tarkibidan hamishalikka chiqadi. Buning ustiga, firmaning ko’lami qanchalik kichik bo’lsa, unda vaqtincha xodimlar salmog’i shunchalik ko’p, ularning ishsiz bo’lib qolishlari xavfi darajasi shunchalik yuqori bo’ladi.

Yaponiyada ishsizlik darajasi 2000 yilda atigi 3,3 %ni tashkil etdi. Mehnat bozorida davlat siyosatini olib borish xarajatlari yuqori emas: ular yalpi ichki mahsulotning (YaIM) 0,52 %ini tashkil etadi, shu jumladan, faol siyosat yuritishga 0,13 %, passiv siyosat o’tkazishga 0,39 % sarf-xarajat qilinadi.

Umuman, mehnat bozorida Yaponiya modeli ishlab chiqarish ehtiyojlarini, ish beruvchilarning ham, yollanma xodimlarning ham manfaatlarini nihoyat darajada to’liq hisobga olgan holda oqilona ravishda ish bilan bandlikni shakllantirishga xizmat qiladi, bu esa, o’z navbatida, mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga ko’maklashadi, ana shular jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlaydi, chunki amalda har bir kishi ertangi kunga va o’z ijodiy salohiyatini namoyon etish imkoniyatiga ega ekanligiga ishonchi komil.

Rivojlangan mamlakatlar tajribasi ko’rsatishicha, mehnat bozori modellaridan birontasi ham o’zgarmay qololmaydi, u hamisha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning xususiyatlariga bog’liq bo’ladi. Chunonchi, umrbod yollanish siyosati yosh va istiqbolli xodimlarning manfaatlariga muayyan ma’nolarda zid keldi va shu tufayli uning qo’llanish sohasi torayishi mumkin. Shvesiyada mehnat katta sarf-xarajatlarni moliyalash uchun yuqori miqdordagi soliqlar siyosati chet el investisiyalari oshishini keltirib chiqardi. Ushbu tendensiya Shvesiyaning o’zida kompaniyalarning ravnaq topishiga yo’naltirilgan tanlama iqtisodiy yuksaltirish siyosatiga putur yetkazmoqda. Ijtimoiy nafaqalar miqdori yuqoriligi ishchi kuchi taklifi kamayishiga olib keldi va ish haqini oshirish zaruriyatini kuchaytirdi. Korxonalar ish haqi borasidagi cheklanishlarni chetlab o’tishi uchun xodimlarga foydada qatnashish tizimlari bo’yicha ko’proq mabla g’ to’laydigan bo’lib qoldilar.

Shunday qilib, mehnat bozori modelining samaradorligi ish bilan bandlik borasida amalga oshirilayotgan siyosatga, uning o’zgaruvchanligi va umuman iqtisodiyotda yuz berayotgan o’zgarishlarga moslashuvchanligiga bog’liq bo’ladi. Bizning mamlakatimiz mehnat bozoridagi qanday modelga mos kelishini hozircha faqat taxmin qilsa bo’ladi.


Download 85,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish