I. Kirish
1. Ma’lumotlar bazasi haqida tushuncha.
2. Ma’lumotlar tuzilmasi haqida tushunchalar.
3. Statik turdagi ma’lumotlar tuzilmasi.
4. Yarimstatik turdagi ma’lumotlar tuzilmasi.
II. Xulosa
III. Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Hozirgi kunda respublikamizda oliy ta’limga katta e’tibor qaratilmoqda. Jumladan informatika fani keyinchalik ko’plab tarmoqlarga ajralgani fikrimizning yaqqol isboti desak mubolag’a bo’lmaydi. Xossatan bularning ichida “ Axborotlarga ishlov berish va algoritmlash ” fani fikrimizni yanada tasiqlaydi. Albatta zamon kun sayin rivojlanib yangidan yangi tehnologiyalarga talab ortmoqda. Darhaqiqat bular kompyuter texnologiyalaridir. Hayotimizning har jabhasida ularni ko’rishimiz mumkin. Chunki inson yashar ekan u axborot bilan olamni anglaydi. Bajarayotgan har bir ishida axborotga ehtiyoj sezadi. Kompyuterlar esa bu muammolarni hal etishda insoniyatga katta yordam berdi. Ular ko’plab vazifalarni tez va sifatli amalga oshirib, o’ziga yuklatilgan dastur asosida ishlaydi. Dastur esa ma’lumotlar tuzilmasi yordamida yaratiladi. Ma’lumotlar tuzilmasida operatsialar ketma ketligi, tuzilmaning mumkin bo’lgan qiymatlari toplami va tashkil etilganlik muhim ro’l o’ynaydi. Shunday qilib ma’lumotlar tuzilmasi bu dasturning asosi bo’lib xizmat qiladi. Quida keltiriladigan ma’lumotlarimiz yordamida dastavval ma’lumotlar bazasi so’ngra ma’lumotlar tuzilmasi haqidagi bilimlaringgizni mustahkamlaysiz hamda ularni dasturlashdagi o’rni va ahamiyati bilan yanada yaqindan tanishasiz.
Ma’lumotlar bazasi haqida asosiy tushunchalar
Hozirgi kunda inson faoliyatida ma’lumotlar bazasi kerakli axborotlarni saqlash va undan oqilona foydalanishda juda muhim rol o‘ynamoqda. Sababi: jamiyat taraqqiyotining qaysi jabhasiga nazar solmaylik o‘zimizga kerakli ma’lumotlarni olish uchun, albatta, ma’lumotlar bazasi ga murojaat qilishga majbur bo‘lamiz. Demak, ma’lumotlar bazasi ni tashkil qilish axborot almashuv texnologiyasining eng dolzarb hal qilinadigan muammolaridan biriga aylanib borayotgani davr taqozasidir. Informatsion texnologiyalarning rivojlanishi va axborot oqimlarining tobora ortib borishi, ma’lumotlarning tez o‘zgarishi kabi holatlar insoniyatni bu ma’lumotlarni o‘z vaqtida qayta ishlash choralarining yangi usullarini qidirib topishga undamoqda. Ma’lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun ma’lumotlar bazasini yaratish, so‘ngra undan keng foydalanish bugungi kunda dolzarb bo‘lib qolmokda. Moliya, ishlab chiqarish, savdo-sotiq va boshqa korxonalar ishlarini ma’lumotlar bazasisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Ma’lumki, ma’lumotlar bazasi tushunchasi fanga kirib kelgunga qadar, ma’lumotlardan turli ko‘rinishda foydalanish juda qiyin edi. Dastur tuzuvchilar ma’lumotlarini shunday tashkil qilar edilarki, u faqat qaralayotgan masala uchungina o‘rinli bo‘lardi. Har bir yangi masalani hal qilishda ma’lumotlar qaytadan tashkil qilinar va bu hol yaratilgan dasturlardan foydalanishni qiyinlashtirar edi. Har qanday axborot tizimining maqsadi real muhit ob’ektlari haqidagi ma’lumotlarga ishlov berishdan iborat. Keng ma’noda ma’lumotlar bazasi - bu qandaydir bir predmet sohasidagi real muhitning aniq ob’ektlari haqidagi ma’lumotlar to‘plamidir. Predmet sohasi deganda avtomatlashtirilgan boshqarishni tashkil qilish uchun o‘rganilayotgan real muhitning ma’lum bir qismi tushiniladi. Masalan, korxona, zavod, ilmiy tekshirish instituti, oliy o‘quv yurti va boshqalar.
Shuni qayd qilish lozimki, ma’lumotlar bazasini yaratishda ikkita muhim shartni hisobga olmoq zarur:
Birinchidan, ma’lumotlar turi, ko‘rinishi, ularni qo‘llaydigan programmalarga bog‘liq bo‘lmasligi lozim, ya’ni ma’lumotlar bazasiga yangi ma’lumotlarni kiritganda yoki ma’lumotlar turini o‘zgartirganda, programmalarni o‘zgartirish talab etilmasligi lozim.
Ikkinchidan, ma’lumotlar bazasidagi kerakli ma’lumotni bilish yoki izlash uchun biror programma tuzishga hojat qolmasin.
Shuning uchun ham ma’lumotlar bazasini tashkil etishda ma’lum qonun va qoidalarga amal qilish lozim. Bundan buyon axborot so‘zini ma’lumot so‘zidan farqlaymiz, ya’ni axborot so‘zini umumiy tushuncha sifatida qabul qilib, ma’lumot deganda aniq bir belgilangan narsa yoki hodisa sifatlarini nazarda tutamiz. Ma’lumotlar bazasini yaratishda, foydalanuvchi axborotlarni turli belgilar bo‘yicha tartiblashga va ixtiyoriy belgilar birikmasi bilan tanlanmani tez olishga intiladi. Buni faqat ma’lumotlar tizilmalashtirilgan holda bajarish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |