9-shakl.
Zаmоnаviy pеdаgоgik tехnоlоgiya turlаri
Fаоliyat ko‘rsаtishgа аsоslаngаn pеdаgоgik tехnоlоgiya
Muаyyan o‘quv-tаrbiya mаqsаdlаrini bаjаrishgа sаbаb bo‘-luvсhi оmillаrni yarа-tishgа аsоslаngаn pе-dаgоgik tехnоlоgiya (kеlgusi o‘quv оmil-lаrini yarаtish tех-nоlоgiyasi)
Bоshqаrishgа аsоs-lаngаn pеdаgоgik tехnоlоgiya
Umuman, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni yuqorida aytilgan-lardan tashqari bir qancha belgilarga ko‘ra ham turlarga ajratiladi.6 Ta’lim jarayonining didaktik mohiyati quyidagi pedagogik texnologiyalarni ajra-tishga imkon beradi:
Ta’lim-tarbiya jarayoni butun mashg‘ulot davomida o‘quvchi-talaba faolligi va qiziquvchanligini muntazam ravishda uyg‘otib borish maqsadini ko‘zda tutadi. O‘quv omillarini yaratishga asoslangan, pedagogik texnologiya o‘quvchilarni tezkorlik bilan o‘quv yoki o‘quv ishlab chiqarish fao-liyatiga jalb qilish imkonini beradi. Aks holda, zaif, yetarli darajada tushu-narli bo‘lmagan yoki aniq natija ko‘zlanmagan topshiriqlar mashg‘ulotning samarasiz yakunlanishiga olib keladi.
Bunday holatlar ko‘p hollarda o‘qituvchining o‘quvchi-talabaga nis-batan salbiy munosabatda bo‘lishiga zamin yaratadi hamda o‘quvchi-ta-labaning ortiqcha hissiyotlarga berilishi, o‘quv faoliyatiga undovchi rag‘batning pasayishi, o‘qishdan bezishi hamda o‘quv predmeti va o‘qi-tuvchiga nisbatan salbiy munosabatda bo‘lishiga sabab bo‘ladi. O‘qituvchi va o‘quvchi-talaba orasidagi munosabat insonparvarlik mezonlari asosida tashkil etilib, noxush hissiyotlarni bartaraf etishga yo‘naltirilishi lozim. O‘qituvchi bilan o‘quvchi-talaba orasidagi munosabat erishilgan yutuqlardan zavqlanish, o‘quv faoliyatiga nisbatan chanqoqlik bilan in-tilish hamda birgalikdagi ijodiy muloqotga chorlashi kerak. Bu esa peda-gogik ta’sirning yuzaga kelishi uchun zarur bo‘lgan o‘zaro aloqa vositasi – "ko‘prik"ni hosil qiladi. Ta’lim jarayonida o‘quvchi-talaba shaxsiga nis-batan hurmatsizlik bilan yondashilganda ko‘zda tutilgan talabchanlikka, ay-niqsa, ongli intizomni o‘rnatishga erishish mumkin emas.
Ta’lim-tarbiya ishini tashkil etishda o‘qituvchi va o‘quvchi-tala-ba orasidagi o‘zaro munosabat va muloqotning bir necha turlari mav-jud bo‘lib, ular quyidagilardir:
O‘quv omillarini yaratishga asoslangan pedagogik texnologiya o‘qi-tuvchilarning o‘quvchi-talabalarga muloqot asosida ta’sir etish yo‘llarini ham o‘z ichiga oladi. Keng tarqalgan metod yoki muloqot ta’sirlari quyi-dagilardan iborat: ishontirish, isbotli natijalarga asoslanish, bevosita hamda bilvosita ta’sir, o‘z-o‘zini tarbiyalash va o‘zaro ta’sir metodlari.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o‘quv jarayoniga faol tatbiq etish hisobiga ta’lim jarayonining rag‘bati (motivatsiyasi) kuchay-tirilishi mumkin. Ma’lumki, tayyor holda olingan bilimlar, odatda, ularni amaliyotda qo‘llashni qiyinlashtiradi, bu ayniqsa, aniq masalalarni yechish-da namoyon bo‘ladi. Shuning uchun bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘z-lashtirishda o‘quvchi-talabalarning bevosita faoliyat ko‘rsatishlari talab etila-di. Bu muammoning yechimi boshqaruvga asoslangan pedagogik texno-logiyaning qo‘llanishi bilan bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |