1-mavzu: Zamonaviy pedagogik texnologiyalar va ularni ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etish



Download 372 Kb.
bet3/16
Sana30.09.2021
Hajmi372 Kb.
#189560
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
1 MAVZU PET TEX

Kutilаyotgаn nаtijа
SHAPE \* MERGEFORMAT
1-shakl. Zamonaviy ta’lim-tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarni qo‘llash zaruriyatining mohiyati.

Kadrlar tayyorlash milliy modeli jamiyat, davlat va oila oldida o‘z javobgarligini his etadigan har tomonlama rivojlangan barkamol shaxsni tarbiyalashni asosiy maqsad qilib qo‘ydi. Demak, kadrlar tayyorlash mil-liy modeli ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat ijtimoiy buyurtmasini ifo-dalaydi. Faqat davlat ijtimoiy buyurtmasigina ta’lim va tarbiyaning aniq maqsad va vazifalarini belgilab beradi yoki oliy ta’lim uchun zamonaviy pedagogik texnologiyalarning mavjudlik shartlarini kafolatlaydi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, pedagogik tizimga uzluksiz ravish-da ijtimoiy buyurtma o‘z ta’sirini ko‘rsatadi va ta’lim-tarbiya maqsadini umumiy holda belgilab beradi. Maqsad esa zamonaviy pedagogik texno-logiyalarning bosh bo‘g‘ini hisoblanib, u pedagogik tizimning qolgan elementlarini o‘z vaqtida yangilash zaruriyatini keltirib chiqaradi.

Ta’lim-tarbiya tizimida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foyda-lanish zaruriyatining mohiyatini quyidagicha ifodalash mumkin:

Demak, pedagogik texnologiyalarning markaziy muammosi – talaba shaxsini rivojlantirish orqali ta’lim maqsadiga erishishni ta’minlashdan iborat. Ana shu nuqtayi nazardan qaraganda, «Pedagogik texnologiyalar» fanining asosiy maqsadi – kasb ta’limi (iqtisodchi-pedagog) yo‘nalishi bo‘-yicha tahsil olayotgan talabalarni fanni o‘rganishda qo‘llanadigan ta’lim-ning zamonaviy texnologiyalari bilan tanishtirish va kelajakda o‘z faoliyat-larida interaktiv usullar qo‘llashni o‘rgatishdir.

Pedagogik texnologiyalarning vazifalari – pedagog-o‘qituvchilarni zamonaviy pedagogik texnologiyalarning mohiyatidan xabardor qilish hamda ularni maxsus fanlar asoslarini o‘qitishga yo‘naltirilgan mashg‘u-lotlar jarayonini noan’anaviy shakllarda tashkil etishga, ta’lim jarayonini mukammal modul asosida loyihalashga erishish, ta’lim jarayonini loyi-halash texnologiyasidan oqilona foydalana olish ko‘nikma va malakalari-ga ega bo‘lishga, ta’lim oluvchilar tomonidan nazariy bilimlarning puxta, chuqur o‘zlashtirilishi va ularda amaliy ko‘nikma va malakalar hosil bo‘lishining kafolati bo‘la olishga o‘rgatishdan iborat.

Ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni kiritish va ularni qo‘llashda quyidagi vazifalar belgilanadi va hal etiladi:

– pedagog-o‘qituvchilarni zamonaviy pedagogik texnologiya asoslari bilan tanishtirish – ma’ruza, adabiyotlar tavsiya etish;

– zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida ishlashni xohlovchi fidoyi o‘qituvchilarni aniqlash. Ular orqali pedagog-o‘qituvchilarga za-monaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llashdan ko‘zda tutilgan maq-sadni, uning mohiyatini yetkazish;

– zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida ishlamoqchi bo‘lgan pedagog-o‘qituvchilarni zamonaviy pedagogik texnologiyalar qo‘llash jarayoniga tayyorlash yuzasidan quyidagi tashkiliy ishlarni amalga oshirish: ta’lim (tarbiya) jarayonining umumiy, yaxlit loyihasini ishlab chiqish, ta’lim (tarbiya) jarayonida hal etilishi lozim bo‘lgan aniq maqsad va vazifalarni belgilash, ta’lim (tarbiya) jarayoni mohiyatini bashoratlash (taxmin qilish) va uning samaradorligini ta’minlashga yordam beruvchi eng samarali, maqbul shakl, usul hamda texnik vositalarni tanlash, ta’lim jarayonida talabaning er-kin, mustaqil faoliyat ko‘rsatishi uchun muayyan shart-sharoitlarni yaratish, ularda ma’lum ko‘nikma hamda malakalarning shakllanishi uchun vaqt o‘rnini belgilash, ularning bilimlari darajasini avvaldan tashxislash, talabalar faoliyatini yo‘naltirish, nazorat qilish hamda baholashni tashkil etish bilan bog‘liq individual maslahatlar berish, seminarlar, treninglar, ko‘rgazmali darslar tashkil etish;

– zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida ishlovchi pedagog-o‘qituvchilarning ta’lim jarayonini tashkil etishga ijodiy yondashuvi sa-maradorligini baholashning ishonarliligini ta’minlash uchun uning moni-toringini olib borish, kuzatuv va tahlillar o‘tkazish, metodik yordamlar ko‘rsatish va ularning hisobotlarini eshitib borish;

– zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida ishlovchi pedagog-o‘qituvchilar tomonidan ishlab chiqilgan pedagogik texnologiya loyihasini mashg‘ulotlar jarayonida sinash, maqsadning natijalanganlik darajasini tah-lil etish va zamonaviy pedagogik texnologiyalar bo‘yicha ishlashning af-zalliklarini innovator o‘qituvchilarni kafedra yig‘ilishlaridagi ilmiy-uslubiy seminarlarda, oliy o‘quv yurtlari ilmiy kengashlarida chiqishlarini tashkil etib, pedagogik jamoa tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlash;

– oliy o‘quv yurtlari qoshida tashkil etilgan zamonaviy pedagogik texnologiyalar bo‘yicha ishlovchi innovatsion (pedagogik texnologiya) markazlar zarur didaktik va metodik materiallar, texnika vositalari bilan ta’minlanishi zarur;

– pedagogik texnologiyalar va undan ta’lim jarayonida foydalanish bo-rasidagi nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lgan ilg‘or pedagog-o‘qituv-chilardan innovator pedagogik jamoani shakllantirish va h.k.

Mazkur vazifalarning ijobiy hal etilishi ta’lim-tarbiya jarayonida muayyan samaradorlikka erishish bilan bir qatorda barkamol shaxs va raqobatbardosh malakali mutaxassislarni tarbiyalashga imkon beradi.

«Pedagogik texnologiyalarning» boshqa fanlar bilan munosabatlari. «Pedagogik texnologiyalar» ta’lim-tarbiya sohasida sifat ko‘rsatkichiga va yuksak samaradorlikka erishish, o‘quv jarayonini takomillashtirish maqsadidan kelib chiqib, ijtimoiy-gumanitar fanlar majmuyi falsafa, pe-dagogika, sotsiologiya, siyosatshunoslik, psixologiya, tarix, huquqshunos-lik, etnopedagogika, pedagogika tarixi, iqtisodiy pedagogika, maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi, kibernetika hamda pedagogika nazariyasi va amaliyotining barcha sohalari bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan o‘qitish shakl-lari, usullari, vositalari bilan fanlararo o‘zaro birikib, yagona majmua tarzida uzviy aloqada ish olib boradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi tizimida taʼlim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida PIRLS, TIMSS, PISA va TALIS xalqaro tadqiqotlarini Oʻzbekistonda joriy etilishi belgilab qoʻyilgan boʻlib, mazkur tadqiqotlarni joriy etish maqsadida Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzurida Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi tashkil etilgan.

Mazkur xalqaro baholash dasturlari va ular doirasidagi tadqiqotlar Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) Taʼlim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan muayyan davriylik asosida dunyo mamlakatlari bilan hamkorlikda tashkil etiladi.

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan OECD hamda IEA tashkilotlari oʻrtasida imzolangan kelishuv hujjatlariga binoan Oʻzbekiston Xalqaro oʻquvchilarni baholash PISA-2022 (avvalgi PISA-2021) hamda Oʻquvchilarning matnni oʻqib tushunish darajasini baholash xalqaro dasturi PIRLS-2021 da ishtirok etishga kirishilgan.

Endilikda, TIMSS-2023 xalqaro dasturida qatnashishga kirishildi. Bu borada IEA tashkilotining “Xalqaro matematik va ilmiy tadqiqotlar (TIMSS) 2023 tendensiyalarida qatnashish uchun rasmiy taklifi”ga muvofiq Oʻzbekistonning TIMSS dasturida ilk marotaba qatnashishi masalasida Taʼlim inspeksiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi oʻrtasida olib borilgan muloqotlar asosida IEA rahbariyatining dastlabki roziligiga erishildi.

IEA rahbariyati Oʻzbekistonning ushbu tadqiqotda qatnashishishidan mamnun ekanligini aytib, Oʻzbekistonning taʼlim sharoitiga TIMSSning qaysi turi mos kelishi haqida maslahatlar berdi. Bundan tashqari, IEA 2021-yil fevral oyida Germaniyaning Gamburg shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan milliy tadqiqot koordinatorlarining birinchi yigʻilishiga taklif qildi va Boston kolleji mutaxassislari bilan turli xil baholash modellarini muhokama qilish, tadqiqotlar yoʻnalishlarining afzallik va kamchiliklari haqida muhokamalar olib borish uchun qulay imkoniyat yaratib berilishi haqida maʼlum qildi.



TIMSS (Trends in International mathematics and science study) 4- va 8- sinf oʻquvchilarining matematika va tabiiy yoʻnalishdagi fanlardan oʻzlashtirish darajasini baholash dasturi boʻlib, bu tadqiqot toʻrt yilda bir marta oʻtkaziladi.

TIMSS xalqaro baholash dasturida 4- va 8-sinf oʻquvchilarining matematika va tabiiy fanlar boʻyicha egallagan bilim darajasi va sifatini solishtirish hamda milliy taʼlim tizimidagi farqlarni aniqlash bilan bir qatorda,qoʻshimcha ravishda maktablarda matematika va tabiiy fanlar boʻyicha berilayotgan taʼlim mazmuni, oʻquv jarayoni, taʼlim muassasasining imkoniyatlari, oʻqituvchilar salohiyati, oʻquvchilarning oilalari bilan bogʻliq omillari oʻrganiladi.

TIMSS dasturi oʻzining birinchi tadqiqotini 1995-yilda boshlagan boʻlib, 2019-yilga qadar har toʻrt yilda 1999, 2003, 2007, 2011, 2015 va 2019-yillarda tashkil etib kelindi. Navbatdagi 8-davriylik 2023-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Dasturda qatnashayotgan davlatlar soni ham tobora ortib bormoqda, buni 2015-yildagi TIMSS tadqiqotida 57 ta mamlakat qatnashgan boʻlsa, 2019-yilda bu koʻrsatkich ortib, 60 dan ortiq davlatni tashkil etganida ham koʻrish mumkin. TIMSS 2015 tadqiqot natijalariga koʻra, AQSH, Singapur, Gonkong, Koreya Respublikasi, Yaponiya, Rossiya, Buyuk Britaniya kabi davlatlarning taʼlim tizimi eng yuqori koʻrsatkichlarni egallagan.



PISA 15 yoshli oʻquvchilarning oʻqish, matematik va tabiiy-ilmiy savodxonlik darajasini baholasa, PIRLS 4-sinf oʻquvchilarining matnni oʻqish va tushunish darajasini baholaydi. TIMSS xalqaro baholash dasturi esa, 4 va 8-sinf oʻquvchilarining matematika va tabiiy-ilmiy savodxonlik darajasini baholaydi. PIRLS va TIMSSni bir-birini toʻldiruvchi dasturlar deb eʼtirof etish mumkin.

PISA va TIMSS tadqiqotlarini, ularning ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida oʻquvchilarning matematik savodxonligini baholashini inobatga olinsa, Respublikamizda matematika sohasini rivojlantirish boʻyicha olib borilayotgan islohotlarga ham hamnafas boʻladi deb aytish mumkin.

Oʻzbekiston TIMSS va boshqa xalqaro tadqiqotlarda qatnashish orqali rivojlangan mamlakatlar tajribalarini Oʻzbekiston taʼlim tizimida qoʻllash, oʻz natijalarini boshqa davlatlar natijalari bilan qiyosiy taqqoslash imkoniyatlariga ega boʻladi.

Tadqiqotda, Oʻzbekistonning 4- va 8- sinf oʻquvchilari boshqa davlatlardagi tengdoshlariga nisbatan matematika va tabiiy fanlardan savodxonligi qay darajada yuqori? Matematika va tabiiy fanlar 4- va 8- sinf oʻquvchilari uchun qiziqarli fanmi? Oila tomonidan farzandlarga matematikani va tabiiy fanlarni oʻzlashtirishda qanday hissa qoʻshilmoqda? Bugungi kunda bizning mamlakatimizda matematika va tabiiy fanlarni oʻqitish jarayoni qanday tashkil etilgan? Oʻzbekiston matematika va tabiiy fanlar oʻqitish jarayonining boshqa davlatlarga nisbatan oʻziga xosligi bormi, agar bor boʻlsa u nimalarda namoyon boʻladi? Mamlakatimizda matematika va tabiiy fanlarni oʻqitish boʻyicha oʻqituvchilar metodlari boshqa mamlakatlar oʻqituvchilari metodlaridan nimasi bilan farq qiladi? kabi asosiy masalalar oʻrganiladi va tadqiq etiladi.




Download 372 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish