Dialogli texnologiya – erkin muloqot o‘rnatishda dasturiy ta’minot, qurilmalar, shuningdek, shaxslarning o‘zaro muloqotlari va faoliyatining uyg‘unligidan iborat.
Insert metodi – o‘quvchi-talabalarni o‘qiyotgan kitoblari, maqola va turli axborotlarni tushunib yetishlari uchun o‘qish jarayonida material-ning (darslik, o‘quv qo‘llanma, ilmiy maqola, jadval, chizma kabilar) ba-holanish orqali chiqargan xulosasiga muvofiq ravishda varaqning chetki tomoniga (hoshiyasiga) o‘z munosabatini bildirishga o‘rgatuvchi metod.
Integral – chambarchas bog‘liq, butun, yagona, o‘z cheksiz kichik qismlarining yig‘indisi.
Do'stlaringiz bilan baham: |