39-rasm.
Pichoqlarni valga mahkamlash sxemasi.
Pichoqlar vali ayni vaqtda stanokning ish elementi bo’lib xam hisoblanadi. Ularning ta’rifi kitobning bosh qismida berilgan. Pichoqlar kallagining pichoqlar validan farqi shuki, u pichoqlar o’rnatish uchungina xizmat qiladi. Pichoqlar kallagi stanok shpindeliga o’rnatiladi; unga harakat shu shpindel orqali o’tadi. Shpindelning o’rta qismida kallakni maqkamlash uchun teshik. bor, kallakni shpindel aylantiradi. Pichoqlar valga qanday o’rnatib biriktirilsa, kallakka ham shu tartibda biriktiriladi (39-rasm).
Bo’ylamasiga frezalash stanoklarida qalinligi 3 mm bo’lgan yupqa pichoqlar bilan bir qatorda qalinligi 10 mm bo’lgan qalin pichoqlar ham ishlatiladi.
Yupqa pichoqlarning maksimal uzunligi 1610 mm (ularning uzunligi pichoqlar
valining uzunligiga bog’lik.) va eni 25, 32, 40 va 45 mm; qalin pichoqlarning uzunligi 310 mm va eni 100, 110 hamda 125 mm. Qalin pichoqlarning ochiq va yopiq tirqishlari bo’lib, ular vallarga yoki kallaklarga shu joyidan o’rnatib mahkamlanadi. Pichoqlar tig’inining o’tkirlanish burchagi taxminan 40°.
Stanokchi yaxshi charxlangan va muvozanatlangan pichoqlar bilan ishlashi lozim. Pichoqlarni tayyorlaganda ularning yon sirtlari albatta jilvirlanadi, ularning sirtida qatlamlangan, po’k-kavak joylar, o’tmaslashgan, g’adir-budur
joylar va korroziya izlari bo’lmasligi lozim. Pichoq tig’ining Qattiqlik darajasi
55...59 NRC atrofida bo’lishi lozim. Yupqa pichoqlarning qalinligadagi farq pichoqning bor bo’yicha 0,05 mm, qalin pichoqlarda esa 0,1 mm gacha bo’lishiga yo’l qo’yiladi. Pichoqlar tig’ining to’g’ri chiziqdai chetga chiqishi pichoqning har,
100 mm uzunligida 0,025 m atrofida bo’lishi lozim.
Bundan tashqari, juft pichoqlarning massasi bir xil, og’irlik
markazlari pichoq uchidan bir xil masofada bo’lishi, demak, har juft pichoqning har ikkala yarmi (pichoq o’rtasidan chetigacha bo’lgan qismlari) ning massasi ham o’zaro teng bo’lishi lozim. Juft pichoqlarning massasi va og’irlik markazlarining o’rni muvozanatlangan tarozida o’lchab tekshiriladi. Pichoqlar vali va pichoqlar kallagining komplektiga kiradigan vintlari, ponalari va boshqa elementlarining massasi ham mos ravishda bir xil bo’lishi lozim.
Ish prosessida pichoqlar valining titrayotganligi sezilsa stanokni to’xtatish va pichoqlarning muvozanatini tekshirish uchun ularni charxlash sexiga qaytarish kerak.
Vallarga va kallaklarga pichoklarni o’rnatib mahkamlash juda mas’uliyatli operasiya bo’lib, muayyan malaka talab qiladi. Bo’ylamasiga frezalash stanoklarida kesish tezligi katta bo’lganidai pichoqlarga markazdan qochuvchi juda katta kuchlar ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun pichoqlar yaxshi
mahkamlanmagan bo’lsa, stanok sinishi mumkin (40-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |