2.Kesish asbobi
Bo’ylamasiga-frezalash stanoklarida taxta, brusok va zagotovkalarning qatlamlariga ishlov berish uchun pichoqlar vali va pichoqlar kallagi ko’rinishidagi asboblar ishlatiladi, pichoqlar kallagining kesish qismlari olib qo’yiladigan freza-pichoqlardan iborat. Taxta va zagotovkalarning chetlariga ishlov berish uchun kesish asbobi sifatida freza va pichoqli kallaklar ishlatiladi. Yogoch kirindi plita va presslab tayyorlangan boshqa yarim fabrikatlardan tayyorlangan zagotovkalarning sirtlarini frezalash uchun qattiq qotishmadan qilingan plastinkali yupqa pichoqlar ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |