3.Yog’ochning mikrostrukturasi.
Mikroskopda qaralsa, yog’ochning o’lchami va shakli xar hil bo’lgan juda
ko’p miqdordagi tirik hamda halok bo’lgan hujayralardan iborat ekanligini ko’rish
mumkin (6-rasm).
Har qaysi tirik hujayra: po’st, uning ichidagi protoplazma, hujayra shirasi va protoplast deb ataladigan mag’izdan tashkil topgan; bu mag’iz har qanday tirik xujayraning eng muhim qismi hisoblanadi.
Protoplazma— uglerod, vodorod, kislorod, azot va oltingugurtdan iborat o’simlik
oqsilidir (quruq modda og’irligining 35—46% ini tashkil etadi). Protoplazmada kamida 70% suv bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |