5- rasm.
Daraxt ko’ndalang qirqimida yillik xalqalar.
Daraxt tanasining ko’ndalang qirqimida yillik halqalardan tashqari, radius bo’yicha yo’nalgan tor yo’llar ham ko’zga tashlanadi. Po’stloqdagi ozuqa moddalari o’zak nurlari orqali tananing ichki qatlamiga o’tadi.
O’zak nurlari tananing turli qirqimida har xil ko’rinishga ega bo’ladi. Radial
qirqimda o’zakdan po’stloqqa tomon yo’nalgan ensiz chiziqlar ko’rinishida, tangental qirqim bo’yicha uziq-uziq chiziqlar ko’rinishida, ko’ndalang qirqimda radius bo’yicha yo’nalgan chiziqlar ko’rinishiga ega bo’ladi. Daraxtlarning qanday turga mansubligini o’zak nurlarining shakliga, joylanishiga va o’zaro chalkashib hosil qilgan naqshiga qarab osongina bilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |