19-mavzu
FURQAT hayoti va lirikasi
(1859-1909)
REJA:
-
Furqat hayoti va ijodi haqida
-
Furqat-lirik shoir
-
Furqat lirik iste’dodining qudrati
Furqatning lirik merosi o'zbek mumtoz adabiyotining go'zal namunalaridandir. U ehtiros to'la g'azallari, erkka tashna musaddaslari, hijron iztiroblari barq urib turgan she'riy maktublari bilan adabiyotimizga toza va tiniq ohanglar olib kirdi. Biroq lining hayoti g'oyat murakkab kechdi. Zamon unir, taqdirini alg'ov-dalg'ov qilib yubordi, peshonasiga g'ariblikni, musofirlikni bitdi. U bir umr Vataniga qaytish armoni bilan yashadi. Lekin bu uning asarlarigagina nasib qildi. U ko'ngli tubidagi pinhon dardlarini she'rga to'kdi. Bu she'rlar vatan sog'inchini betakror ifodalagan eng sara asarlardan bo'lib qoldi.
U rus ilm-faniga, Ovrupoga mo'jizaday boqdi. Rus ziyolilarining Turkistondagi vakillariga xaloskorlar deb qaradi. Bularning orqasida o'z ustunliklarini namoyish qilish va u orqali zabt etilgan yurtni iqtisodiy va ma'naviy asoratda saqlash maqsadi yotganligini anglab yetmadi.
1959-yilda Furqat tavalludining 100 yilligi munosabati bilan asarlarining ikki jildligi bosilib chiqdi. A. Abdug'afurov (1977), Sh. Yusupov (1984) shoir haqida yaxshi tadqiqotlar yaratdilar. Furqat faoliyatini yoritishda uning hayotligida bosilib chiqqan va mutaxassislar tomonidan «Furqatnoma» deb atalmish asari asosiy manbadir.
Furqatning ismi Zokirjon bo'lib, Xolmuhammad - otasining ismi, Furqat esa shoirning adabiy taxallusidir. U 1859-yilda Qo'qonda savdogar oilasida tug'ildi. Yetti yoshida uni mahallasidagi mulla Muhammad Olim maktahiga o'qishga berdilar. Sakkiz yoshida Farididdin Attorning «Mantiq ut-tayr»ini o'qishga tutinadi. Hofiz Sheroziy, Bedil, Navoiyni mutolaa qiladi.
Bir kuni u tush ko'rganmish. Go'zal hir chorbog'. Bir xush- surat yigit uni ulamolar o'z davrasiga chaqirayotganlarini xabar beradi. Borsa. uch nuroniy kishi. Zokirjon salom berib, qo'l qovushtirib, xizmatda turganmish. Ular Zokirjondan qaysi saboqni mutolaa qilayotganini so'raydilar. Navoiyni o'qib yurgan kezlari edi. Darhol «Devoni Amir Navoiy», deb javob beradi. Ular ishorati bilan darhol bir kishi Zokirjon oldiga bir kitob keltiradi. Bu — «Chor devon» edi. Uning qo'liga qalam va qog'oz beradilar, bir misradan she'r yozdiradilar. So'ng yosh yigit haqqiga duo qilib, she'r mashqiga ruxsat etadilar. Uch mo'ysafidning ulug'i Alisher Navoiy edi.
Yosh Zokirjon shunday qilib to'qqiz yoshida yozadi:
Mening maktab aro buldur murodim.
Xatimdek chiqsa imloyu savodim.
Bo'lajak shoiro'n yoshlarida Fuzuliyni sevib o'qigani ma'lum. 1870-yilda Ashur Muhammad qori xizmatiga kirib, Qur'on qiroatini o'rgandi. Poshshoxo'ja degan kishida arab tili o'qidi, madrasaga tayyorlandi. 1873-yilda, 14 yoshida madrasaga kirdi. Biroq, zamon hodisalari o'qishni tugatishga imkon bermadi. Qo'qon xonligi tugatildi. Madrasalar yopildi. Zokirjon tog'asi bilan tirikchilik iziga tushdi. 1876-yilda Yangi Marg'ilonga borib, do'kondor tog'asiga yordam berdi. So'ngroq o'zi do'kon ochib, savdo ishlari bilan shug'ullandi. Xususiy darslar berdi, xattotlik, mirzalik qildi. «Furqat» taxallusi bilan she'rlar yozib, shuhrat topti. 1880-yilda Qo'qonga qaytib keldi, uylandi.
80-yillarda Furqat shoir sifatida butun Farg'ona vodiysiga tanilgan edi. Muqimiy, Muh'yi. Zavqiy, Nodim, Muhayyir, Nisbatlar davrasida she'r majiislarida, adabiy yig'inlarda muntazam ishtirok etdi. Bu adabiy o'tirishlarda turli shoirlarning bir mavzu va mazmunda yozgan xilma-xil she'rlari, biror mashhur she'rga bog'lagan muxammas yoki nazira — tatabbu'lari o'qilar, yaxshi deb topilganlaridan nusxa ko'chirib olinar edi.
Furqat shu yillari Qo'qonda «Hammomi xayol» degan risola yozadi. «Chordarvesh», “No'h manzar” degan asarlarni forschadan o'zbekchaga tarjima qiladi. She'rlarini to'plab, devon tuzadi. Afsuski, bularning hech biri bizgacha saqlanib qolgan emas.
Shoir I886— 1887-yillarda Qo'qondan Marg'ilonga keladi va bu yerda Masjidi jome'dan hujra olib, yashay boshlaydi. Ko'p o'tmay, Muhammad Sharif degan bir savdogar do'stining yordami bilan do'kon ochadi. Xo'jajon Rojiy (1834—1918), Umidiv-Havoiy, Mullo Toshbolta Roiq, Ishoqxon lbrat (1862— 1937) kabi shoirlar bilan do'stlashadi, barakali ijod qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |