«shajarayi turk»dan



Download 0,52 Mb.
bet48/52
Sana18.01.2017
Hajmi0,52 Mb.
#556
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52
Furqat Istambulda. Furqat 1891-yil iyul oyining oxirlarida Kogonda poyezdga otirib, Marv, Ashxobod, Boku, Botum orqali salkam ikki oy yo'l bosib, sentabrning oxirlarida Istambulga yetib boradi. Kuz va qishni o'sha yerda o'tkazadi. Istambul XIX asrda turkistonliklarning haj yo'lidagi asosiy shaharlaridan edi. Shaharda o'zbeklar qo'nadigan ikki takya bo'lib, biri Uskudorda — Sultontepada, ikkinchisi Sulton Ahmad maydonida edi. Furqat shaharning Osiyo qismida joylashgan Sultontepadagi bog'chalik takyada qolgan. Uning Istambulda yozgan asarlaridan biri «Sabog'a xitob»dir. U shoirning toshkentlik qadrdonlariga yo'llagan maktubi edi. She'r masnaviy shaklida bo'lib, hajmi 280 misrani tashkil etadi. Sarlavhasi shartli, u keyinroq furqatshunoslar tomonidan qo'yilgan. She'rdan ma'lum bo'lishicha, shoir Toshkentdagi do'stlaridan Abdulazizxon deganning uyida bo'lgan bir yig'inda Mirzo Qosim nomli kishining iltimosiga ko'ra unga muxammas yozib berishni va'da qilgan, lekin buni o'z vaqtida bajara olmagan. Shuni Istambulda yozib, Toshkentga jo'natgan. She'r:
Bu gulshankim, nasimi fayzi rabdur ,

Guli hilmu hayo birla adabdur.


Zihi bog'eki, millat bog'i dcrlar,

o'tan mushki qaro tuprog'i derlar, —


misralari bilan boshlanadi. Shoir Istambul markazidagi mashhur Millat bog'ini kezar ekan, undagi mardum (kishilar) ni «xurram» (xursand) ko'rib, olis Toshkentdagi «yoru oshnolar»ini esga oladi. Chaqmoq («barq»)day «tezrav» «bodi sabo» (tong shamoli)dan yurakdagi salom va o'tinchlarini yetkazishni iltijo qiladi. Tabiiyki, duoyi salom shoirning sevgilisi ta'rifi bilan boshlanadi:

Harimiga ul oy topsang agar roh,

O'zingdin kctma ko'rganda banogoh .
Ziyorat aylagil awal bo'sog'in ,

Kirib andin keyin o'pgil ayog'in.


Dcgil: — Ey husn mulkin podshohi,

Fuzun o'lsun aziz umring ilohi!


Bor erkan Furqat otliq bir g'aribing,

Visoling davlatidin benasibing.


O'zi ho'qandiy, ammo ismi Zokir,

Qazoro Rum aro bo'lmish musofir.


Maishat bobida bil-kulli masrur,

Jamolingdin g'anii shuldurki: mahjur.


G'amingdin kecha tong otquncha yig'lar,

Tong otqoch, dog'i kun botquncha yig'lar...


Falak uzra chiqib ohu fig'oni,

Deyurkim oh faloniy, oh faloniy...


Furqatning vatanidan chiqib ketganiga hali bir yil ham to'lgan emas. Qolaversa, tili, dini, urf-udumi bir kelgan xalq orasida yashab turibdi. Shunga qaramasdan, so'ngsiz bir ishtiyoq bilan vatanni, ma'shuqasini qo'msamoqda. O'zini g'arib, notavon sezmoqda. Rum (Kichik Osiyo, lstambul)aro «musofir» bo'lishini «qazoro» (taqdirtaqozosi) deb bilmoqda. Maishatdan, yemoq-ichmoqdan kamchiligi yo'q (maishat bobida — «bil- kulli masrur»), g'ami shulki, yorining jamolidan ayrilgan («mahjur»), kechayu kunduz shuning g'amida yig'laydi. Falak uzra oh-fig'on chekib, nomini tildan qo'ymaydi. Shoir qaytib kelmas bo'lib ketayotganini, ona yurti, qadrdonlari bilan minba'd ko'risha olmasligini his qildimi ekan?! Axir u «sayohat orzusi» bilan yo'lga chiqqan edi-ku! Furqat tarjimai holining mana shunday tushuntirish qiyin o'rinlari ancha. Lekin uning vatanga sadoqatiga ham, muhabbatiga ham zarracha shubha bo'lishi mumkin emas. Qolavcrsa, bu yerdagi yoming ham ma'nosi keng. U Boburdagi kabi Vatan hamdir.

Nihoyat, shoir o'zining sog'inch tuyg'ularini ifodalashda buyuk Navoiydagi ko'nglimizga o'rnashib qolgan dilso'z misralardan tazmin — iqtibos oladi. Eslaysizmi, Shirinning Farhodga bitgan maktubini?


Nedur ahvoling, ey zori g'aribim,

Visolim davlatidin benasibim?

Chekardin g'am tog'in holing nechukdur?

Bu yukdin jismi chun noling nechukdur?


Shoir sabodan yori bo'sag'asini o'pib, sog'inchini yetkazishni o'tingach, oshnolari manzilidan darak beradi va 28 kishini nomma-nom keltiradi. Bular — Eshonxo'ja, Xo'jaxon mufti, Ubaydullo maxdum, Jamolxon maxdum, Xonxo'ja eshon, Mahmudxo'ja eshon... Ular orasida qadrdoni Hoji A'zamdan san'atkor do'sti Farzinxongacha, gap yeyishgan ulfatlari-yu, «Mirzo aka»si singari oralarida nohaq gap qochib, uzrini aytolmay ketgan «muhabbatpesha yaxshi oshno»larigacha bor.

Furqatning sog'inchlari nihoyatda samimiy. Mana, uning shayxantohurlik Mahmudxo'ja eshonga orziqishlari:

Muhabbatlik menga bir oshnodur, Na tanho oshno, balkim ag'odur. Manga ko'p aylagan ul mehru shafqat, Qilib haqqimda ehsonu muruvvat. Yeturgil anga arzu ishtiyoqim, Mufassal sharh qil dardu firoqim, Degilkim: sog'inur suhbatlaringni, Muhabbatlik hama ulfatlaringni.

She'r Vatan haqidagi tuganmas shavq va nihoyasiz intizorlik tuyg'ulari bilan yakunlanadi.

Furqat Istambulda ekan, Yunoniston (Gretsiya) va Bulg'oriyaga sayohatga borib keladi. Taassurotlarini she'rga ko'chirib, «Turkiston viloyatining gazeti»ga yuboradi. Ular orasida Yunoniston safari paytida birqizdan eshitgan hikoyasi bor. Bu asar kitobxonlar orasida «Yunon mulkida bir afsona» nomi bilan mashhur.


Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish