Savol va topshiriqlar
-
Ogahiyning tarjimayi holiga doir ma'lumotlarni keltiring.
-
„Ustina" radifli g'azal tahlili asosida shoirning badiiy tasvir mahorati qandayligini ko'rsatib bering.
-
„Boshdin ayoqing jon erur, jonlar sanga qurbon erur, Jono, ayoq-u boshinga olam gado, man ham gado" misralarining badiiy bo'yoqdorligini ta'minlagan jihatlarni asoslab bering.
-
Shoirning „Javring chekibon joni hazin chiqqoli yetdi, Ey jon-u jahon, joning uchun jonima rahm et" misralarini qanday sharhlaysiz?
-
Ogahiyning „Bu turfaki, yuz xizmat butkargali jon cheksang, Bir xizmat uchun ko'rgung har lahzada ming tuhmat" baytining badiiy jihatini ko'rsating.
-
Ogahiyning „Obro'ying to'kma har dam har eshik tufroqiga, Topmasang bag'ringga tish berkit qurug' noni fatir" baytini sharhlang.
-
„Bihamdillah, aziz-u komyob-u komkor o'lmish, Hamog'ush Ogahiyg'a toki dildori qanoatdur" misralaridagi xulosani izohlang.
15-mavzu
Do'stlaringiz bilan baham: |