«shajarayi turk»dan


Ogahiy hayoti va lirikasi



Download 0,52 Mb.
bet33/52
Sana18.01.2017
Hajmi0,52 Mb.
#556
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   52
Ogahiy hayoti va lirikasi

(1809 - 1874)

REJA:


  1. Ogahiy hayoti va ijodi haqida

  2. Shoirning lirikasi “Ta’viz ul-oshig’in”

  3. “Ustina”, “Ash bir kanora bo’lmasa bo’lmasin netay” g’azali


Alisher Navoiydan keyin o'zbek adabiyoti tarixida ijodining ko'lamdorligi jihatidan birorta adib Ogahiy bilan bellasholmaydi. U yigirma ming misradan ortiqroq she'rlar, olti tarixiy asar, o'n to'qqiz taijima asari qoldirgan. Shoirning ismi Muhammad Rizo bo'lib „Ogahiy" uning adabiy taxallusidir. „Ogahiy" „ogoh" so'zidan olingan bo'lib, ziyrak, har narsadan xabardor ma'nolarini anglatadi. Shoirning taxallusi asosida so'z o'yini qilgan Komil Xorazmiy u haqda shunday yozgan edi:

Ulki, ogahlarning ogahidur,

Fazl-u donish sipehrining mahidur.
So'zi ortuq durur guhardin ham

Fazl-u donishda olam ichra olam.



Muhammad Rizo 1809-yil 17-dekabrda Xiva yaqinidagi Qiyot qishlog'ida tug'ildi. Otasi Erniyozbek dehqonchilik, bog'dorchilik bilan shug'ullangan. Erniyozbekning akasi esa mashhur Shoir va davlat arbobi Shermuhammad Munis edi. Mutaxassislar fikricha, Erniyozbekning jiyanlari Muhammad Qilichbek „Rojix", Muhammad Ya'qubbek „Nozim" taxallusi bilan ijod qiladigan iste'dodli shoirlar edilar. Boiajak shoir mana shunday ziyoli, she'rparast kishilar davrasida o'sdi. Qiyotda savodini chiqargach, Xiva madrasalarida o'qidi. Ilm va hunar o'rgandi. Biroq ko'p o'tmay, otasi vafot etadi. Ro'zg'or tashvishlari yosh Muhammad Rizo zimmasiga tushadi.

1829- yilda shoir va tarixchi, xonlikning bosh mirobi Shermuhammad Munis Xiva xoni Olloqulixon yonida Xuroson hatbiy safarida edi. Safar davomida vabo kasaliga uchraydi va to'satdan vafot etadi. Xon yigirma yashar Muhammad Rizoni amakisi o'rniga mirob qilib tayinlaydi. Miroblik katta va mas'uliyatli vazifa edi. Xonlikdagi barcha suv ishlarini boshqarish uning zimmasida edi. Faqat miroblik emas, sekin-asta Munisning muarrix-tarixchilik vazifasi ham Ogahiy zimmasiga tushdi. U saroy muarrixi bo'lib qoldi. 1839- yilda Munis boshlab qo'ygan “Firdavs ul-iqbol" (Baxt bog'i) asarini davom ettiradi, Xiva xonligining 1825- yilgacha bo'lgan tarixini yozib tugatadi. 1844-yilda „Riyoz ud-davla" („Baxt- saodat bog'lari") kitobini yozib, xonlik voqealari tarixini o'z davri — 1843- yilgacha olib keladi.

1845- yildan Ogahiy boshiga ketma-ket tashvish tushadi. Bir tasodif bilan otdan yiqilib, oyog'i sinadi. Singan oyoq ishdan chiqib, qirqqa kirmay, shoir to'shakka bog'lanib qoladi. Uning ustiga xotini vafot etadi. 1857- yilda esa miroblikdan iste'fo berishga majbur bo'ladi. Baxtsizliklar bilan yakkama-yakka qoladi. Shoir hayotidagi bu musibatlar uning she'rlarida aks etgan:

Qo'yung, yig'layki ushbu kun sevar yorimdin ayrildim, Muruvvatlig', muhabbatlig' vafodorimdin ayrildim



deb boshlanadi shoir g'azallaridan biri. Boshqa bir she'rida esa, u „baxt yovar" (hamroh) bo'lgan, „jononi hamdam"lik qilgan „xush kunlar"ni qo'msaydi. Yana bir o'rinda: „Qarig'on chog'da g'amdin bo'lmayin ozod, man qoldim",— deb yozadi. Shunday sharoitda ham u ijoddan to'xtagan emas. 1846- yilda „Zubdat ut- tavorix" („Tarixlar qaymog'i"), 1847-1855- yillarda esa „Jome ul-voqeoti sultoniy" („Sulton voqealarining yig'indisi") tarixiy asarlarini yozdi, tarjimalar-bilan shug'ullandi. XIX asrning gltniishinchi yijlarida „Gulshani davlat" va „Shohidi iqbol" („Baxt shohidr) tarixiy asarlarini yozdi.

Ogahiy 1874- yilda vafot etdi.


Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish