Ruhiy zaiflik . Bolalik davrida tortinchoq va qo‘rqoqlik bilan harakatlarning qovushmaganligi, fikrlashga layoqatlilik va yoshiga mos bo‘lmagan intellektual qiziqishlar erta uyg‘onadi. Ba’zan notanish kishilardan va yangi predmetlardan qo‘rqish, qorong‘ilikdan, yopiq eshik ortida qolishdan qo‘rqish kuzatiladi. Psixoastenik xususiyatlari turlicha ko‘rinadigan qiyin davr maktabning 1-sinfiga to‘g‘ri keladi. Bu tipning asosiy xususiyatlari-ikkilanuvchanlik, har xil fikrlarga ishonish va o‘z yaqinlarining kelajagidan hadiksirash turidagi tashvishli gumonsirash va boshqalardir. O‘g‘il bolalarga onasidan xavotirlanish xos. Ikkilanuvchanlik xos, ayniqsa mustaqil qaror qabul tanlashi kerak bo‘lganda, uzoq o‘ylanadi. Lekin qaror qabul qilinganidan keyin tezda bajarilishi kerak, bunda kishini xayron qoldiradigan chidamsizlik xos. Jismoniy taraqqiyot yaxshilikni istashdan iborat. Barcha qo‘l ko‘nikmalarini va sport mashg‘ulotlarini yaxshi egallay olmaydi. Bundan sportning oyoqqa og‘irlik tushadigan turlari mustasno. Bu turlardan ba’zan yaxshi natijalarga ham erishishi mumkin.
O‘smirning ozodlikka intilish reaksiyasi kuchsiz ifodalangan, bu reaksiya ko‘pincha qandaydir yaqin kishilar bilan bog‘liqlik bilan almashgan, tengdoshlariga intilish tortinchoqlik shakllarida ko‘rinadi. Qiziqishlar intellektual-axloqiy sevimli ish bilan chegaralanadi. Jinsiy hayot qisman umumiy jismoniy taraqqiyotidan ustun keladi. O‘smirga xulq-atvor buzilishi (uydan qochish, spirtli ichimliklarni iste’mol qilish) xos. O‘z-o‘zini taxlil qilishga layoqatli bo‘lishga qaramasdan o‘z-o‘zini baholash to‘liq va to‘g‘rilik bilan farqlanmaydi.
Ruhiy zaiflik xususiyatlari «yuqori aqliy javobgarlik» sharoitida kuchayadi, ya’ni, kattalar, bolalarga, kichiklar yoki nochor a’zolariga qarshi topshirilganda zo‘rayadi.
Shizoid tip. Bunday bolalar bolalikdan yolg‘iz o‘ynashni yoqtiradi. Ular tengdoshlariga kam intiladi, shovqinli o‘yinlardan qochadi, kattalarning o‘zaro suxbatlarini jim o‘tirib, tinglashni afzal ko‘radi. O‘smirlik yoshda shizoid tipning barcha xususiyatlari chuqurlashadi. Dastlab odamlarga aralashmaslik va uzoqlashishni ko‘rish mumkin. Ba’zan yolg‘izlik, o‘z qiziqishlari bilan yashaydigan o‘smirlarni oz darajada o‘ziga tortadi. Aloqa o‘rnata olmaslik qobiliyati hammadan ko‘p uni tashvishga soladi. O‘ziga o‘xshash do‘stni izlashdagi muvaffaqiyatsiz urinishlar, aloqaning tez uzilishi yanada tortinchoq bo‘lishga majburlaydi.
O‘zgalar uchun ichki dunyosi har doim yopiq va ko‘pincha sarguzasht ishlar bilan to‘la bo‘ladi, shizoid o‘smirlar to‘satdan yaxshi tanish bo‘lmagan va tasodifiy kishiga ham ichidagini aytib, yorilishi mumkin. Shu bilan bir vaqtda ularning ichki dunyosi yaqin kishilarga noma’lumligicha qolishi mumkin. Ichki dunyosini anglab bo‘lmaslik va his–tuyg‘ularini ko‘rsatishda tiyiklik ko‘p xatti-harakatlarini boshqalar uchun kutilmagan va tushunarsiz qiladi. Shizoid o‘smir turmushdagi mayda g‘amxo‘rlikka chidashi mumkin, u buni sezmasdan o‘rnatilgan tartib va rejimga bo‘ysunishi mumkin. Lekin uning sarguzashtlari, qiziqish dunyosi haqida ruxsatsiz gapirishga urinishga ham qat’iy norozilik ko‘rsatishi mumkin.
Atrofdagilar uning jinsiy faolligini sezmasligi mumkin. Lekin tashqi «shaxvoniylikka qarashli», jinsiy hayotdan hayratlanish yorqin ishqiy sarguzashtlar bilan birikishi mumkin. Guruhiy qonunni buzishlar xos emas. Lekin guruh «o‘z odami deb tan olinishi uchun», «guruh uchun» jinoyat qilishga ham tayyor. Shizoid o‘smirlar o‘zgalar uchun tasodifan eng qo‘pol shakllarda jinsiy faollik ko‘rsatishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |