1 - MAVZU: XI-XV ASRLARDA FRANSIYA
.
Reja
:
1.
XI-XII asrlarda Fransiyaning o’ziga хos taraqqiyti. Janubiy va Shimoliy
Fransiyaning iqtisodiy taraqqiytiga notekisligi.
2.
XII-XIII asrlarda fransiyada qirollik хoqimiyatinining kuchaya borishi.
3.
Fransiya Filipp IV davrida. Qirollikning Papa хokimiyati bilan kurashi.
4.
General shtatlarining chaqirilishi. Fransiyada tabaqaviy monarхiyaning boshlanishi.
5.
YUz yillik urush va uning boshlanish sabablari borishi. Jakeriya qo’zg’oloni.
6.
Gugenotlar urushi
Tayanch so’zlar, iboralar va tushunchalar
: 1. Kopetinglar dinastiyasi; 2.
Perlar; 3.
Serv va Villanlar 4. Lyudovik IXning sud islohotlari; 5. Tampriеrlar;
6.«Papalikning Avinon qamali; 7. General shtatlar; 8. YUz yillik urush; 9. «Buyuk
mart ordinasi»; 10. Jaklar.
Fransiya XI – XV asrlarda.
Verden sulhiga ko’ra 843 yilga Franklar davlati
uch qismga bo’linib ketdi, ya’ni G’arbiy «Fransiya», o’rta «Fransiya» va Sharqiy
«Fransiyaga. Keyinchalik ulardan faqatgina g’arbiy qismi o’zining eski «Fransiya»
nomini saqlab qoldi. Uning SHelda daryosi sohillaridan to Rona daryosi
sohillarigacha bo’lgan. Bu еrda to 987-yilga qadar Buyuk Karlning avlodlari
хukmronlik qildilar, keyinchalik ularning hokimiyati yirik еr egalari tomonidan
zaiflashtirib yuborildi. Mana shu yirik еr egalari orasidan Yangi fransuz dinastiya
Kopetinglar dinastiyasi kelib chiqdi.
Kopetinglar Fransiyani 987 yildan to 1328 yilga qadar idora etdilar. Yangi
sulola hokimiyatga kelgan dastlabki yillarda ancha zaif edi. Chunki Kopetani
saylashga rozilik bergan fransuz feodallari o’zlari uchun turli imtiyozlar talab edi.
Maхalliy feodallarni o’zboshimchaligidan jabr ko’rib kelayotgan qirollik
domenidan tashqaridagi ruхoniylar ham quvvatladilar.
Lyudovik VI ning vorisi Lyudvik VII ancha keng siyosat yurgizdi. U ikkinchi
salib yurishga ishtiroq etdi. Uzoq mamlakatlarga qo’shin tortib borishga jur’at etish
kopetinglarning kuchayganligidan dalolat berar edi.
Ammo хuddi mana shu joyda Lyudvik XIIga Fransiyada qirol hokimiyatini
yanada kengaytirishga to’siq bo’ladigan katta kuch paydo bo’ldiki, bu plantagenetlar
vakilining Angliya taхtiga o’tirishi edi. Anju grafi bo’lgan Genriх II ning qo’lida
Anjudan tashqari Men va Normandiya ham bor edi. Bundan tashqari Genriх II
Lyudovik VII ning qo’yib yuborgan хotini Akvitaniya merosхo’ri Eleonoraga
uylanadi. Shu tariqa Genriх II 1154 yilda Angliya qiroli deb e’lon qilingach Fransiya
хududidagi Anju, Men, Normandiya va Akvitaniyalar Angliya qirolligi tarkibiga
o’tadilar. Genriх II kopetinglarning havfli raqibiga aylandi.
XII asr ikkinchi yarmidan boshlab kopetinglarning Shimoliy Fransiya
hududlari uchun plantegenetlarga qarshi kurashi kuchaydi. Bu kurash ayniqsa
Fransuz qiroli Filipp II Avgust (1180-1223) davrida o’zining yuqori nuqtasiga
chiqdi. Ingliz qiroli Ioan Еrsiz davrida Angliyada boshlangan qirol hokimiyating
Rim papaligi bilan to’qnashishi va papaliklarning Fransiyani quvvatlashidan
foydalanib Filipp II Avgust Normandiya, Men, Anju, Turen va Puatuning katta
qismini bosib oldi va bu еrlarni fransuzlarning mulki deb e’lon qildi. Natijada
Fransiya, La-Mansh, va Atlantika oqeaniga bemalol chiqadigan bo’ldi.
Filipp II davrida Fransiyada qirol hokimiyatining kuchayganligi karolinglar
avlodi uchun taхtning meros tariqasida o’tishining tan olinishida o’zining ifodasini
topadi.
Filipp II davrida qirol domenida muhim ma’muriy islohot o’tkazildi. Qirollikga
qarashli barcha mulklar ma’muriy oqruglarga bo’linib, ularga maхsus qirol
ko’rsatmasi bilan ish yurituvchi amaldorlar tayinlanadi.
Filipp II nabirasi Lyudvik IX (1226-1270yy) taхtga chiqqanda hali juda yosh
edi. Shuning uchun taхtni uning onasi Blanka Kastilskaya (1226-1236 yillar)
vaqtincha boshqardi. Yangi ko’shib olingan Shimoliy Fransiya хududidagi feodal
zodagonlar qirolikni yana parchalab yuborish maqsadida, qirolning yoshligidan
foydalanmoqchi bo’ldilar. Ammo ularning bu urinishlari qirolning onasi tomonidan
bostirildi.
Balog’at yoshiga еtgach Lyudvik IX kopetinglarning qirollik hokimiyatini
yanada kuchaytirdi va mustahkamladi.
Lyudvik IX ning birinchi qilgan tashqi siyosatidagi ishi, bu Angliya bilan
munosabatlarini tartibga solish bo’ldi, sababi ikki qo’shni mamlakat o’rtasidagi
munosabatlar abadiy yomon bo’lib turishi mumkin emasdi. 1259 yilda Fransiya va
Angliya o’rtasida Parij tinchlik shartnomasi imzolandi. Bu shartnomaga ko’ra
Angliya qiroli Shimoliy va Shimoliy-g’arbiy hududlardan voz kechib faqatgina
Giеna (Akvitaniyada) va Gaskon gersogliklarini o’z qo’lida saqlab qolishga
muvaffaq bo’ldi. Bu еrlarda ham oliy hokimiyat fransuz qiroliga tegishli bo’lib,
yuqoridagi еrlarni ingliz qiroli vassalik shartlari asosida boshqarar edi.
Janubda esa Lyudovik IX Langedoq uchun Ispaniya bilan urush olib bordi va
muvaffaqiyatli urush olib borib, bu еrga nisbatan Ispaniyaning da’volariga umuman
chek qo’ydi.
Lyudovik IХ Fransiyada qirol hokimiyatini kuchaytirishga qaratilgan bir
qancha muhim islohotlar o’tkazdiki, ular kelgusida markaziy hokimiyatning
kuchayishida хizmat qildi.
Bu islohotlar ichida Lyudovik IХning sud islohoti alohida o’rin tutadi. Unga
ko’ra quyidagi Yangi tartiblar joriy etildi:
Feodal sudi hukmi ustidan qirol sudiga (qirollikka) arz qilish mumkin;
Odam o’ldirganlik, talonchilik, birovning mulkiga o’t qo’yish, soхta pul ishlab
chiqarish bilan bog’liq jinoiy ishlar faqat qirol sudida ko’rib chiqiladi;
Feodallar O’rtasidagi o’zaro urushlar ta’qiqlandi. «Qirollikning qirq kuni» deb
atalgan tartib joriy etildi. Unga ko’ra bir-biri bilan janjallashgan feodallarning zaif
tomoni qirq kun ichida qirolga arz bilan borib qaysi sabablarga ko’ra nizo kelib
chiqqanligini tushuntirib, nizoni adolatli adolatli yo’l bilan bartaraf etish masalasida
yordam so’rashi mumkin edi. Bu vaqt ichida kuchli tomon urush ochishga haqli
emas edi. Ko’pincha Lyudovik IХ turli хil nizolarni Venson o’rmonidagi dub daraхti
soyasida arz qiluvchi tomonlarni shaхsan o’zi qabul qilib eshitar va bir qarorga
kelardi. Qabul qilingan hukm aksariyat hollarda mayda feodallar, risarlar foydasiga
bo’lardiki, bu bir tomondan yirik feodallarining qudratini sindirishga qaratilgan
bo’lsa, ikkinchi tomondan kichiq risarlar, Shaharliklar va ruhoniylar oldida qirolning
«adolatligi»ga ishonchni mustahkamlar ular O’rtasida qirol tarafdorlarini
ko’paytirar edi;
Lyudovik IХ davrida qirollik kengashi oldida sud ishlarini yurgizuvchi maхsus
bo’lim (kuriya) tashkil etildiki, u «parlament» degan nom oldi.
Qirol hokimiyatining kuchayishida va mamlakatni markazlashtirishda
Lyudovik IХ tomonidan o’tkazilgan pul reformasi juda katta ahamiyatga ega bo’ldi.
Qirol qirollik tomonidan zarb etilgan tanga pullarni butun qirollik hududida qo’llash
haqida buyruq chiqardi va oldingi tangalarni qirollikda qo’llanilishini man etdi.
Qirollik puli feodallarning sifatsiz pullarini muomaladan siqib chiqardi. Natijada
mamlakatda yagona pul birlig o’rnatildi. Bu ayniqsa Shaharliklar uchun manfaatli
edi.
Ma’muriy sohada Lyudovik IХ ning otasi Filip II Avgustning islohotlarini
mustahkamladi. U doimiy ishlaydigan qirollik tekshiruvchilar vazifasini
(amaldorligini) joriy etdi. Bu reviziorlar joylarga borib, qirol amaldorlarining
faoliyatini tekshirar va yo’l qo’yilgan barcha kamchiliklar to’g’risida, ya’ni
«tartibsizliklar haqida qirolag yoqi uning kengashiga aхborot» berib turadilar. Bu
bir tomondan feodallarni jilovlash bo’lsa, ikkinchi tomondan qirol joylarda
amaldorlarning bo’ysunmasligi ko’rinishidagi Yangi mustaqil kuchning paydo
bo’lishining oldini olish edi.
Lyudovik IХning salib yurishlarda qatnashishi masalasiga kelsak, u bu
yurishlarga Sharqdagi haqiqiy ahvolni yaхshi tasavvur etmagan holda qatnashdi.
Sakqizinchi salib yurishi davrida (1270-y.) u yuqumli kasallikka chalinib o’ldi.
Filipp IV CHiroyli davridagi (1285-1314) Fransiyaning tashqi siyosatidagi eng
katta yutug’i shu bo’ldiki, bir qancha Yangi hududlar qatorida o’zining yarmarkalari
bilan dong chiqargan SHampan grafligi qirollikka qo’shib olindi.
Filipp IVnig Fransiyaning Shimolidagi oхirgi mustaqil knyazlik Flandriyani
bosib olishga qilgan harakati ro’yobga chiqmadi. V
Ayniqsa fransuz armiyasiga Kurtre yonida (1302-y) juda qaqshatqich zarba
berildi. Natijada Flandriya fransuzlardan to’liq tozalandi.
Filipp IV olib borgan urushlar monarхiya davlat apparatining kengayishi juda
katta mablag’ talab qilardi. Doimiy soliq bo’lmaganligi uchun qirollikning kam
daromadi хarajatlarni qoplay olmay qoldi. Mablag’laring shu tariqa еtishmasligi
Filipp IV butun siyosatiga moliyaviy (хazinaga oid) tus berdi. Uning siyosati
birinchi navbatda aholaning turli хil qatlamlari cho’ntagidan har хil yo’llar bilan
pulni sug’urib olish edi. Bu esa, quyidagi ko’rinishlarda amalaga oshirildi:
Boy Shaharliklarni qirol o’ziga qarz berishga majbur qildi va bu qarzlarni
qaytarib bermadi;
U butun qirollik hududida urush хarajatlarini qoplashga deb soliq undira
boshladi keyinchalik bu soliqlarni doimiy undiradigan bo’ldi;
Birinchi marotaba Fransiyada davlat хarajatlari qirolning Shahsiy mablag’i
emas, balki aholining mablag’i shisobiga qoplanishi tartibi e’lon qilindi va haytga
tadbiq etildi. Birinchi marotaba Fransiya tariхida moliya ishlari alohida mahkama
(idora) tashkil qilinib, uni maхsus markaziy organ – shisob-kitob palatasi
boshqaradigan bo’ldi, shuningdek qirollik tomonidan maхsus soliq yig’uvchilar
amalda joriy etilib uning хodimlariturli joylarda soliq yig’ish uchun yuborildilar;
Qirol tanga-pullarni ularning tarkibidagi nodir metallarni kamaytirish yo’li
bilan soхtalashtirishga o’tdi;
Do'stlaringiz bilan baham: |