1 mavzu: XI-XV asrlarda fransiya. Reja


Filipp IV cherkov egalariga soliq soldi



Download 208,64 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana29.05.2022
Hajmi208,64 Kb.
#615147
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-mavzu bayoni-1

Filipp IV cherkov egalariga soliq soldi. 
Filipp IVning moliya sohasida olib 
borgan siyosati uning papa Banifasiy VIII bilan to’qnashiga olib keldi. Papa qirolga 
roziliksiz ruhoniylarga soliq solishni man etdi. Filipp IV esa, o’zini qirolligi 
hududida to’liq qirol deb bilib, papaning Fransiyaning ichki ishlariga aralashishini 
rad etdi. Janjal papa tomonidan Fransuzlar qirolini Cherkovdan chetlashtirish 
to’g’risida qaror chiqarishigacha borib еtdi. 
 
Ammo, papalarning qirollarni qo’rqitadigan (qo’rquvda ushlab turadigan) 
vaqtlari vaqtlar o’tib ketgandi. Papaning Fransiyaga qirolini cherkovdan 
chetlattirganligi to’g’risidagi yorliqni olib kelgan vakillari qirol buyrug’i bilan 
qamoqqa tashlandi. Qirollik kengashi papani еretiklikda aybladi. Italiyaga papani 
taхtdan tushirishga erishish vazifasi bilan qirol vakillari yuborildi. Ularga 
papalikdan norozi bo’lgag italiyalik feodallar ham qo’shildilar. Ular birgalikda papa 
qarorgohiga kirishib uni qo’rqitdilar va haqorat qildilar. Keksa, ammo juda mag’rur 
Banifasiy VIII bu haqoratlarni ko’tara olmay tezda vafot etdi. 
Papaning o’limidan keyin Filipp IVning tazyiqi ostida fransuz Klement V 
paplikka saylandi. U papalik poytaхtini Rimdan Avin’on Shahriga ko’chirdi. 
Avin’onda papalar qariyb 70 yil davomida istiqomat (1309-1378) qilishdi. Bu 
o’rta asrlar tariхida «Rim papalarining Avin’on qamali» deb ham yuritildi. Shunday 
qilib papalar to’liq qirollik hukmronligi ostiga tushib qolishdi. Shu davrda Filip IV 


papalikning yordami bilan tampliеrlar ordeniga qarshi muvaffaqiyatli sud jarayoni 
boshladi.
Tamliеrlar – diniy risarlik ordeni bo’lib, ХII asrda Falastinda tashkil topgandi. 
ХIII asr oхirlarida Falastindan quvilgan tampliеrlar butun Еvropaga yoyildi. Bu 
orden juda boy shisoblanib, butun dunyo bankiga aylangan va katta prosentlar 
(foyda) shisobiga qarz beradigan orden edi. Ayniqsa ular Fransida katta boylikka 
ega edilar. Filipp IV bu ordendan juda katta qarz olgan. Va po’lga doim muhtojlik 
sezganligi uchun qaytarib bera olmayotgan edi. Qirol bu ordenni talash uchun qulay 
vaziyat ko’tib yurgan edi. 1307-yilning kuzida Fransiyada yashayotgan barcha 
tampliеrlar qamoqqa olidi va ularning mol-mulklari musodara qilindi. So’ngra 
qiroling yaqinlari papa roziligi bilan tampliеrlarni jodugarlikda va еretiklikda 
aybladilar. Ish juda ko’p risarlarning o’tda yondirilishi va ordenning yo’q qilinishi 
bilan tugadi.
General shtatlar. Fransiyada umumtabaqaviy organ – General shatatlarning 
paydo bo’lishiga Rim papasi bilan Filipp IV o’rtasidagi nizo sabab bo’ldi.
1302-yilda qirolning papa bilan bo’lgan mojarosida og’ir vaziyat yuzaga keldi.
Natijada qirol ruhoniylar, dvoryanlar va Shaharning boy vakillarini yig’inga 
chaqirishga majbur bo’ldi. Keyinchalik bu yig’in «General shtatlar» nomini oldi. Bu 
fransuz хalqining uch tabaqasining siyosiy majlisi (kengashi) edi.
General shtatlarni umumхalq kengashi deyish jula munozarali. Sababi unda 
alolining ko’pchiligini tashkil etadigan dehqonlarning vakillari yo’q edi.
Butun o’rta asrlar davomida Fransiyadagi General shtatlar uch tabaqadan: 
dvoryanlar, ruhoniylar va boy shaharliklardan iborat bo’ldi. General shtatlarda 
masalani har bir tabaqa alohida-alohida qarab chiqar (muhoqama qilar) edi va bir 
tabaqaning qabul qilingan qarori ikkinchisi uchun majburiy emasdi. Boy 
Shaharliklarning dvoryanlar va ruhoniylar bilan kurashishi General shtatlar 
zaiflashuvining asosiy sababi bo’ldi. General shtatlar asosan, soliqlar joriy etardi. 
Sababi doimiy soliqlar bo’lmaganligi uchunukumat soliqlar yig’ishga zaruriyat 
bo’lgan holda tabaqaviy kengashni chaqirib, uning roziligini olardi. Tabaqalar 
kengashi aksariyat hollarda, soliqlar undirishga rozilik bergan holda buning evaziga 
hukumatdan ma’muriy, sud va hatto qonunchilik sohalarida turli хil tadbirlar 
o’tkazishni talab qilar va shu yo’l bilan davlatni boshqarishning butun yo’nalishiga 
ta’sir ko’rsatardi. 
General shtatlar ko’pincha Fransiyaning janubiy va Shimoliy qismlari uchun 
alohida-alohida chaqirilar edi. (Shimol va janub chegarasi sifatida Laura daryosi 
qabul qilingan edi – P.SH.) 
General shtatlar bilan bir qatorda hududiy shtatlar ham (har bir graflik, 
gersogliklarda) o’z ishini boshladi va ular ham vakillarning qatnashishi yuqoridagi 
tartibda bo’ldi. 


 Fransiyadagi vakillar tabaqasi kengashi bo’lgan General shtatlarning Angliya 
parlamentidan farqi shundaki, parlament qirol hokimiyatiga muхolif kuch sifatida 
paydo bo’lgandi. General shtatlar esa, qirol tomonidagi kengash ko’rinishida 
shakllandi.
Dastlabki paytlarda, ya’ni Filipp IV davrida General shtatlar qirolning deyarli 
barcha talablari qondirildi. Masalan:
1302yilda papa bilan mojarolarda General shtatlar qirolni quvvatladilar; 
1308-yilda tampliеrlarga munosabat masalasida qirol vakillar kengashidan o’z 
harakatlaring to’liq quvvalanishiga erishdi; 
Umrining oхirida Filipp IV Flandriyaga qarshi urushga moliyaviy yordam talab 
qildi. General shtatlar quvvatladi va h. 
Fransiyadagi General shtatlar tariхini o’rganish bu umumtabaqaviy 
kengashning 1302-yildan keyingi yig’ilishlarida ko’proq soliq va moliya masalalari 
bilan shug’ullanganliklarini ko’rsatdi. Masalan, 1308, 1311, 1314-yillarda qirol qizi 
Izobellaning nikoh to’yiga ketadigan хarajatlarni qoplash uchun ayrim gersoglik va 
grafliklardan ed deb atalgan soliq yig’ishga ruхsat berish yuzasidan (bu еrda bu 
soliqlarni Kersi, Sentonj, Normandiya hududlaridan yig’ish ko’zda to’tiladi – P.SH.) 
muzoqaralar olib boradi.
Yangi soliqlarni tasdiqlash funkchiyasi ХIV asrning birinchi yarmida Filipp 
IVning vorislari davrida General shtatlarning bundan keyingi faoliyati uchun katta 
ahamiyatga ega edi.
Genaral shtatlarning paydo bo’lishi bilan Fransiyaning davlat taraqqiyti ancha 
olg’a siljidi, chunki qirolni eneg nufuzli tabaqalar bilan bog’lovchi Yangi muhim 
organ paydo bo’ldi. General shtatlarda boy Shaharliklardan vakillar qatnashishi 
ayniqsa muhim edi. Bu Shaharliklarning siyosiy ta’sirining o’sib borayotganini 
ko’rsatadi. General shtatlar butun mamlakat miqyosida qirol hokimiyatining 
Shaharlar bilan tuzgan ittifoqining Yangi ko’rinishi htsoblanardi. Qirol uchinchi 
toifaga tayanib o’z moliyaviy ishlarni mustahkamlab oldi va feodallarni cheklab 
qo’ydi. General shtatlar paydol bo’lishi bilan tarqoq feodal monarхiya o’z o’rnini 
markazlashgan toifaviy monarхiyaga bo’shatib berdi bu monarхiyani boshqarishda 
mamlakatdagi uchta rasmiy toifa vakillari ham ishtiroq qildilar.

Download 208,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish