5.Rekonkistaning asosiy bosqichlari quyidagilardir. Asturiya qirolligi VIII – IX asrlarda yarim orolning butun shimoliga va shimoli-g’arbga o’z ta'sirini yoydi. X asr boshlarida asturiyaliklar janub tomon siljib bordilar. Leon shahri ularning asosiy markazi edi. Butun Asturiya qirolligi Leon nomi bilan Leon qirolligi deb ataldi. X asrning ikkinchi yarmida XI asr boshlarda Leon janub tomon kengayib, Duero daryosi havzasigacha etdi. Bu yerda qasr-qal'alar-burglari bo’lgan chegara oblast tashkil topdi. Ana shu qasrlar nomidan kelib chiqib, yangi mamlakat Kastiliya deb ataldi. Bu nom lotincha nom asosida mustahkamlangan punkt, ya'ni kastelleum degan ma'noni bildiradi. Bu davrga kelib Burgos shahri Kastiliyaning asosiy shahridan biri hisoblandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |