7.IX asr oxirida Ispaniya markasidan yangi mustaqil mulk Aragon grafligi ajralib chiqdi va qirollikkka aylandi. Aragonlar 1118- yili arablardan Saragossa shahrini tortib oldilar va uni poytaxt deb e'lon qildilar. 1138-yili Aragon Ispaniya markasi bilan birlashdi, Ispaniya markasi bu vaqtda Kataloniya yoki Barselona grafligi degan yangi nom bilan yuritilardi.
8.Kastiliya va Aragon Pireneya yarim orolining ikkita asosiy davlati bo’lib, ular yagona qirollikka birlashdilar. Kastiliya qirolligi orolda eng katta hududni egallagan edi. Yarim oroldagi hududning deyarli 5/3 qismi uning hissasiga to’g’ri kelardi. Rekonkistada ham Kastiliya eng faol ishtirok etgan edi. Kastiliya tili keyinchalik Ispan milliy tiliga asos bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |