3.Arablar hukmronligi Ispaniyada X asrda eng kuchli davri edi. Bu vaqtda Kordova amirligi Kordova xalifaligiga aylantirilgan edi. Ispan arablariga-mavrlariga yarim oroldan tashqari, Shimoliy Afrikadagi barbar qabilalari ham bo’ysunar edilar. Arablar Sharqning yuksak madaniyatini o’zlashtirgan holda Ispaniyada sun'iy sug’orish ishlarini keng ma'noda qo’lladilar. Ular 4.Rekonkistaning asosiy bosqichlari. Rekonkistaning asosiy bosqichlari quyidagilardir. Asturiya qirolligi VIII – IX asrlarda yarim orolning butun shimoliga va shimoli-g’arbga o’z ta'sirini yoydi. X asr boshlarida asturiyaliklar janub tomon siljib bordilar. Leon shahri ularning asosiy markazi edi. Butun Asturiya qirolligi Leon nomi bilan Leon qirolligi deb ataldi. X asrning ikkinchi yarmida XI asr boshlarda Leon janub tomon kengayib, Duero daryosi havzasigacha etdi. Bu yerda qasr-qal'alar-burglari bo’lgan chegara oblast tashkil topdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |