9. Xo’sh Yan Gus, u ruhoniy va Praga universiteti professori bo’lgan. Gus dehqon oilasidan kelib chiqqan, 1369- yilda Gusinets degan joyda tug’ilgan. Praga universitetining talabasi bo’lgan Yan Gus 1398- yilda universitet professori, 1402 - yilda esa uning rektori bo’ldi. U mahalliy chex aholisini indulgentsiya bilan savdo qilishga qarshi chorladi. Oliy tabaqa katolik ruhoniylarining buzg’unchiliklariga qarshi, cherkov yer egaligining g’oyat darajada keng tomir yoyishiga qarshi chiqdi. Cherkov ruhoniylarining turli –tuman xurofiy urf-odatlarini qoraladi. U toat-ibodatni ona tilida, chex tilida ado etilishini talab qildi. Eng qisqa vaqt ichidagi reforma sifatida Yan Gus cherkov yerlarini tortib olib, ulardan davlat ehtiyojlari uchun foydalanishni hukumatga tavsiya etdi. Gus ruhoniylarni alohida, ya'ni dinga ishonuvchi oddiy odamlarga nisbatan imtiyozli toifaga aylantirishga qarshi norozilik bildirib, ruhoniylarni ham, shuningdek , shahar aholisini ham ―har ikkala noz-ne'mat bilan‖, non va vino bilan dilini poklashni, cho’qintirishni qattiq turib talab qildi. Bu keyinchalik Yan Gus tarafdorlarining shioriga aylandi. Gus bevosita ijtimoiy masalalarga ham o’z munosabatini bildirdi. Biroq, u revolyutsioner emas edi va shu sababli u mavjud feodal tuzumni yemirib tashlashga da'vat etmadi. U asosan krepostnoylikning eng og’ir reformalarini yumshatishga chaqirish bilangina cheklandi. Shu tariqa Yan Gus panlarni o’z hukmronliklarini suiste'mol qilmay ―kambag’allarga mehr-shafqatli bo’lishga va kambag’allarni adolat bilan idora qilishga da'vat etdi‖ . U qirollik sudlarida bevosita ishtirok etib, qirollik sudlari da kambag’allarga zulm qilishga qarshi norozilik bildirdi. U o’z ma'ruzalarida va yozma nutqlarida panlar tomonidan o’lib ketgan dehqonlarning mol- mulkini talon taroj qilish, o’lgandan keyingi yig’imlarni qoralagan edi. Yan Gus ―haqqoniyat yengadi‖ degan iborani juda yaxshi ko’rar edi. Bu shior bilan Yan Gus mehnatkashlar ommasining porloq kelajagiga bo’lgan o’z ishonchini ifodalardi. O’zi shu dehqonlar orasidan kelib chiqqanligi uchun, u dehqonlar hayotini yaxshi bilardi. Yan Gus umrining oxirigicha qishloq dehqonlari bilan bog’lanib qoldi. U chex tilida va’zxonlik qilardi. Uning ma'ruzalarini xat savodi yo’q dehqonlar, kambag’allar ham tushunardi chunki, u voqealarni kundalik hayotdan olib o’z g’oyalarini targ’ib qilgan. Chex kambag’allari va dehqonlari ―mistr Gus‖ning ma'ruzalarini jon quloqlari bilan tinglashardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |