Mustahkamlash uchun javobllar: 1. O’rtaasrlarda Chexiya - Bogemiya davlati deb ham atalardi. X - XI asrlarda bir muncha taraqqiy topgan Chexiya davlati XI - XSH asrlarga kelib, feudal mamlakatga aylandi. Qirol drujinachilari lexlar va vladikalarriing eski zodagon oilalari bilan birlashib, feodal tipdagi katta va birmuncha mayda yer egalariga aylandi. Lexlar va vladikalar mamlakatdagi yerlaming kattagina qisrriini bosib oladilar. Ularning yer-mulklarida krepostnoylar, birinchi navbatda qo’liga yer berilgan qullardan tashkil topgan krepostnoylar, ya'ni otroklar yoki erksiz dehqonlar ishlardilar. Feodallar dehqon aholisini sud qilish maqsadida qiroldan juda katta huquq olardilar. Chexiyada oliy tabaqa. feodallar, panlar, jupanlar, (ya’ni qabila boshliqlari nomidan kelib chiqqan) quyi tabaqa feodallar esavladikalar( dastlabki paytlarda vladika deb, katta patriarxal oilalami aytganlar) deb ataldi . Chexiyada panlar - baronlar va vladikalar – ritsarlar imtiyozli toifasi - shlyaxtani tashkil qilganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |