2. Panoshlar va zemenlar - ya'ni, mayda ritsarlar – degan ma'noni anglatadi. 3. XIII asrning oxirigacha va XIV asrlarda Chexiyada erkin dehqonlar- dedichlar deb atalgan. 4. Pshemislar sulolasi 1278-yilda barham topdi,so’ngi Pshemis-Pshemisl II (1253 – 1278 yillar). 5. Chexiya XIV asr o’rtalaridan boshlab, Germaniya, Polsha, Vengriya, Quyi Dunay bo’yi mamlakatlari, Janubi-G’arbiy Rus bilan keng xalqaro savdo aloqalari olib bordi. 6. XIV asrdagi Chexiya qishlog’i juda tabaqalashgan qishloq bo’lib qoldi. Qishloqni kam yerli dehqonlarning ko’pchiligi, ya'ni podsosedka deb ataluvchi dehqonlar va butunlay yersiz kambag’al dehqonlar, ya'ni xalupnik deb ataluvchi dehqonlar tashkil etar edi. Ularning bazilaridan qisman batraklar sifatida foydalanilgan, boshqalari hech qanaqa ish topa olmay qashshoqlikda kun kechiradilar. Ba'zi bir kambag’allargina shaharlarga ishga joylashishga muyassar bo’lardilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |