Gusning bundan faoliyati dastlab Praga arxiyepiskopini, so’ngra esa papani unga qarshi qo’zg’atdi. Gusning ma'ruzalarini tinglash man etildi. U professorlik va rektorlik lavozimlaridan mahrum etilib, 1412- yilda Pragani tashlab ketishga majbur bo’ldi. U ereslik – shakkoklikda ayblanib, 1414- yilda Konstant sobori sudiga chaqirildi. Imperator Sigizmund Gusni shaxsan muxofaza qilib, unga qo’riqlov yorlig’i berdi. Gus o’zi aytganidek, ―xaloyiq oldida haqiqatni ochib bermoq uchun‖ ya'ni cherkov sabori oldida o’z ta'limotining haq ta’limot ekanligini himoya qilmoq uchun Konstantsga jo’nadi. Ayni paytda uning obro’-e'tibori papaning obro’ – e'tiboridan baland edi. Biroq Konstantsiga kelishi bilan Yan Gus darhol qamoqqa olindi. Yepiskoplar sabori uning gapini ham eshitishni istamasdan, uning yeretik sifatida o’tda kuydirish to’g’risida hukm chiqardilar. Imperator Sigizmund o’z so’zidan xoinona qaytib Gusga yordam berishni istamadi. 1415-yilning 6-iyulida Yan Gus Konstants maydonlaridan birida olovda kuydirildi. Chexiya xalqi 6 iyul kunini o’z milliy qahramonlari ―Yan Gus xotirasi kuni‖ deb esga olishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |