9.Ko’p feodallariga ega bo’lgan Aragon korteslari qirolni to’la nazorat qilardi. Aragon korteslari dam olgan vaqtlarida qirolning ishlarini kuzatib borish uchun alohida ―deputatsiya‖ nomli komissiya belgilab qo’yilardi. Aragon dvoryanlarini maxsus saylab qo’yilgan sudya, ya'ni Buyuk xustisiya sudi sud qilardi. Buyuk xustisiya sudining hukmini bekor qilishga qirolning ham haqqi yo’q edi. Aragon dvoryanlari qirolga qarshi urush e'lon qilib, urush olib borar va hatto chet el fuqaroligiga o’tib keta olardilar. Aragon zodagonlarining erkinligi ―Uniya imtiyozlari‖ deb atalgan muboraknomada o’z aksini topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |