6.Shunday qilib XII asr boshlariga kelganda Perineya yarim orolida uning taxminan yarmiini egallagan to’rtta xristian davlati: Kastiliya Navarra, Aragon va Portugaliya bor edi. XI asr oxiri XII asrda rekonkistaning eng avjga chiqqan davri edi. Kastiliya xalq eposida xuddi ana shu davr o’z aksini topgan. Xalq eposining qahramoni mashhur Sid Kampeador edi. Sid Kampeador qanday shaxs edi? Sidning tarixiy timsoli chinakkam shaxs - Kastiliya qiroliga xizmat qilgan yirik ritsar Rodrigo Dias bo’lgan. U 1106- yilda vafot etgan. Sid arablardan katta shahar Valensiyani vaqtincha bosib olishga muyassar bo’lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |