1.Rekonkista deb – Ispaniyaning Pireneya yarim orolini arablardan qaytarib olishiga aytilgan. Ispan xalqlarining arab-marvlarga qarshi olib borgan ozodlik kurashi bo’lgan keng ma'nodagi rekonkista – bu harakat VIII asrdan boshlab, to arablar yarim orolni istilo qilganlaridan keyinoq, ya'ni VIII asrdan XIII asr oxirigacha davom etdi. 2.XV asr oxirida esa arablar Ispaniyadagi so’nggi yirik mulki hisoblangan Granada qo’ldan boy berildi. Biz rekonkista haqida fikr yuritar ekanmiz, bevosita Ispaniyaning XI-XIII asr davrlarini ko’z oldimizga keltirishimiz kerak. XI-XIII asrlar davomida ispan xalqlari katta kuch bilan Pireneya yarim orolining janubiga tomon siljib borganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |