1-mavzu. VII-IX asr boshlarida markaziy osiyo xalqlari siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy ahvol reja



Download 44,8 Kb.
bet1/4
Sana02.04.2022
Hajmi44,8 Kb.
#524598
  1   2   3   4
Bog'liq
1-мавзу (1)


1-mavzu. VII-IX ASR BOSHLARIDA MARKAZIY OSIYO XALQLARI SIYOSIY, IJTIMOIY-IQTISODIY VA MADANIY AHVOL
REJA.

  1. VII-IX asr boshlarida Markaziy Osiyodagi siyosiy vaziyat.

  2. Markaziy Osiyoda ijtimoiy-siyosiy jarayonlar va ularning o‘ziga xos xususiyatlari.

  3. Mavzuning manbashunosligi.

  4. VII-IX asr boshlarida Markaziy Osiyodagi madaniy hayot.

Tayanch so‘z va iboralar: ilk o‘rta asrlar, mintaqa, siyosiy xarita, Movarounnahr, Markaziy Osiyoda arab xalifaligi, Sharqiy Turkiston, Tibet, Ettisuv, Uyg‘ur xoqonligi, uyg‘urlarning etnik uyushuvi, turgashlar, qora turgashlar”, “sariq turgashlar”, Turgash, Turgash hoqonligi, Uch-elik hoqon, udel, tutuq, Sakai hoqon, Suluk hoqon, Kul -Chor hoqon, Baga tarhon, chorvacilik, savdo-sotiq, hunarmandchilik, tangalar, o‘guzlar, qipchoqlar, 603-yil, islom, Ubaydulloh ibn Ziyod, Movarounnahr, Sug‘d, Said ibn Usmon, Qutayba ibn Muslim, Gurak, Xorazmshoh Chog‘on, Xurzod, Divashtich, Sulaymon ibn Abdumalik, xalifalik, Marv shahri, xiroj, ushr, zakot, jizya, kuch xirojda, So‘g‘d qo‘zg‘oloni, 720-722-yillar, Gurak, Divashtich, Nasr ibn Sayyor, Ummaviylar, Abbosiylar, Abu Muslim, Qora rang, Oq kiyimliklar, Muqanna qo‘zg‘oloni, Som qal’asi, Moxuvon qal’asi, Said Xaroshiy.



  1. VII-IX asr boshlarida Markaziy Osiyodagi siyosiy vaziyat.



Uyg‘urlar turkiy xalqlar oilasidagi qadimiy xalqlardan biridir. Yapon olimi Yutyanxeng, fransuz olimi Klaprotlarninig fikricha, uyg‘ur atamasi miloddan avvalgi III - II asrlardan ma’lum. Uyg‘ur atamasi Xitoy manbalarida 4-5 ming yil avval tilga olingan “di” (turk) larninig “chidi”(qizil “di” janubiy turk)ga borib taqaladi. Xitoy shimolida mavjud bo‘lgan Chidi davlati miloddan avvalgi 594-yil Szin xonligi tomonidan tugatilgach Chidilar shimolga ketishga majbur bo‘lishgan1.
Qadimdan Mo‘g‘uliston cho‘llarida yashagan ko‘chmanchi xalqlar ilk bor manbalarda eramizdan avvalgi III asrda, O’rxun-Enisey yozuvlarida esa VIII asrdan tilga olingan2.
Mahmud Koshg‘ariy ma’lumotiga ko‘ra, Makedoniyalik Iskandarga uyg‘urlar qarshilik ko‘rsatishgan. Ularning qalpoqlari lochinga o‘xshar va ular ov qilishda juda mohir bo‘lishgan. Iskandar ulami “Inon xud xo‘rand”, ya’ni “o‘z ovqatini topib yeyuvchi”, deb atagan. So‘ng o‘lka “Xud xo‘r” deb atalgan, “xu” - “u” ga almashib, “udxo‘r” bo‘lgan. Keyinchalik yana o‘zgarib “uyg‘ur”ga aylangan3. Bizningcha bu ma’lumot roviy bo‘lib, M.Koshg‘ariy yashagan davrdayoq uyg‘ur xalqi tarixining qadimiy davrlari unitilgani tufayli turli g‘ayriilmiy talqinlar paydo bo‘lgan.
Xitoyning qadimgi tarixiy manbalari asosida: “Uyg‘urlar eramizdan III asr avval Xitoyning shimolida yashovchi qadimiy xalqdir. VI asrdan boshlab uyg‘urlar rasmiy ravishda qayd etilgan”, deyiladi Sharqiy Turkiston tarixiga bag‘ishlangan bir kitobda4.
Uyg‘ur tarixchisi Turgun Olmosning keltirishicha: “Uyg‘urlar qadim zamonlardan Qoraqurum, Tangritog‘ tizmalari bilan chegaralangan Tarim vodiysida, Tangritog‘ va Oltoy bilan chegaralangan Jung‘oriyada, Ili daryosi vodiysida, Janubiy Sibir, Selenga, Orxon, Tola, Kerulen daryolari vodiylarida yashaganlar»5.
Xitoy imperatori Yuanxi milodiy 809-yili uyg‘ur eliga elchi yuborib, millatning nomini “Shunqor kabi parvoz etuvchi” ma’nosida “uyg‘ur” deb atagan6. Bunday ulug‘lashlar so‘nggi o‘n yilliklarda Markaziy Osiyo xalqlari orasida millatparastlik, alohida nufuzlilik, o‘zgalardan ustunlik kabi noilmiy qarashlar bilan izohlanadi.
Abdulg‘ozi Bahodirxon “Shajarayi turk” asarida shunday yozadi: “O’g‘uzxon ularga “uyg‘ur” deb nom bergan. “Uyg‘ur degani uyushish, bir ittifoq bo‘lish demakdir”. Lug‘aviy ma’nosi jihatdan atamaning eng to‘g‘ri ta’rifi shu desak xato bo‘lmaydi.
Uyg‘ur xalqining o‘zligini belgilash tarixi (identifikatsiyasi) ham boshqa xalqlar singari uzoq jarayonni tashkil etgan. Bu jarayon mobaynida uyg‘urlar bilan assimilyatsiya bo‘lgan boshqa xalqlaming shakllanish tarixi hamdir. Boshqa xalqlar bilan qo‘shilish bilan birga xalqning nomi turli davrlarda turlicha bo‘lgan. Ularning birinchi hoqoni Peylo (744-756) uyg‘urlarning yaglakar urug‘idan bo‘lgan. Yuqorida eslatib o‘tilganidek, uyg‘urlaming dastlab to‘rtta qabilasi uyushgan bo‘lsa, Peylo hoqonlik davrida yana to‘qqizta qabilani birlashtirishga muvaffaq bo‘lgan. Uning hukmronligi davrida Uyg‘ur hoqonligiga Oltoydan Manjuriyagacha bo‘lgan hududlar kirar edi. Peylodan keyin uning o‘g‘illari Mo‘yunchur (756-759) va Idigin yag‘lakar hoqonlik (760-779) qildilar. O’rxun vodiysida Qorabalosog‘un shahri qurildi va hoqonlikning poytaxtiga aylantirildi. Bu ma’lumotlar O’rxunda uyg‘urlarning ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan tez taraqqiy qilganligidan dalolat beradi. Hoqon boshchiligida bir necha urug‘ qabilalaming birlashuvi, uyg‘urlaming siyosiy birlashuviga sabab bo‘ldi. Davlatning harbiy va siyosiy qudrati nihoyatda yuksaldi. Hattoki, Xitoy imperatori 755-yildagi An Lu Shan qo‘zg‘oloni davrida Uyg‘ur hoqonidan yordam so‘ragan edi. Uyg‘ur harbiy otliqlari qo‘zg‘olonni bostirishda ishtirok etganlar. Ularning bu xizmatlari uchun xitoy imperatori Day-szun uyg‘urlarning talonchilik yurishlarini kechirib, uyg‘ur harbiy boshliqlariga unvonlar va sovg‘alar taqdim etgan. Ichki inqirozlardan kuchsizlangan Tan imperiyasi uyg‘urlar bilan tinchlik munosabatlarini saqlab qolish maqsadida hattoki minglab odamlarni uyg‘urlarga qullikka berishga rozi bo‘lgan7.
Uyg‘ur hoqonining elchisi Kuchluk-Moko-tarxon Xitoy imperatoridan saroyda boshqa mamlakatlar elchilariga nisbatan yuqori martabada bo‘lishini va hoqonga Xitoy malikasini turmushga berishlarini talab qilgan. Bu ikkala talab ham Xitoy imperatori tomonidan qondirilgan. O’rxundagi Uyg‘ur hoqonligining markazlashgan hokimiyati urug‘ amaldorlarining beayov kurashlari natijasida mustahkamlangan.
Ammo Mo‘yunchurning hukumatga kelishi noma’lum sabablarga ko‘ra xalqning noroziligini keltirib chiqardi. Unga qarshi chiqqanlarga Tay Bilga-Tutuk degan odam boshchilik qilgan. Ular safiga kidanlar va tatarlar ham qo‘shilishdi. Kidan va tatarlarning uyg‘urlar bilan to‘qnashuvi Selenga daryosidan shimolda yuz berdi. Bu to‘qnashuvda kidan va tatarlar chekinishadi. Shunga qaramay, urush muvaffaqiyatli yakunlangandan so‘ng ham hoqon Mo‘yunchur oldida ikkinchi muhim masala turardi. Bu ham bo‘lsa, davlatning chegaralarini o‘rnatib, mustahkamlash, harbiy salohiyatni kuchaytirishdan iborat edi.
759-yil bahorda Mo‘yunchur yuqori Yenisey bo‘yidagi chiklarni tor-mor qilib, ulami o‘ziga tobe qildi. Shu yilning kuzida u shimoli-g‘arbiy Manjuriyadagi tatarlarni bo‘ysundirdi. Keyingi yili qandaydir qabila («Selenga toshi» yodgorligida shu joy o‘chib ketgan) qirg‘izlar va chiklar bilan uyg‘urlarga qarshi birlashib isyon ko‘tardi. Muyunchur ularga qarshi juda katta qo‘shin tashladi va isyonni bostirdi. Shimolda qirg‘izlar, sharqda kidanlarni yengib, ularning yerlarini o‘z davlatiga qo‘shib oldi. VIII asr o‘rtalarida Uyg‘ur hoqonligiga g‘arbda Oltoydan boshlab, Sharqda Xingan tog‘larigacha bo‘lgan hududlar kirar edi.
VIII asr oxirlarida hoqonlikda qabilalararo janjallar kuchayib bordi. 789-yilda Idigi hoqon Tun-Moko tarxon tomonidan o‘ldirilgan. Idigi o‘ldirilish fojeasini tadqiq qilgan Pozdneyevning fikricha, Uyg‘ur hoqonlari juda kuchli bo‘lgan iologe (ya’ni yaglakar) urug‘iga mansub bo‘lgan. Boshqa urug‘ amaldorlari ham hokimiyatni boshqarishga jalb qilingan bo‘lsalar-da, hal qiluvchi ovozga ega emas edilar. Ba’zan bu hoi urug‘ amaldorlarining hasadiga sabab bo‘lgan. Ularning madadiga tayangan holda Tun-Moko tarxon Idigi hoqonning tarafdorlarini mag‘lubiyatga uchratib, hoqonga suyiqasd uyushtirgan va hokimiyatni qo‘lga olgan8. Tun- Moko tarxonning hokimiyatga kelishi bilan Uyg‘ur davlatining Tan imperiyasiga nisbatan siyosati o‘zgargan. Talonchilik hujumlari to‘xtatilgan, asir olingan xitoyliklar ozod etilgan.
799-yilda Tun-Moko-tarxon vafot etgach, hokimiyat uning o‘g‘li Dolosi qo‘liga o‘tadi. Dolosiga “Pan guan dele” unvoni berilgan. Shu davrdan boshlab hoqonlik o‘z mavqeini yo‘qota boshlaydi. Gelu, boyan va boshqa qabilalar uyg‘urlardan ajralib, tibetliklar bilan qo‘shilishadi. Shu jumladan, 794-yilda shato qabilasi ham ajralib chiqib tibetliklarga bo‘ysungan va uyg‘urlarning dushmaniga aylangan. Natijada tibetliklarning siyosiy mavqei ancha o‘sib, uyg‘urlarni mag‘lubiyatga uchrata boshlaydi. Oqibatda tibetliklar Koshg‘arning janubiy-sharqiy qismidan to Tyan-Shangacha bo‘lgan yerlarni zabt etadilar.
Kuchli qabila urug‘larini yo‘qotib, hali o‘zini o‘nglab ulgurmagan uyg‘ur davlatidan qarluqlaming ajralib, g‘arbdagi Yettisuv tomon siljib ketishi Uyg‘ur hoqonligining harbiy va siyosiy qudratini jiddiy zaiflashtirgan. Qarluqlar Uyg‘ur davlatidan ajralib chiqib ketgach, hoqonlik taxti uchun kurash avj oladi. Hoqonlar tez-tez almashinib turdi. Keyingi hoqonlar fitna va suyiqasdlaming qurboniga aylanib hokimiyatni uzoq boshqara olmay qoldilar. Iologe (yaglakar) urug‘ining oxirgi hoqoni A-chjoning vorislari yo‘q edi va shu sababdan hokimiyat boshqa urug‘ vakillari qo‘liga o‘tadi. Shuning uchun uning o‘limidan so‘ng boshqa urug‘ vakili - Gudulu (796-805 yillar) hoqon bo‘ldi.
Xitoy manbalariga ko‘ra, 758-yilda qirg‘izlar Uyg‘ur davlatiga bo‘ysundirilgan va uyg‘urlarga tovon to‘lagan bo‘lsalar, Uyg‘ur davlati inqirozi davrida esa qirg‘izlar ozodlikka chiqishga uringanlar. Uyg‘urlar eliga yoqqan qalin qor tufayli chorva mollari qirilib, mamlakatda ocharchilik boshlangan va kasallik tarqalgan. 840-yilda qirg‘iz otliqlari Kuchluk Mone boshchiligida hoqon Qut-Toreni o‘ldirishgan. Shundan so‘ng qirg‘izlar uyg‘urlami o‘z yerlaridan quvib yuborganlar. Uyg‘urlar juda katta talofat ko‘rishgan, ular hattoki o‘zlarining avvalgi yashagan joylaridan ham mahrum bo‘lganlar. Shunday qilib, 840-yilda Uyg‘ur hoqonligi tor-mor qilingan. Qirg‘izlar ta’qibidan qochgan uyg‘urlar ikki qismga ajralib ketgan. Ularning o‘n besh urug‘dan iborat bo‘lgan qismi Pan Tele boshchiligida Oltoyga, qarluqlar yashaydigan joyga ketgan, boshqa o‘n g‘uz urug‘dan iborat bo‘lgan qismi esa Ganjou tomonga ketgan. Ganjoudagi uyg‘ur urug‘lari Uge Deleni xon qilib ko‘targanlar. Biroq uyg‘urlaming bu qismi mustahkam davlat tuza olmaganlar. Chunki ularga qarshi uch tomondan hujumlar uyushtirilib turilgan. Birinchidan, qirg‘izlar ularga hujum qilishni davom ettirganlar, ikkinchidan, qirg‘izlardan qochgan uyg‘urlar Tan imperiyasi hududiga kirishga uringanlarida xitoyliklaming qarshiligiga duch kelganlar, va uchinchidan, tibetliklar ham ularga hujum qilganlar. Oqibatda, ketma-ket mag‘lubiyatdan so‘ng, uyg‘urlarning bir qismi g‘arbga tomon siljib, Pan Tele bilan ketgan urug‘larga qo‘shilib olishga majbur bo‘lganlar.
Demak, 840-yilda uyg‘urlarning har tomonga to‘zib ko‘chib ketishi Uyg‘ur hoqonligining qulashiga sabab bo‘ldi. Bu ko‘chish ikki bosqichda sodir bo‘lgan: 840 yilda uyg‘urlarning o‘zi, 866-yillarda esa boshqa tele qabilalari Uyg‘ur hoqonligining g‘arbiy hududlarini tark etdilar.
Bu davrga kelib uyg‘ur qabilalari ko‘chib o‘tgan Sharqiy Tyan-Shan hududlaridagi ahvol ancha mushkul edi. Chunki bu hududda hukmronlik uchun qadimdan Markaziy Osiyodagi uchta eng qudratli davlat - Tan imperiyasi, Tibet podsholigi va Uyg‘ur hoqonligi tinimsiz kurashlar olib borardi.
Shunga qaramasdan, uyg‘urlar tez orada Sharqiy Turkistonda markazi Turfan bo‘lgan o‘z davlatlariga asos solishgan. Ularning Sharqiy Tyan-Shanda tuzgan davlatlari (IX - XIV asrlar) ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida yuqori cho‘qqilarga ko‘tarilgan. Mamlakatning umumiy hududi 500 000 kvadrat kilometmi tashkil qilgan. 902-1036-yillarda Uyg‘ur Ganchjou mamlakati vujudga keldi, XI - XII asrlarda esa uyg‘urlaming Kucha bekligi mavjud bo‘lgan. Bu davlatlar uzoq yillar davomida Markaziy Osiyoning siyosiy va madaniy tarixida katta rol o‘ynadi.
Hoqonlik taxti avloddan-avlodga meros bo‘lib o‘tsa-da, hokimiyatni boshqarishga jalb qilingan urug‘ amaldorlarining roli muhim bo‘lgan. Bu holatning ta’sirini hoqonning hukmronligi zaiflashgan vaqtida ba’zi oqsoqollaming oliy hukumatni qo‘lga olib, yangi sulolaga asos solganlarida, urug‘ amaldorlari ma’muriy boshqaruv tizimida bosh rolni o‘ynaganlarida namayon bo‘lgan. Ba’zan hoqonning markazlashgan davlati uzoq vaqt mavjud bo‘lsa-da, hokimiyat boshqaruv ishlarida boshqa urug‘ amaldorlarining mavqei saqlanib qolingan. Bu dalil uyg‘ur hoqonligida urug‘chilik munosabatlari hali butunlay yemirilmaganligidan va davlatchilikning rivojlanish jarayoni sust borayotganligidan dalolat beradi. Demak, Uyg‘ur hoqonligida ma’muriy boshqaruv tuzilmasi urug‘chilik udumlariga asoslangan edi, deyish mumkin.
Uyg‘urlar o‘tmishiga nazar tashlasak, urug‘laming birlashishi va VIII asrda hoqonlikning paydo bo‘lishini, hoqonlikda boshqaruvning me’rosiy tus olishini uyg‘urlaming siyosiy va etnik rivojining yangi bosqichi deb qarash mumkin. Uzoq davom etgan kurashlar va tashqi hujumlardan muvaffa- qiyatli himoyalanish, faqatgina xalqning birlashishi natijasidagina mumkinligi ayon bo‘ldi. Uyg‘ur- hamda Kosonni ishg‘ol qiladi. 715-yilda Qutayba harbiy harakatlarini davom ettirib, Koshg‘argacha bo‘lgan yerlami egallaydi va Farg‘onaga qaytib keladi.
Uyg‘ur davlatlari, umuman uyg‘ur xalqi tarixi bilan ko‘plab olimlar shug‘ullanishgan. Ulardan biri Fen Szya-shen o‘zining “Uyg‘urlar tarixini davrlashtirish” deb nomlangan ishida uyg‘urlar tarixining barcha tarixiy bosqichlari haqida to‘xtalib, quyidagi xulosalarga kelgan: Uyg‘urlar miloddan avvalgi VII asrgacha uyg‘urlar ibtidoiy tuzumni boshdan kechirishgan: VII asrdan VIII asrgacha ularda o‘tish davri bo‘lgan; VIII asr o‘rtalarida qulchilik davri boshlanib, u tezda o‘zining o‘rnini feodal tuzumga bo‘shatib bergan. Feodalizm davri esa XVIII asrgacha davom etgan.
Fen Szya-shen uyg‘urlarda IX asrdan feodalizm davri boshlangan deb ko‘rsatadi. Uning bu xulosalariga hech kim e’tiroz bildirmagan. Uyg‘urlarda feodalizmning mo‘g‘ullar bosqiniga qadar paydo bo‘lgani 1950-yilda nashr etilgan O.Littamorning kitobida ham e’tirof etilgan.
Uyg‘ur tarixi bilan shug‘ullanuvchi tarixchilar quyidagi fikrlarga kelishgan:

  1. - XII asrlar Markaziy Osiyoda ko‘plab yirik feodal davlatlaming vujudga kelishi; shu jumladan Tyan Shan etaklarida uyg‘ur davlatining vujudga kelishi bilan birga xarakterlanadi; 1211-yildaUyg‘ur davlatini Chingizxon egallab uni mo‘g‘ul imperiyasi tarkibiga kiritgan; XIV asrda Uyg‘ur davlati tugatilgandan so‘ng feodal kurashlar, buning natijasida ishlab chiqarish kuchlari inqirozga yuz tutdi. Uyg‘urlar hayotiga islomning kirib kelishi yangi davr hisoblanadi. Uyg‘urlar Markaziy Osiyoning boshqa xalqlari bilan siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarni kengaytirishgan.

Hozirda ham uyg‘urlar musulmon - sunniylar hisoblanishadi va Xitoyning boshqa millat, xalqlari bilan birga hayot kechirishadi.



Download 44,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish