Turkeshlar davlatida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar.
Tayanch iboralar: Turgash, Turgash hoqonligi, Uch-elik hoqon, udel, tutuq, Sakai hoqon, Suluk hoqon, Kul -Chor hoqon, Baga tarhon, chorvacilik, savdo-sotiq, hunarmandchilik, tangalar. asr boshlarida Tyan-shanda g‘arbiy turk hoqonligi vayronalari o‘rnida Turgashlar davlati vujudga keladi. Turgashlar davlati sharqdagi ko‘chmanchi davlat edi. Birinchi marta Turgashlar uzoq sharq manbalarida g‘arbiy turk hoqoni bo‘lmish Ishbar hoqon (651-657) davrida tilga olinadi. Turgashlar - to‘rgesh, turgash, turkash, turgish, turish nomlari bilan ma’lum bo‘lgan ilk o‘rta asrlardagi turkiy xalqlardan biri hisoblangan. Hozirgi kunda bu nom zamonaviy oltoy xalqlari ichida tirgesh shaklida saqlanib qolgan9. Turgashlar “o‘n o‘q” elining dulu konfederatsiyasiga kiruvchi juda kuchli qabilalar ittifoqidan biri hisoblanar edi. Turgashlar “sariq” va “qora” urug‘larga bo‘lingan bo‘lib, ular doimo urushib kelishgan. Qadimgi xitoy salnomalarida turgashlarning “qora” va “sariq” etnik guruhlardan tashkil topganligi e’tirof qilingan. V.V.Bartold, turgashlar asosan ikki bo‘limdan (az va tuxsilardan) iborat bo‘lganligini ta’kidlaydi10. L.N.Gumilev “Qadimgi turklar” asarida “sariq”larni mukri qabilasidan, “qora”lami avar turkey qabila ittifoqidan tashkil topgan, degan fikr bildirgan11. Hanuzgacha bu muammo aniq yechimini topgan emas. Dastlab turgashlar Chu va Ili daryolari oralig‘ida yashashgan. asrning so‘nggi choragida g‘arbiy turk hoqonlarini “o‘n o‘q” eli tan olmay qo‘ygan paytda turgashlar tanila boshlagan. Turgashlar “o‘n o‘q” elining eng kuchli urug‘laridan biri bo‘lib, ular nafaqat g‘arbiy turk hoqonlariga qarshi kurashgan, hattoki o‘zlarining homiylari bo‘lishgan Xitoydagi Tan davlatini ham tan olishmagan. VII asrning 80-yillarida turgashlar Xitoy qo‘shinlari bilan tez-tez to‘qnashib turishgan. Manbalarda 679-yilda turgashlar bilan Tan qo‘shinlari o‘rtasidagi janglar haqida ma’lumotlar uchray boshlaydi. asrning 90-yillarida turgashlarning kuchli qabilaviy ittifoqining sardori Uch-elig G’arbiy turk hoqonligigga qarshi kurashib, ulami yengadi va butun G’arbiy Turk hududida o‘z hukmronligini o‘matadi va o‘zini hoqon deb e’lon qiladi. Vujudga kelgan Turgashlar davlatining asoschisi Uch-elig hoqon 699-706-yillarda mamlakatni idora qilgan. U “Baga-tarhon” unvonini qabul qilgan.
Uch-elig hoqon juda dono va uzoqni ko‘ra bilgan davlat arbobi, qobiliyatli diplomat bo‘lib, turk qabilalari sardorlari oldidda katta hurmatga sazovor bo‘lgan. U Xosrav Bo‘ri-shod hoqonga tobe bo‘lgan ko‘chmanchi qabilalaming aksariyatini o‘ziga og‘dira ola bilgan. Uch-elig Suyob va Ili daryosi bo‘yidagi Kungutni bosib olib, u yerlarda o‘zining qarorgohini qurgan. Demak, turgash- laming ikkita qarorgohi bo‘lgan, biri Suyob, ikkinchisi esa Kungut. Sirdaryoning o‘rta oqimidan to Irtish daryosigacha bo‘lgan yerlar Uch-elig hoqon mulkiga aylangan. U mamalakatni tepasida tutuq turgan 20 ta udelga bo‘lib boshqargan. Har bir udel tutuqi hoqonlikka 7 ming jangchi yetkazib bergan. Jami bir yo‘la 140 ming qo‘shin to‘plangan. Bu juda katta harbiy kuch bo‘lib, Turgash hoqoni dushmanlari u bilan hisoblashishga majbur bo‘lgan. O’zining haqiqiy hokimyatini yo‘qot- gan Xosrov-Bem-shod hoqon va uning tarafdorlari Yettisuv atroflarini jangsiz tashlab, Beshbaliqqa ketgan. Xosrov-Bem-shod qo‘l ostidagi g‘arbiy turk qabilalaridan taxminan 70 ming kishi u bilan ketgan. Bu davrda turgashlarga Sharqiy turklar tomonidan kuchli xavf sezilib turardi. Ma’lumki 630- yilda Xitoydagi Tan davlati Sharqiy Turk davlatini bosib olgan edi. 679-681-yillarda Tan davlatiga qarshi Turklaming isyoni bo‘lib o‘tgan. Qo‘zg‘olonchilar Xitoy hukmronligini ag‘darib tashlagan. Natijada, 682-yili Sharqiy Turk hoqonligi qayta tiklanadi. Bu davlatni tarixchilar Ikkinchi Sharqiy Turk hoqonligi deb atashgan. Davlatga Qutlug‘ Chor asos solgan (682-691). U Ilterish hoqon unvonini olgan. Sharqiy Turk hoqonligining yuksalish davri Ilterishning ukasi Kapagan hoqon (691-716) davriga to‘g‘ri keladi. U katta armiya tuzadi. 693-706-yillarda olti marta Xuanxega yurish qilib, Tan davlatining shimoliy viloyatlarini talaydi, aholisining aksariyatini asir oladi. Sharqiy Turk hoqonligining g‘arbiy chegaralari Tarbagatay va Oltoygacha, yani turgashlar chegaralarigacha cho‘zilgan. Kapag‘onning vafotidan keyin hokimyatga Ilterivning o‘g‘li Bilga hoqon (716-734) keladi. Lekin hokimyatdagi aksariyat ishlar Kultegin hoqon davrida amalga oshirilgan edi. Turgashlarning eng xavfli dushmani 702-yilda Beshbaliqda vujudga kelgan Beytin Xitoy noibligi hisoblangan. Beshbaliqda yirik Xitoy go‘rnizoni bilan birga Xitoy imperiyasiga qaram bo‘lgan Ashin urug‘idan chiqqan sardorlar to‘plangan edi. Ashin urug‘i sardorlari “o‘n o‘q” eli hoqonining taxtiga da’vo qilib chiqmoqda edilar. 704-yilda da’vogarlardan biri Ashin urug‘idan bo‘lgan Sin Bern-shod bilan Ettisuvni kezib chiqadi. Turgashlar ularga bir nechta javob hujumlari uyushtirgan va ashina urug‘larini yengan. Uch-elik hoqoninig taxt vorisi Sakai (Soge) hoqon (706-711) edi. Uning davrida turgashlar davlatining ichki ahvoli mustahkam emas edi. Sakai davrida Tan qo‘shinlari qo‘llab-quwatlab turgan qabila aslzodalari davlatga qarshi qo‘zg‘alon ko‘tarishadi. 708 yilda Sakai qo‘zg‘olonni tor- mor qilib, Kucha (Axsi) da Xitoy noibi qo‘shinini mag‘lubiyatga uchratadi. Shu bilan janubdan bo‘ladigan xavf-xatar biroz to‘xtaydi. Lekin ko‘p o‘tmasdan, akasining taxtiga da’vogar bo‘lgan Sakalning kichik ukasi Chjenu qo‘zg‘alon ko‘taradi. Chjenu yordam so‘rab 682 yilda tashkil topgan Sharqiy Turk hoqoni Kapagan (Mo‘chjo‘) hoqon (691-716)ga murojaat qiladi. Bu davrda Sharqiy Turk hoqonligi taraqqiyotining yuqori cho‘qqisiga chiqqan edi. Kapaganning Shimoliy Xitoydagi Xitoy armiyasiga qarshi muvaffaqiyatli hujumlari, kidanlaming ag‘darilishi (696-697), Tuvaning bo‘ysu’ndirilishi va Enisey qirg‘islari davlatining qulashi (709-710) uni Markaziy Osiyoning xo‘jayiniga aylantirib qo‘yadi. Turgashlar davlatidagi ichki siyosiy vazuyat Kapaganga uning ichki ishlariga aralashuviga bahona bo‘ldi. Kapagan bu vaziyatdan foydalanib, Chjenuga yordam berishga rozi bo‘ldi. Sakai hoqon esa ukasining Kapag‘andan yordam so‘raganligidan xabar topib, sharqiy turklarga qarshi bel bog‘laydi. U Ansi(Kucha)da Tan hokimi va Yenisey qirg‘izlari hoqoni Bars Beg bilan turklarga qarshi ittifoq tuzgan. Ittifoqchilar 711-yil yozida birgalikda yurish qilishga ahdlashadi. Lekin, Kapag‘an Tunyuquqning maslahati bilan avval Xitoyni yakkalab qo‘yadi, va u bilan tinchlik va qarindoshchilik asosida shartnoma tuzadi. Keyin esa qishda Sayan orqali Yenisey qirg‘izlariga hujum qilib, ulami ham yengadi. Shundan so‘ng, 711-yilda Kapagan hoqonning o‘g‘li Inal va Apatarkan To‘nyuquq boshchiligidagi 20 ming jangchi dan iborat bo‘lgan Sharqiy Turk qo‘shinlari Jung‘oriyadagi Boluchi dariyosi bo‘yida Sakalning qo‘shinlariga qarshi kurashib, ulami tor-mor keltiradi. Kapagan hoqonning buyrug‘i bilan adovatlashayotgan ikki aka-uka, yani Sakai va Chjonu qatl etilgan. Shu davrdan boshlab, ya’ni, 711-715-yillarda sariq turgashlar Yettisuvdagi mavqeini yo‘qotadilar va vaqtinchalik Sharqiy Turk hoqonligiga qaram bo‘lib turgan. Turgash hoqoni qo‘shinlarining qolgan-qutgani Chabish-chor Suluk qo‘mondonligida Sirdaryodan Toxaristonga o‘tib ketadi. Demak, Sakai hoqon davrida turgashlar davlatining tashqi siyosiy ahvoli ancha o‘gir bo‘lgan. Chunki bu davrda turgashlarga g‘arb tomonda o‘rtaosiyoliklar bilan birga arablarga qarshi kurashishiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, janub tomonda Xitoy davlatining Tan sulolasi qo‘shinlari, sharqda esa Markaziy Osiyo turklari xavf solib turar edi. Masalan, 709-yilda Qutayba ibn Muslim Buxoroga hujum qilgan paytda, so‘g‘diylar yordam so‘rab turgashlar davlatiga murojaat qilgan. Qutayba boshliq bu xavfli dushmanga zarba berib, uni daf qilish maqsadida so‘g‘d podshosi Tarxun, Buhoro hukmdori Xunukxudot va Shopirkon hokimi Vardonxudot boshlik katta harbiy kuchga yordam berish maqsadida turgashlar Shosh va Farg‘ona qo‘shinlari bilan birlashib arablarga qarshi ittifoqga kirgan. Birlashgan turk qo‘shinlariga Turgash shaxzodasi Kul Baga Cho‘r boshchilik qiladi. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, turgashlar 40 ming, ba’zilariga ko‘ra otliq qo‘shin bilan yordamga kelgan. Ittifoqchilar qo‘shini Tarob va Ramiton oralig‘ida to‘planadilar va arab qo‘shinlarini qurshovga oladilar. Arablaming keltirilgan har bir boshi evaziga 100 dirxam berish va’da qilingan. Arablaming qirilib ketayotganligini ko‘rgan Qutayba tan ahvolga tushib qoladi. Undan xalos bo‘lish uchun Qutayba ittifoqchilar orasiga raxna solib, hiyla ishlatib vaziyatdan qutulib qoladi. Aldangan Buxoro hokimi unchalik katta bo‘lmagan o‘lpon to‘lash sharti bilan arablar bilan bitim tuzadi. So‘ng arablarga qarshi tuzilgan ittifoq tarqalib ketadi. Qutayba Buxoroni osongina bosib oladi. Turgash hoqonligining qayta tiklanishi qora turgashlarning qabilaviy uyushuvi jarayoni bilan bo‘g‘liq holda ro‘y beradi. Yettisuvga Suluk qaytib keladi va o‘zini Turgash hoqon (716- 738) deb e’lon qiladi. U Qora turgashlarning sardori bo‘lib olgach ko‘chmanchi qabilalar orasida obro‘ qozonadi. U juda haqiqatgo‘y va saxiy bo‘lgan. Unga tobe urug yo‘lboshchilari sitqidildan xizmat qilishgan, chunki Suluk har bir jangdan so‘ng qo‘lga kiritgan o‘ljalarini to‘g‘ri taqsim qila bilgan. Suluk bir yo‘la ikki frontda jang olib borgan. Biri g‘arbda arab qo‘shinlarining shiddatli hujumlari xavfi bo‘lib, arablar 714-715-yillarda bir necha marta sirdaryodan kechib o‘tgan edilar, ikkinchisi esa, sharqda Sharqiy Turkistonda o‘rnashib olgan G’arbiy Turk urug‘lari bilan jang qilgan. O’tkir qobilyatli Suluk eng avvalo sharq tomondagi xavf xatarni bartaraf qilmoqchi bo‘lgan. U 717-yilda Tan imperiyasining poytaxti Chan’anga muvaffaqiyatli diplomatik safarga chiqadi. Undan so‘ng u o‘ziga dushman bo‘lgan uchta xavfli nikoh shartnomalarini tuzadi. U Ashin urug‘idan bo‘lgan G’arbiy Turk avlodi qiziga uylanadi va shu yo‘l bilan o‘z hokimyatini o‘matib olmoqchi bo‘ladi va ikkinchi xotini qilib, Bilga hoqonning qiziga uylanadi. Bilga hoqon 716-yili ikkinchi Sharqiy Turk hoqoni Kapagon taxtini egallagan edi. Uchinchi xotini qilib Tibet shohi qizini oladi. Suluk o‘z qizini Bilga hoqonnig o‘g‘liga nikohlab beradi. Shundan so‘ng ikkala hoqonlik, ya’ni Turgash hoqonligi va Tibet shohi o‘rtasida munosabatlar biror marta ham buzilmagan. Sulukning sharqdagi diplomatik muvaffaqiyatlari turgashlarning g‘arbdagi harbiy harakatlarini kuchaytiradi. Turgashlar doimo arablarga qarshi kurashda so‘g‘diylarga yordam berib kelgan. 720-73 8-yillardagi turgashlar va so‘g‘diylaming arablarga qarshi kurashlari muvaffaqiyatli yakunlangan. Arablar Sulukka Abu Muzaxxim deb nom berishgan va undan doimo xavfsirab turishgan. 737-yilda hoqon kichik otryad bilan Xurosonga yurish qilgan edi va lekin Asad qo‘shinlaridan mag‘lubiyatga uchragan. Arablardan yengilgan Suluk Chuv vodiysiga qaytib keladi. 738-yilda Suluk o‘zining qo‘mondoni Baga tarxon12 tomonidan kechasi o‘z qarorgohida o‘ldiriladi. Sulukning o‘limidan so‘ng sariq va qora turgashlar yigirma yil taxt uchun kurash olib boradi. Sariq va qora turkashlar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar Turkashlar hoqonligining yemirilishiga olib keldi. Sulukka uning o‘g‘li Tuxvarsen (738-739) vorislik qilgan. Unga Talas va Chu vodiysidagi qora turgashlar bo‘ysungan. Isyonkor Baga Tarxon sariq turkashlami birlashtirgan. U Chu daryosi bo‘yidagi jangda Suyob yaqinida qora turgashlarni yenggan. Kul-chordan keyin yana bir necha hoqonlar davlatni boshqarishgan. Lekin o‘zaro urushlar to‘xtamagan. Bu esa turkashlar hoqonligini zaiflashtirib yemirilishiga olib kelgan. Vaziyatdan foydalangan qarluqlar Turkash hoqonligini bosib olgan. Qarluqlar Yettisuv va Tyan-Shanda oz davlatlariga asos soldilar. Keyinchalik G’arbiy Turk hoqonligi o‘rnida turklar to‘rtta kuchli davlatlarni vujudga keltirdilar. Xazar hoqonligi - Quyi Povolje, Shimoliy Kavkazda,
O’g‘izlar davlati - Sirdaryoning quyi oqimi va Orol havzalarida,
Kimaklar davlati - Shimoliy va Sharqiy Qozog‘istonda,
Qarluqlar davlati -Yettisuv va Tyan Shanda.
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, 699-766-yillarda hukmronlik qilgan Turgashlar hoqonligi hukmdorlari mustahkam davlat tuzishga harakat qilishgan. Turgashlar hoqonligi ko‘chmanchilar davlati edi. Davlatni “hoqon” unvoni bilan hukmdor idora qilgan. Mamlakatni 20 ta udelga bo‘lib boshqargan. Udellarni esa tutuqlar boshqargan. Har bir tutuq hoqonlikka 7 mingdan jangchi yetkazib berishi kerak bo‘lgan. Mamlakat ichki ahvoli juda ham yaxshi bo‘lmagan. Taxt uchun bo‘lgan o‘zaro kurashlar Turgashlar mamlakatini zaiflashtirgan sabablardan biri bo‘lgan. Turgashlar hoqonligining qo‘shni davlatlar bilan munosabatlari ancha murakkab bo‘lgan. Chunki hoqonlikka Sharq, Janub va Garb tomondagi davlatlar bilan kurash olib borishga to‘gri kelgan edi. Mamlakatning ichki va tashqi siyosati uning zaiflashuviga va qarluqlar davlati ta’siriga tushib qolishiga olib kelgan. asrda Turgashlar hoqoni Toxaristondagi yurtlarda O’rta Osiyoga arablar olib kirgan soliq tizimini joriy qilgan. Balamiyning ma’lumotlariga ko‘ra, Suluk hoqon Arab sarkardasi Haris ibn Surayjga Farob shahridan yem xashak uchun xiroj solig‘ini to‘lagan. “Tuma” termini xizmat ko‘rsatiladigan katta yerlardan yoki viloyatlardan umrbod to‘lanadigan yem xashak uchun yig‘iladigan soliq hisoblangan. Ammo bu soliq tizimining Yettisuvda joriy qilingani haqida ma’lumotga ega emasmiz.
Qarluqlaming moddiy boyliklari, ular juda boy bo‘lishganligi to‘g‘risida manba’larda ma’lumotlar berilgan. Lekin aniq statistik ma’lumot olish mushkul. Masalan, Turgash hoqoni Kul chor baga tarxon arablarga asir tushib qolganda mingta ot va mingta tuya berishni taklif qilishgan. Mug‘ tog‘i arxiv hujjatlariga ko‘ra o‘sha vaqtda O’rta Osiyoda bitta ot 200 dirhamga baholangan. Shunday qilib, 1000 ta ot 200 ming dirhamni tashkil qilgan bo‘lardi. Bu o‘lpon Samarqanddan olinadigan bir yillik xiroj ning miqdoriga tenglashgan. Tuyaning bahosi bizga noma’lum. Shuning uchun tuyaning narxini aniqlashning imkoni bo‘lmadi. va X asrlarda Yettisuv va Tyan-Shanda yashagan turkiy xalqlar asosan ko‘chmanchi bo‘lishgan. Faqat VIII asr oxirlari va IX asrlarda ularning bir qismi qishloqlarda va shaharlarda yashay boshlagan. Manba’larda bu odamlar ko‘chmanchilar va sayyohlar, ular doimiy yashash joyiga ega emaslar. Ular doimo bir joydan boshqa joyga ko‘chib yurishadi. Ularning ko‘plab tuyalari, qo‘ylari va ho‘kizlari bor. Ularning o‘tovlari arablaming chodirlariga o‘xshab kigizdan qilingan. Ammo ular yer hay dab don ekadilar va o‘radilar, yanchadilar deyiladi.
Turgash va qarluq qabilalarining asosiy xo‘jalik tarmog‘i chorvachilik bo‘lib, ular ot va qo‘y boqishgan. Otlami minish uchun boqishgan. Otlardan harbiy yurishlarda foydalanishgan. Har bir otliq jangchining 2 tadan oti bo‘lgan. Birini minsa birini zaxirada saqlagan. Turgashlami otsiz tasawur qilish qiyin. Qo‘ylami ikki xil naslini boqishgan. Ibn al Faqix Turk qo‘ylari juda katta bo‘lib, dumbalari katta va yerda sudralib yurgan deb yozgan. Ibn Havkal esa boshqa nasi haqida xabar beradi. Asosan qizil, qora, to‘q qizil rangli, qorako‘l terisi ayniqsa kulrang ranglisi juda qimmat sotilganligi haqida yozadi. Talas vodiysida echkilar ham boqilgan. Ulami terisi bozorda juda tez sotilgan. Ko‘chmanchilarning hunarmandchiligi ham rivojlangan bo‘lgan. Hunarmandchilik buyumlari teri, kigiz, yog‘och va har xil metal qotishmalaridan tayyorlangan. Manbalardagi ma’lumotlarga ko‘ra, Taroz shahrida 10 mingga yaqin aholi yashagan. Nisbatan kichik Shelji shahri (10 ga)da 10 ming chet ellik yashagan. Bolasog‘unda 10 mingdan ko‘proq aholi istiqimat qilgan. Chuv vodiysi shahridagi aholi soni 10 mingdan 21 minggacha yetgan. Shaharliklarning aksariyati yer egalari, hunarmandlar va savdogarlar bo‘lishgan. Qarluqlar: ularning umumturk etnik jarayonlaridagi o‘rni va davlatchiligi Reja. Qarluqlar haqidagidagi dastlabki ma’lumotlar.
Qarluqlarning Yettisuvga ko‘chishi.
VIII-X asrlarda qarluqlarning Qirg‘iziston yerlariga tarqalishi.
Qarluqlar davlatidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar
Tayanch iboralar: Qadimgi turk-runiy yodgorliklari, qarluq budun birlashmalari, “jabg‘u”, “elteber”, Yettisuv, 751 yildagi to‘qnashuv, Terxen bitigi, Atlaxjangi.
766-yildan to 940-yillargacha Yettisuv va Tyan-Shanda qarluqlar hukmronlik qilgan Qarluqlar yabg‘usining hokimiyati nomigagina edi. Haqiqiy hokimiyat Markaziy Tyan-Shan va Yettisuvda parchalanib ketgan zamindor mulkdorlar ixtiyorida edi. Biz quyida qarluqlarning etnik kelib chiqishi, ko‘chish jarayoni, ularning Sharqiy va G‘arbiy Turk hoqonlari, Uyg‘ur hoqonlari, qirg‘izlar, xitoylar hamda arablar bilan olib borgan kurashlari tarixiga to‘xtalib o‘tamiz. Aytish joizki, manbalarda ba’zi qarluq hukmdorlarining nomlari uchraydi, biroq ularning hukmronlik yillari to‘g‘risida ma’lumotlar berilmagan. Qarluqlarning bir qismi VI asr ikkinchi yarmi va VII asr boshlarida G‘arbiy turk hoqonligi tarkibida bo‘lganlar, ular Toxariston territoriyasini egallaganlar. Qarluqlarning boshliqlari “jabg‘u” unvonini olgan. Boshqa qismi esa sharqda joylashgan bo‘lib, Mongoliyaning Otuken deb ataluvchi tog‘li hududlarida yashaganlar. Qarluq qabilalarining sardorlari “elteber” unvonini olgan. Keyinchalik qarluqlar qadimgi turk Ashina urug‘idanmiz, deb da’vogarlik qila boshladilar. Uchala qarluq qabilalarining urf-odatlari bir- biriga yaqin bo‘lgan, faqat til shevalari bir-biridan sal farq qilgan. Qarluqlar kuchli qo‘shinga ega bo‘lgan. Ikkinchi Sharqiy turk hoqonligi (682-734-yy) tashkil topgach, qarluqlar unga qaram bo‘lib qolgan. Qadimgi turk manbalarida bu qabilalar behalovat va urushqoq bo‘lganligi e’tirof etilgan. VIII asr birinchi choragida Bilga hoqon va Qultegin qarluqlar bilan uch marta urush qilganlar. Qarluqlar ularga qattiq qarshilik ko‘rsatgan. Qabr toshida Bilga hoqonning qarluqlar ustidan g‘alabasi kuyidagicha yozilgan: “...Men u bilan (qarluqlar bilan) Tamag chashmasi oldida urushib g‘alabani qo‘lga kiritdim va uni bosib oldim”. Kuli-cho‘r qabr toshida esa sharqiy turk qabilalari qarluqlardan mag‘lubiyatga uchraganligi yozilgan. asr o‘rtalarida qarluqlar siyosiy voqealarda qatnashib Sharqiy va G‘arbiy Turk hoqonligining ag‘darilishida muhim rol o‘ynaganlar. 734-yili Bilga hoqonning o‘limidan so‘ng ikkinchi Sharqiy turk hoqonligi tugatildi. 744-yili Sharqiy turk hoqonligi basmil, uyg‘ur va qarluqlar qabilalar ittifoqi tomonidan ag‘darilgan. Dastlab basmil qabilalar ittifoqi ko‘tarilgan, ularning sardori o‘zlarini hoqon deb atagan. Uyg‘urlar va qarluqlarning birlashgan kuchlari basmillami tor- mor keltirgan. Natijada Markaziy Osiyoda yangi davlat - Uyg‘ur hoqonligi (744-840) vujudga kelgan.
Uyg‘urlar to‘qqiz-o‘g‘uzlar tarkibiga kiruvchi tele qabilalaridan biri bo‘lgan deyishadi. Uyg‘urlar sharqiy turklar ustidan g‘alabaga erishgach Oltoydan Manchjuriyagacha bo‘lgan hududlarni o‘z qo‘llari ostida birlashtirganlar. 758 yili uyg‘urlar Yenisey qirg‘izlarini bo‘ysundirgan. Uyg‘ur qabilalarining boshlig‘i hoqon unvonini, qarluqlar esa “jabg‘u” unvonini olishgan. Qarluqlarning mustaqillik uchun olib borgan kurashiga ularning uyg‘urlar hoqoni bilan to‘qnashuvi sabab bo‘lgan. 746-yilda qarluqlar avvalgi ittifoqchilari bo‘lgan uyg‘urlar tomonidan hay dab yuborilgach, Yettisuvga ko‘chib o‘tadilar. Bu voqea haqida birinchi marta uyg‘ur hoqoni Eletmish Bilga hoqon (747-759) tomonidan yozdirilgan Terxin bitigida eslatiladi. Unda “It yilida uch qarluqlar, sotqinlik qilib, qochib ketishgan. G‘arbda ular o‘n o‘q xalqi mamlakatiga kelishgan” deyiladi. Ettisuvdagi siyosiy axvol og‘ir bo‘lgan. Bu vaqtda Turgash hoqonlari haqiqiy hokimiyatini yo‘qotgan edi. Tarqalib ketgan qabilalar tashqi dushmanlarga qarshilik ko‘rsata olmagan. Bundan Sharqiy Turkistondagi Tan qabilalari foydalanib qolgan, ular “sariq” va “qora” tyurgashlar o‘rtasidagi sulolaviy taxt uchun kurashlarga aralashadi va nihoyat, 748-yilda Tan qo‘shini Suyobga yurish qilib, uni egallaydi. Keyingi yili ular Choch hokimini asir olib, so‘ng o‘ldirgan. Tan imperiyasining O’rta Osiyo ishlariga aralashuviga arablar e’tiborsiz bo‘lmaganlar. Ular o‘rtasidagi kelishmovchiliklar Talas daryosi qirg‘oqlarida o‘z yechimini topgan. Arab va xitoy manbalarining ma’lumotlariga ko‘ra, Xuroson noibi Abu Muslim Tarozga Ziyod ibn Solih boshchiligida qo‘shin yuborgan. Unga qarshi Suyobdan 100 minglik tan qo‘shini Gao Syanchji qo‘mandonligida yo‘l oladi. Ikkala qo‘shin 751-yil iyul oyida Talas daryosi bo‘yidagi Atlax shahri yaqinida to‘qnashadi. Ular to‘rt kun jang qilishadi, beshinchi kuni Tan qo‘shinlariga bir tomondan qarluqlar, ikkinchi tomondan arablar13 zarba bergan. Ibn al-Asiming yozishicha, Tan qo‘shini katta talofot ko‘rib, 50 ming kishisidan ajralgan va 20 ming kishi asir olingan. Asir olinganlarning ko‘pchiligi hunarmandlar bo‘lgan. Ipak mato to‘quvchilar Iroqqa jo‘natilib, u yerda 762-yilgacha ishlashgan. Qog‘oz ustalari esa Samarqandga jo‘natilgan. Atlaxdagi jangdan so‘ng tan bosqinchilari O’rta Osiyo chegaralaridan haydab yuborilgan. Ko‘p o‘tmay Uyg‘ur hoqonligi va tibetlar ta’qibi natijasida xitoy qo‘shinlari Sharqiy Turkistondan chiqib ketishga majbur bo‘lgan. Arablar ham Talasda uzoq qolmay Chochga qaytib ketishgan. Atlaxda tan (xitoy) qo‘shinlarini tor-mor qilishda katta rol o‘ynagan qarluqlar Yettisuvda o‘z ahvollarini tiklab olishgan. Ammo ular mustahkam o‘rnashib olishlari uchun uzoq vaqt kurashishlariga to‘g‘ri keldi. Qarluqlarning eng katta raqibi Uyg‘ur hoqonligi hisoblanib, avvalo ularning kuchlarini zaiflashtirish kerak edi. Tosh bitiklarida uyg‘urlar hoqoni Bayan choru (Eltemish Bilga hoqon) haqida shunday yoziladi: 751-yilda uyg‘urlarga qarshi qarluqlar, turklar, qirg‘izlar va chiklarning ittifoqi vujudga keladi. Ittifoqchilar qat’iy harakat qilmadilar. Bundan tashqari ba’zi sotqin turklar uyg‘urlarga ittifoqchilaming harakati haqida xabar yetkazib qo‘yishgan. Eltemish Bilga hoqon haqiqiy qahramonlik ko‘rsatib, ittifoqchilarga birin-ketin zarba bera boshladilar. Avval ular qirg‘izlarning “uchar otryad” lariga zarba beradi, ularning ayg‘oqchilarini qo‘lga olib, Irtish daryosidan kechib o‘tib, Boluchi degan joyda qarluqlarni tor-mor keltiradi. Chiklarning qo‘zg‘aloniga qarshi ming kishilik uyg‘urlar otryadi jo‘natiladi va ularni yengadi. Keyingi yil qarluqlar, basmillar va turgashlar birlashib, uyg‘urlarga qarshi Markaziy Osiyoning ichkarisiga yurish qiladi. Ular shiddat bilan hoqon qarorgohigacha yetib boradi. Ammo Otuken o‘rmonlarida basmillar, Ichyuy daryosi bo‘yida esa tyurgashlar va qarluqlar mag‘lubiyatga uchraydi. Qarluqlar bilan tyurgashlar har doim ham uyg‘urlarga qarshi harbiy ittifoqqa birlasha olmagan. Yettisuvda qarluqlarga qarshi qattiq kurashgan qabilalar orasida eng yirigi o‘g‘uzlar bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, VIII asr o‘rtalarida qarluqlar bilan o‘g‘uzlar tyurgash hoqonligi yerlarini bosib olish uchun kurashgan, natijada yengilgan o‘g‘uzlarning bir qismi Yettisuvni tashlab, Orol oldiga ketgan va u yerda o‘zlarining davlatiga asos solgan. Qarluqlar Yettisuvni egallash uchun muvaffaqiyatli yurish qilgan va 766-yili Suyob va Torozni egallagan. Yettisuvning egallanishi muhim siyosiy voqea hisoblangan. Qarluq jabg‘usi g‘arbiy turk hoqonligining merosxo‘ri bo‘lib qolgan. O’rta Sirdaryodan to Oltoygacha bo‘lgan yerlar qarluqlarning qo‘l ostiga o‘tib qoladi. Keyinchalik ular Farg‘ona va Sharqiy Turkistonga ham ko‘cha boshlashgan edilar. Ammo ular markazlashgan davlat tuzishga muvaffaq bo‘lmaganlar. asr o‘rtalarida Markaziy Osiyoda qarluqlar davlati taqdiriga ta’sir qiluvchi muhim siyosiy voqealar bo‘lib o‘tgan. O’rta Osiyo aholisining arablarga qarshi uzoq davr mobaynida olib borgan kurashlari natijasida Movarounnahmi idora qilish asl kelib chiqishi turkiy bo‘lgan mahalliy sulola vakillari - Somoniylar qo‘liga o‘tdi. Markaziy Osiyoda esa yigirma yillik shiddatli urushdan so‘ng Yenisey qirg‘izlari Uyg‘ur hoqonligini mag‘lubiyatga uchratdi.
Qarluqlar ushbu vaziyatdan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalangan. 840-yilda qarluq jabg‘usi Bilga Kul Qodirxon hoqon unvonini qabul qilgan. Bu esa Markaziy Osiyodagi hamma turk qabilalari qarluqlar hukmronligini tan oldi degani emas edi. Qarluq jabg‘usining siyosiy kurashlari shimoliy ko‘chmanchi qo‘shnilarining kuchayib ketishini istamagan Somoniylar davlatini tahlikaga solib qo‘ygan edi. Va nihoyat, Ismoil Somoniy davriga kelib, o‘troq dehqonchilik bilan bog‘liq Movarounnahr bilan ko‘chmanchi dasht o‘rtasida shaharsozlik tizimi chegara bo‘lib qoldi. Bu chegara Chu vodiysidan Turkiston shahri va O’trorgacha yerlar edi. 893-yili Ismoil Somoniy Torozga yurish qiladi. Qarluq hoqoni O’g‘ilchoq Qodirxon uzoq qamalda qoladi. Mart- aprel oylarida shahar taslim bo‘ladi. Ismoil hoqonning xotinini va 10 (yoki 15) ming kishisini asir oladi. Uning buyrug‘i bilan Taroz ibodatxonasi masjidga aylantiriladi, aholisi islomni qabul qiladi. O’g‘ulchoq hoqon o‘zining qarorgohini Koshg‘arga ko‘chirgan va Somoniylarga qarshi kurashni davom ettirgan. Talas vodiysini egallagan Ismoil ikkita maqsadga erishadi: u bu hududni islomni targ‘ib qilish markaziga aylantiradi. Sheljidagi boy kumush konlarini qo‘lga kiritadi. Bu yerga Isfijobdan 10 ming tajribali konchilarini ko‘chirib keltiradi va Talas daryosi boyliklarini o‘zlashtirishni tezlashtiradi. Somoniylar Shimoliy Tyan-Shan oldi hududlarini o‘z qo‘llarida uzoq vaqt saqlab qola olmadilar. Aynan Taroz, Bolasog‘un va Koshg‘arda Qoraxoniylar davlati tashkil topadi va bu dvlat kelajakda Somoniylar davlatini ag‘darib, butun Markaziy Osiyoni egallaydi. Qarluqlar madaniyati haqida haqida yuritar ekanmiz, awalo ularning tiliga to‘xtalib o‘tishimiz lozim, chunki hozirgi o‘zbek tilining uch lahjasidan biri qarluq lahjasi hisoblanadi. Qarluq tili ilk o‘rta asrlarda yozma til bo‘lib, o‘z davri uchun zarur darajada adabiy me’yorlashgan til edi. Tilshunos olim K. A.Baskakov qadimgi turkiy tillami bir necha til guruhlariga bo‘lar ekan, qarluqlar tilini ham sanab o‘tadi. Uning e’tirof etishicha, qarluqlar tili X - XI asrlarda Qoraxoniylar davlatida vujudga kelgan. Qarluq dialektini asosan uning ittifoqiga kirgan qabilalar (chig‘il, xalloch va lyubao) tashkil kilgan. M.Koshg‘ariy turkiy tillar haqida yozib, ular orasida eng ravon va ochiq til hoqoniyada yashovchi qarluqlar tili deydi. A.K.Barovkov “hoqonliklar tili” iborasini Qoraxoniylar davlati tarkibiga kiruvchi qabilalar tili deb o‘tadi. Qarluq tili qarluqlar qabila ittifoki shakllangandan keyin vujudga kelgan, buning natijasida o‘zbek adabiy tili shakllangan. Shu davrda bir kancha turkiy asarlar “Qutadg‘u bilig”, “Tarixi Koshgar” va “Devonu lug‘oti at-turk”, “Hibatul haqoyiq” va boshqalar yaratilgan. Shuningdek, qarluqlar yozuvda sug‘diylar va uyg‘urlar alifbosidan foydalanishgan. Shunday qilib, IX - X asrlarda Movoraunnahr, Toshkent vohasi va Yettisuvda turg‘un yashovchi turkiy qabilalar uchun qarluqlar tili umumiy til vazifasini o‘tay boshlagan. Qarluq tilining hozirgi kundagi o‘zgargan darajaga yetishida qo‘shni qabila va xalqlarni ham roli ancha katta. Qarluqlar o‘troklashgandan so‘ng islom dinini qabul qilgan. Undan oldin qarluqlar Ko‘k tangri va shamanlik diniga e’tiqod qilganlar. Bu din animistik tasavvurlarga tayanib, jon va ruhlarga sig‘inish e’tiqodini shakllantirgan. Chorvador aholi orasida o‘z tangrilariga bag‘ishlab ko‘plab qurbonlik marosimlari o‘tkazilgan. Masalan, Ko‘k tangriga bag‘ishlab bahor oyida baland tog‘ cho‘qqisiga chiqib qurbonlik hayvon so‘yilgan. Shaman dini ruhoniylari «Qam» yoki «Quyin» deb atalgan. Qarluqlar orasida moniylik va buddaviylik diniga e’tiqod qiluvchi elatlar ham bo‘lgan. Bud- daviylik turkiy xalqlarga IV - V asrlardayoq kirib kelgan. Chu vodiysidagi bir necha shaharlarda, jumladan Suyob, Bolasog‘un, Suluk, Sarig‘da budda ibodatxonalari mavjud bo‘lgan. Moniylik dini turkiy xalklar orasiga VIII asrda kirib kelgan. Xristianlik dini ham qarluqlar davlatida mavjud bo‘lgan. Lekin xristianlik va buddaviylik islom dini tarqalishi bilan turkiylar dunyosidan butunlay chiqib ketgan. Moniylik dini bir necha asrlargacha saqlanib qolgan, shomonlik dini qoldiqlari hozirgi kunda ham mavjuddir. Islom dinini turkiy hukmdorlar orasida birinchilardan bo‘lib Satuk Bug‘roxon qabul qilgan. Tarixchi Ibn al- Asirning yozishicha 960-yili 2000 dan ortiq turklar islom dinini qabul qilganlar. Qarluqlar o‘troqlashib o‘z shaharlariga ega bo‘la borgan. Shaharlarda aholi soni ko‘payib borib o‘z davrining yirik savdo markazlariga aylangan. Sarig‘ shahri xarobalari tekshirilganda qarluqlar davriga oid uylar qoldiqlari topilgan. Ularning devorlaridan turli geometrik va o‘simlik shaklidagi naqshlar topilgan. Bu esa o‘sha davrlarda tasviriy sanat ham yaxshi rivojlanganligidan darak beradi. Qarluqlar davlatida hunarmandchilikning temirchilik, kulolchilik, duradgorlik, o‘ymakorlik, zargarlik va boshqa bir necha sohalari rivojlangan. Qarluqlarning kiyimlari ham o‘zgargan, ular jundan to‘qilgan matodan kiyim kiyishgan. Kiyimlarini turli oltindan va kumushdan ishlangan chatma bargakchalar va munchoqlar bilan bezaganlar. Umuman olganda, qarluqlarning o‘zlariga xos madaniyati rivojlanishida Movoraunnahr va Yettisuvdayashovchi qadimiy o‘troq turkiy aholining o‘rni katta bo‘lgan. O‘g‘uz hoqonligining ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti Reja: O‘g‘uz davlatining tashkil topishi.