1.MAVZU: Turli yosh guruhlarda qurilish, konstruktsiyalash va matеmatika markazini tashkil etish
“İlk Qadam” davlat o`quv dasturida asosiy rivojlantiruvchi markazlari
bo`lib quyidagilar hisoblanadi:
1.Qurish-yasash, konstruksıyalashvamatematikamarkazi
2. Sujetlı-rollio‟yinlarvadrammalshtirishmarkazi.
3. Tilvanutqmarkazi.
4. Ilm fan vatabiatmarkazi.
5. San`atmarkazi.
Shundan “Qurish-yasash, konstruktorlik va matematika” markazi bolalarga inshootlarni qurish, balandlik, og’irlik nima ekanligini bilishiga,shakllarni farqlashni boshlashga, hamfikrlikda harakatlarni bajarishga, ko„zqo„l harakatlari koordinatsiyasini yaxshilashga hamda o„yin tugaganida esa maydonchani yig„ishtirib qo„yish ko„nikmalarini o„zlashtirishiga imkoniyat beradi. Qurilish bilan shug„ullanishi mobaynida bolalar matematikqobiliyatlarini rivojlantirishi, ijtimoiy ko„nikmalarni o„zlashtirishi,muammolarni hal qilish tajribasini egallab borishlari mumkin. Qurilish, konstruksiyalash va matematika markazida turli xil va shakldagiqurilish elementlari mavjud bo‘lib, bolalar ulardan o‘z fantaziyasiga tayangan xolda inshootlar bunyod etadilar: misol uchun ko‘rgan tarixiy obidalari, uylar, garajlar,ferma va shu kabilar. Qurilish bilan mashg‘ul bo‘lgan bolalar bu yerda juda ko‘pnarsalarni o‘zlashtirib oladilar. U bolalarning matematik qobiliyatlarinirivojlantirishga, ijtimoiy ko‘nikmalarni egallashga yordamlashadi, muammolarni xal etish tajribasini beradi. Bu yerda, shuningdek, ijodiy yondashishni namoyon etish va bajariladigan ishga diqqatni jalb etishni o‘rganish mumkin. Ushbu markazga tarbiyachilar va bolalar xoxish-istagiga ko‘ra ko‘plab turli narsalarni – o‘yinchoq mashinalar, yuk mashinalari, samolyotlar, gazlama bo‘laklarini qo‘shib qo‘yish mumkin.Syujet-rolli o‘yinlar va dramalashtirish markazida bolalarda haqiqiy hayotdan olingan kichik sahna ko‘rinishlarini o‘ynashga xoxish-istak uyg‘otish uchun albatta kerakli kiyimlar va boshqa narsalar bo‘lishi zarur. Bular ularda atrofda nimalar sodir bo‘layotganini anglash, ularni ajrata olish hamda hayotda o‘z o‘rinlarini tushunib yetishlariga yordam beradi. Maktabgacha ta’lim muassasalari matematika mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan usullarning shakllari turli-tumandir. Bu shakllarning har biri didaktik yo‘nalganligi, bolalarning mustaqillik darajasi, jamoaviy va individualma-individual ish nisbati, pedagogik rahbarlik xususiyatlari bilan shartlangan holda o‘ziga xosligi bilan farqlanadi. Ko‘pincha bitta mashg‘ulotni amalga oshirish bolalarning bilishga oid faoliyatlarini tashkillashtirishning bir necha ko‘rinishlaridan foydalaniladi. Masalan, umumiy shakl guruh bilan uyg‘unlikda yetarlicha samarador va sifatli oliy natijalarni beradi. Maktabgacha yoshdagilar bilan eksperimental ish quyidagi bosqichlar doirasida olib borildi:
1-bosqich – maktabgacha yoshdagi bolalarda dastlabki elementar matematik
bilimlar, ko‘nikma va malakalarining egallanishi;
2-bosqich – bilimlarni nazorat qilish (mustahkamlash);
3 -bosqich – maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy faollik jarayonini
rivojlantirish va ular egallagan bilimlar asosidagi tajriba, ko‘nikmalarini shakllantirish.
Bu jarayonda maqsadga muvofiq ravishda quyidagi uslubiy tamoyillar tadqiqot
ishining tajriba sinov ishlarini tashkil etishda asos sifatida xizmat qildi:
1.Og‘zaki – ertak, hikoya, tushuntirishlar.
2.Ko‘rgazmali – illyustratsiya, tarqatma materiallar.
3.Amaliy kubiklar,legolar, konstruktorlar, geometrik shakllar yasash va ulardan
amalda foydalanish.
4.Turli matematik tushunchalarni mustahkamlash.
5. Ijodiy-mustaqil–jamoaviy (guruhda tarbiyachi nazorati ostida, qurish yasash ishlarida).
.Bunday mashg‘ulotlarga ko‘pincha ertak qahramonlari tashrif buyuradi va bolalar bilan o‘ynashga kirishadi. Demak, tarbiyachi bunday mashg‘ulotlarni to‘g‘ri tashkil qilish orqali bolalarda matematik tasavvurlarning va tushunchalarning shakllanishi, ularni amalda qo‘llashni o‘rganadilar. Tayyorlov guruhda bolalar kichik, o‘rta va katta guruhlarda bilib olgan matematik bilimlarini mustahkamlaydilar. Bu guruhda tahsil yangi, ancha murakkab vazifalarni qo‘yadi. Bolalar matematik bilimlarning amaliy malakalarini egallaydilar. Boshqa bilimlar qo‘shiladi. Bolalar nafaqat sonlarni taniydilar, balki ular bilan ikki amal bajarishni ham o‘rganadilar. Ular umumiy dinamika, tempga amal qilishni, o‘yin va mashg‘ulotlarni o‘z vaqtida boshlab, o‘z vaqtida tugallashni o‘rganadilar. Tajriba sinov ishlari natijasi shuni ko‘rsatdiki, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari yoshiga mos ko‘rgazmali, og‘zaki va turli uslubiy tamoyillarni qo‘llashni taklif qilamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |